Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


Iqtisodiy va  Ijtimoiy  Kengash  (EKOSOS)



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

Iqtisodiy va  Ijtimoiy  Kengash  (EKOSOS)  BMT  Ustavidagi  «Xalqaro 
iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik»  nomli  IX bobda bayon etilgan  vazifalar 
ijrosi  uchun  m as’ul  hisoblanadi.  U  har  yili  Bosh  Assambleya  uch  yil 
m uddatga  saylaydigan  54  a’zodan  iborat.
www.ziyouz.com kutubxonasi


EKOSOS iqtisodiy va ijtimoiy soha,  madaniyat, ta’lim, sog'liqni saqlash 
kabi  turli  eng  muhim  sohalarda  xalqaro  masalalar  bo'yicha  tadqiqotlar 
o'tkazadi  va  m a’ruzalar tayyorlaydi.  EKOSOS  bunday  masalalaming har 
biri  yuzasidan  Bosh Assambleyaga,  BMT a’zolari va ixtisoslashgan  muas- 
sasalariga  tavsiyalar  kiritishi  mumkin.  BMT  Ustavida  inson  huquqlari 
sohasiga  doir  tavsiyalar  kiritish  huquqi  alohida  belgilab  qo'yilgan.  Bosh 
Assambleya sessiyalarida qabul qilinadigan qarorlaming yarmidan ko‘prog‘i, 
odatda,  EKOSOS  sohasiga  taalluqli  bo‘ladi.  EKOSOS  Bosh  Assambley­
aga  konvensiya  loyihalarini  taqdim  etishi  mumkin.
EKOSOS  ixtisoslashgan  muassasalar bilan  o ‘zaro  bitimlar tuzadi  va 
ularning  faoliyatini  muvofiqlashtirib  turadi,  ulardan  m a’ruzalar  olish 
vakolatiga  ega  sanaladi.  BMT  a ’zolari  bilan  tuzilgan  bitimlarga  m u­
vofiq,  EKOSOS  ulardan  o ‘z  tavsiyalari,  shuningdek,  Bosh Assambleya- 
ning tegishli sohalar bo'yicha tavsiyalarining ijrosi to ‘g ‘risida m a’ruzalar 
olishi  mumkin.  EKOSOS  bunday  m a’ruzalar yuzasidan  o ‘z  m ulohaza- 
Iarini  a ’zo  davlatlarga,  shuningdek,  Bosh  Assambleyaga  taqdim  etishi 
mumkin.  Bu  nazorat  faoliyati  EKOSOSning salohiyatini  sezilarli  dara­
jada  yuksaltirib  turadi.  Xavfsizlik  Kengashi  taklifiga  binoan,  EKOSOS 
faoliyatning tegishli  sohalari  bo'yicha  unga  ko'maklashishga  majburdir. 
EKOSOSning  o'zi  shug'ullanadigan  masalalar  yuzasidan  m anfaatdor 
bo'lgan  nohukum at  tashkilotlar  bilan  aloqalari  alohida  ahamiyat  kasb 
etadi.  Tegishli  hukum at  bilan  maslahatlashuvlardan  keyingina  milliy 
nohukumat  tashkilotlar bilan  aloqa  bog'lash  mumkin.
Vasiylik Kengashi qaram hududlarni boshqarish uchun tuzilgan vasiy­
lik  tizimini  nazorat  qilib  turish  maqsadida ta ’sis  etilgan.  1975-yildayoq 
barcha qaram hududlar mustaqillikka erishgani tufayli bunday  kengash- 
ga  bo'lgan  zarurat  barham   topdi.
BMT Kotibiyati —  BMTning o'ta muhim organidir.  Kotibiyat xodim- 
larini BMT Bosh kotibi tayinlaydi.  Bunda xodimlarni iloji boricha keng- 
roq jug'rofiy  asoslar bo'yicha  tanlab  olishga  e’tibor  qaratish  ayni  m ud- 
daodir.  Kotibiyat  xodimlari  xalqaro  miqyosdagi  xodimlar  hisoblanadi 
va  hukumatdan  topshiriqlar olmasligi  kerak.  Kotibiyatning  asosiy  vazi­
fasi  BMT  faoliyati  yo'lida xizmat  ko'rsatish,  shu jum ladan  zarur hujjat­
larni  tayyorlash  va  uning  organlari  qarorlarining  hayotga  tatbiq  etilishi- 
ga  ko'maklashishdan  iborat.  Keyingi  yillarda  Bosh  kotib  vakillarining 
«olovli  nuqtalar»dagi vaziyatni o'rganish borasidagi  faoliyati  katta aham i­
yatga  ega  bo'lmoqda.
BMT  Bosh  kotibi  har  yili  Bosh  Assambleyaga  BMT  faoliyati 
to'g'risida  hisobot  taqdim  etadi  va  unda  BMT  faoliyatini  yanada  ta­
komillashtirish  yuzasidan  o'z  tavsiyalarini  bayon  etadi.
Xalqaro  sud  faoliyatining  huquqiy  negizini  BMT  Ustaviga  uning 
uzviy  qismi  sifatida  kiritilgan  ushbu  Sud  statuti  tashkil  etadi.  Xalqaro
www.ziyouz.com kutubxonasi


sud  Bosh  Assambleya  va  Xavfsizlik  Kengashi  tom onidan  9-yil  m uddat­
ga  saylanadigan  15  nafar sudyadan  iboratdir.  Sudyalarning yuksak axlo- 
qiy va kasbiy sifatlarga ega bo'lishi taqozo  etiladi.  Sud tarkibi to'lig'icha 
olganda tsivilizatsiyaning  eng  muhim  shakllari  va  dunyoning  asosiy hu­
quqiy  tizimlari  vakilligini  ta ’minlaydi.
Muayyan  ishning k o'rib chiqilishida Xalqaro sud  to'liq tarkibda ish­
tirok  etishi  mumkin  yoxud  nizolashayotgan  tom onlam ing  iltimosiga 
binoan,  mazkur  ish  uch  yoki  undan  ortiq  sudyalar  tarkibidan  iborat 
palataga  ko'rib  chiqish  uchun  topshiriladi.
Davlatlar o'rtasidagi  nizolarni  ko'rib chiqish barobarida Xalqaro sud 
Assambleya va  Xavfsizlik  Kengashi  so'rovi  bo'yicha  konsultativ xulosa­
lar  ham  chiqaradi.  O 'tgan  yillar  davomida  20  dan  ortiq  shunday  xulo­
salar chiqarilgan.  U lar BMTga a’zolik,  shartnomalam i talqin etish,  Bosh 
Assambleya  vakolatlari,  Namibiyaning  maqomi  va  shu  kabi  boshqa  bir 
qator  masalalarga  taalluqlidir.
BMT va  uning  m ansabdor shaxslari  Tashkilot  maqsadlariga erishish 
uchun  zarur bo'lgan  ham da  o'zlarining Tashkilot  faoliyati  bilan  bog'liq 
vazifalarini  mustaqil  bajarishlari  uchun zarur hisoblangan  imtiyozlar va 
im m unitetlardan  foydalanadi.  BMT  huzurida  davlatlarning  doimiy  va- 
kolatxonalari  va  ularning  xodimlari  to'liq  diplomatik  imtiyozlar va  im ­
m unitetlardan  foydalanadi.
BMT  tizimiga,  shuningdek,  ixtisoslashgan  muassasalar  ham   kiradi. 
BMTning  ixtisoslashgan  muassasalari  alohida  sohalari  va  BM T  bilan 
bog'liq  holda  ham korlikni  amalga  oshiruvchi  universal  m azm undagi 
hukumatlararo  tashkilotlardir.  BMT  Ustavining  57-  m oddasida  ular­
ning  quyidagi  o'ziga  xos jihatlari  sanab  o'tilgan:
1.  Shunday  tashkilotlar  tuzish  to'g'risidagi  bitim larning  hukum at­
lararo  mazm unda  bo'lishi.
2.  Shu  tashkilotlar  t a ’sis  hujjatlari  doirasida  keng  ko'lam li  xalqaro 
javobgarlik.
3.  Iqtisodiy,  ijtimoiy,  madaniy,  gum anitar va  boshqa  shu  kabi  alo­
hida  sohalarda  hamkorlikni  amalga  oshirish.
4.  BMT  bilan  aloqalar.
Hozirgi  kunda  BM Tning  17  ta  ixtisoslashgan  muassasasi  mavjud 
bo'lib,  ular quyidagi  guruhlarga  mansub:
1)  ijtimoiy  m azm undagi  tashkilotlar  (Xalqaro  m ehnat  tashkiloti  — 
MOT,  Jahon  sog'liqni  saqlash  tashkiloti  —  VOZ);
2)  madaniy  va  gum anitar  mazmundagi  tashkilotlar  (T a’lim,  fan  va 
m adaniyat  m asalalari  b o 'y ich a  Birlashgan  M illatlar  T ashkiloti  — 
YUNESKO,  Butun  Jahon  intellektual  mulk  tashkiloti  —  BIMT);
3)  iqtisodiy  tashkilotlar  (Sanoat  taraqqiyoti  bo'yicha  Birlashgan 
MillatlarTashkiloti  —  Y U N ID O );
www.ziyouz.com kutubxonasi


4)  m oliya  tashkilotlari  (Xalqaro  tiklanish  va  taraqqiyot  banki  — 
XTTB,  Xalqaro valyuta jamg'armasi —  XVJ,  Xalqaro taraqqiyot assotsiat- 
siyasi  —  XTA,  Xalqaro  moliya  korporatsiyasi  —  XMK,  Investitsiyalar 
kafolatlari  bo'yicha  ko'p  tom onlam a  agentlik —  IKKA);
5)  qishloq  xo'jaligi sohasiga doir tashkilotlar (Oziq-ovqat  va qishloq 
xo‘jaligi  b o 'y ic h a   Birlashgan  M illatlarT ashkiloti  —  FAO,  Qishloq 
xo'jaligini  rivojlantirish  xalqaro jam g'arm asi  —  IFAD);
6)  transport  va  aloqa  sohasiga  doir  tashkilotlar  (Xalqaro  Fuqaro 
aviatsiyasi  tashkiloti  —  IKAO,  Xalqaro dengiz tashkiloti  —  IMO, Jahon 
pochta  ittifoqi  —  JP I,  Xalqaro  elektr  aloqasi  ittifoqi  —  MES);
7)  metereologiya sohasiga doir tashkilot (Jahon metereologiya tashki- 
loti -   JM T).

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish