6 -§ . Xalqaro javobgarlik huquqining nazariy muammolari
X alqaro-huquqiy javobgarlik xalqaro huquqning qadim iy institut-
laridan biri hisoblanadi. Uning norma va prinsiplari, ulardan ayrimlari
shartnom aviy normalarda o'z tasdig'ini topgan bo'lsa-da, asosan xalqaro-
huquqiy odat mazmuniga egadir.
Xalqaro-huquqiy javobgarlik deganda, huquqbuzar subyektning o'zi
sodir etgan huquqbuzarlik oqibatida xalqaro huquqning boshqa subyek
tiga yetkazilgan ziyon oqibatlarini bartaraf etish borasidagi yuridik maj-
buriyati yoki xalqaro huquq norm alarini buzmaydigan xatti-harakati
oqibatida yetkazilgan moddiy ziyonni qoplash majburiyati, agar shu
taxlit qoplash tartibi alohida xalqaro shartnomada ko'zda tutiladigan
bo'lsa, tushuniladi.
X X asr adabiyoti va am aliyotida davlatlarning xalqaro g'ayrihuquqiy
xatti-harakatlarini jinoyatlar va huquqbuzarliklar sifatida ikkiga ajratish
nazariy jihatdan o 'z tasdig'ini topa boshlagan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Xalqaro jinoyatlar sirasiga xalqaro ham jam iyatning hayotiy muhim
m anfaatlarining ta’ minlashda o‘ zak hisoblanadigan xalqaro majburiyat
larini buzadigan xalqaro g ‘ayrihuquqiy xatti-harakatlar hamda xalqaro
hamjamiyat tom onidan yalpisiga jinoyat deb qaraladigan holatlar (m a
salan, agressiya, quldorlik, genotsid va boshqalar) kiradi. Boshqa bar
cha g'ayrihuquqiy xatti-harakatlarni xalqaro huquqbuzarliklar sifatida
qabul qilish tavsiya etiladi.
Xalqaro huquq nazariyasiga ko‘ ra, shuningdek, xalqaro jinoyat sodir
etilgan (ya’ ni, zikr etilganidek, xalqaro ham jam iyatning tub manfaat-
larini him oya qilishda shu qadar muhim bo'lgan m ajburiyatlar buzilgan
hamda bu hoi o ‘ta xavfli va og‘ ir deb tasnif etilgan) taqdirda, har qan
day davlat yoki davlatlar guruhi huquqbuzarga d a’vo qiluvchi subyekt
bo'lib chiqishi mum kin, huquqbuzarlik (ya’ ni, ikki tom onlam a huquqiy
m unosabatlarni buzish) sodir etilganda esa faqat jab r ko'rgan davlatning
o 'zi da’vo bilan chiqish huquqiga ega.
Hozirgi paytgacha xalqaro huquqning ushbu institutiga xos huquqiy
shartnom alar to'la kodifikatsiya qilinmagan va xuddi shu bois u qoidaga
ko'ra, pretsedentlar va sud qarorlari negizida yuzaga kelgan odat huqu
qi normalarni qo'llashga asoslanadi.
Xalqaro huquqda shunday umumiy prinsip yuzaga kelganki, unga
ko'ra subyektning xalqaro g'ayrihuquqiy xatti-harakatlari uning xalqaro-
huquqiy javobgarligini keltirib chiqaradi.
Xalqaro-huquqiy javobgarlikning siyosiy va m oddiy turlarini farq
lash qabul qilingan. Tegishli hollarda jabrlanuvchi tomon nafaqat o'zining
buzilgan m anfaatlarini huquqbuzar hisobidan qondirish, balki huqu
qbuzarga nisbatan jazo choralarini qo'llash huquqiga ham ega.
Xalqaro-huquqiy javobgarlik qat’ iy belgilangan majburlash choralarini
o'zida mujassam etmaydi. Javobgarlikni ro'yobga chiqarish xalqaro odatiy
va shartnom aviy huquq normalariga asoslanadi. U ning yuzaga kelishida
xalqaro pretsedentlar m a’lum ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro huquqda davlat nomidan ish ko'radigan hamda harbiy j i
noyat va insoniyatga qarshi jinoyat sifatida tasniflanadigan harakatlarni
sodir etgan jism oniy shaxslarning javobgarligi bilan bog'liq m asalalar
alohida o'rin egallaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |