l l - § . Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stIigi
H am do'stlik 1991-yil 8-dekabrda imzolangan Mustaqil Davlatlar
H a m d o 'stlig in i tuzish to 'g 'ris id a g i bitim va u ng a 21-dekabrdagi
qo'shim cha Protokolga muvofiq tashkil topgan. Bu hujjatlarni Arma-
niston, Belorussiya, Gruziya, Moldaviya, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikis-
ton, Turkm aniston, Ukraina, Qirg'iziston, Qozog'iston va O'zbekiston
qabul qilgan. 1993-yil yanvarida Arm aniston, Belorussiya, Gruziya,
Moldaviya, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston
va O 'zbekiston M DH Ustavini imzolagan. Shunday qilib, Turkm anis
ton va Ukraina uchun faqat 1991-yil 8—21-dekabrdagi bitimgina ta ’sis
hujjati hisoblanadi.
M D H Ustavi 2-moddasiga muvofiq H am do'stlikning maqsadlari
quyidagilardan iborat:
www.ziyouz.com kutubxonasi
1. Siyosiy, iqtisodiy, ekologik, gum anitar, madaniy va boshqa soha
larda hamkorlikni amalga oshirish.
2. Um um iy iqtisodiy makon yaratish.
3. U m um e’tirof etilgan xalqaro huquq prinsiplari ham da YX HT
hujjatlariga muvofiq inson huquqlari va asosiy erkinliklarini t a ’minlash.
4. Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta ’minlash hamda qurol-sizlan-
ishni amalga oshirish yo'lida a ’zo davlatlarning o ‘zaro hamkorlik qili
shi.
5. H am do'stlik doirasida erkin muloqotda b o ‘lish, o ‘zaro aloqa qil
ish va harakatlanish uchun ko'maklashish.
6. O 'zaro huquqiy yordam ko'rsatish va huquqiy m unosabatlam ing
boshqa sohalarida hamkorlik qilish.
7. H am do'stlik o 'z faoliyatini um um e’tiro f etilgan xalqaro huquq
prinsiplari asosida amalga oshirishi zarur. Xususan, M DH U stavida
Xelsinki yakunlovchi hujjati o 'n ta prinsipining hammasi sanab o'tilgan.
M D H Ustavida, shuningdek, quyidagilar ko'zda tutilgan:
— davlatlararo munosabatlarda xalqaro huquqning ustunligi prin
sipi;
— bir-birlarining va yaxlit Ham do'stlikning manfaatlarini hisobga
olish prinsipi;
— sa’y-harakatlam i birlashtirish va bir-birlarini q o'llab-quw atlash
prinsipi;
— a ’zo-davlatlar xalqlarining o'ziga xosligini hurmat qilish negizida
ularning m a’naviy hamjihatligi prinsipi;
— madaniy qadriyatlarni va madaniy almashinuvlarni saqlab qolish
yo'lida yalpi hamkorlik prinsipi.
H am do'stlik davlat hisoblanmaydi va u milliy doiradagi vakolatlar
ga ega emas. U xalqaro huquqning teng huquqli subyektlari bo'lgan
barcha a ’zolarining suveren tengligi negizida asos solingan davlatlar
birlashm asidir. M D H U stavining 4 -m o dd asid a um um an olg an da
Ham do'stlikka xos m anfaatlar mavjudligi e ’tirof etiladi ham da 1991-
yildagi Minsk bitimini hisobga olgan holda shakllantirilgan a ’zo davlat
lar qo'shm a faoliyatining sohalari belgilab beriladi.
Ularga, xususan, quyidagilar kiradi:
1. Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini ta ’minlash.
2. Tashqi siyosiy faoliyatni muvofiqlashtirish.
3. YAlpi iqtisodiy m akonni, Um um evropa va Yevroosiyo bozor-
larini shakllantirish hamda rivojlantirish yo'lida hamkorlik hilish.
4. Bojxona siyosati.
5. Transport va aloqa rizimlarini rivojlantirish yo'lida hamkorlik.
6. Sog'liqni saqlash va atrof-m uhit muhofazasi.
7. Ijtimoiy siyosat va migratsiya masalalari.
www.ziyouz.com kutubxonasi
8. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash.
9. M udofaa siyosati va tashqi chegaralarni qo ‘riq!ash sohasi bo'yicha
hamkorlik qilish.
Ushbu ro ‘yxat a ’zo davlatlarning o ‘zaro kelishuvi asosida to ‘ldirilishi
mumkin.
Qayd etilganlardan quyidagi bir necha xulosalami qayd etish lozim:
1) Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga xalqaro hukumatlararo tashkilot
sifatida qaralm og‘i kerak, chunki unga amalda universal xalqaro e ’tirofga
sazovor b o ‘lgan mustaqil davlatlar kiradi;
2) M D H ishtirokchi davlatlarini dunyoning aksariyat davlatlari de
yure (de jure) e ’tiro f etgan, tashkilotdan tashqarida ular BM Tning
to'laqonli a ’zolari hisoblanadi, u ko'plab ixtisoslashgan muassasalari
tarkibiga, shuningdek, boshqa xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kir-
gandir;
3) M D H ga a ’zo har bir davlat dunyoning boshqa ko'plab davlatlari
bilan diplom atik m unosabatlarni amalga oshiradi;
4) M D H faoliyatining huquqiy asosini a ’zo davlatlar har bir tom on
konstitutsiyasi talablarini hisobga olgan holda va xalqaro shartnomalar
huquqi to'g'risida Vena konvensiyasi (1969-yil) qoidalariga muvofiq im-
zolagan ham da ratifikatsiya qilgan xalqaro shartnomalar tashkil etadi.
M D H ning maqsadi davlatlarning barcha sohalar bo'yicha keng ham -
korligini ta ’m inlashdan iborat. U o 'z a ’zolarining umumiy iqtisodiy
m akon doirasida har tom onlam a hamda muvozanatli iqtisodiy va ijti
moiy rivojlanishini, integratsiyalashuvini ta ’minlashga qaratilgan. Bosh
m aqsadlar sifatida xalqaro huquqqa muvofiq ravishda inson huquq va
erkinliklarini ta ’minlash, a ’zo davlatlar fuqarolariga M D H hududi doira
sida erkin muloqot qilish va harakatlanish borasida ko'maklashish ko'zda
tutilgan.
M D H ning ta ’sis hujjatlarida xalqaro huquqning um um e’tirof etil
gan prinsiplari, shuningdek, davlatlararo munosabatlarda xalqaro hu
quqning ustunligi asosiy prinsiplar sifatida qayd etilgan. H am do'stlik
doirasidagi bitimlarga nisbatan Ustavda mustahkamlangan m ajburiyat
larning ustunligi belgilangan.
M D H ga a ’zo bo'lishni istagan davlat uning Ustavidan kelib chiqa
digan majburiyatlarni qabul qilishi va barcha a ’zolarning roziligini oli
shi zarur. Shuningdek, Tashkilotning ayrim faoliyat yo'nalishlarida ish
tirok etishni istovchi davlatlar uchun assotsiatsiyalashgan a’zolik im-
koniyati ham ko'zda tutilgan.
A ’zo davlat Ustavni buzgan, M D H doirasida tuzilgan bitim lar
bo'yicha majburiyatlarini yoki H am do'stlik organlari qarorlarini m unta-
zam ravishda bajarmay kelayotgan bo'lsa, unga nisbatan xalqaro huquqda
yo'l qo'yiladigan choralar qo 'lk n ish i mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
M D H Ustavida bir qator organlami tuzish ko'zda tutilgan. Eng
yuqori organlar — Davlatlar rahbarlari kengashi va Hukumatlar bosh-
Do'stlaringiz bilan baham: |