Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


 -§ .  Xalqaro  huquqda  qarshi  choralar



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

5 -§ .  Xalqaro  huquqda  qarshi  choralar
Qarshi  choralarni  alohida  davlatlar  xalqaro  huquq  doirasida,  uning 
imperativ normalarini  hisobga olgan  holda qo'llaydi.  Uning asosiy sharti 
qurolli  kuchlarni  q o'llash ga  y o 'l  q o'ym aslikdan   iboratdir.  Bundan 
tashqari,  qarshi  choralar  inson  huquqlarini,  alohida  xalqaro-huquqiy 
himoyada  bo'lgan  shaxslar,  m asalan,  diplom atlarning  daxlsizligini  buz- 
masligi  kerak.
Xalqaro  am aliyotda  keng  qo'llanayotgan  iqtisodiy  majburlash  cho- 
ralaridan  foydalanishning  o'ziga  xos  murakkabliklari  mavjud.  Huquq- 
shunoslaming  fikricha,  keng miqyosda iqtisodiy majburlash choralaridan 
foydalanish  m asalasiga  taqiqlangan  kuch  ishlatish  sifatida  qaralm og'i 
lozim.
Qarshi  choralar  quyidagilarga  bo'linadi:
birinchidan,  retorsiya  —  bir davlat  boshqa  bir davlatning  o'ziga  nis­
batan  nodo'stona,  adolatga  zid  va  tahqirlovchi,  shu  bilan  birga,  huquq­
buzarlik  hisoblanm aydigan  xatti-harakatlarini  to'xtatish  m aqsadida 
qo'llaydigan  qarshi  choralar.
Retorsiya huquqbuzarlik xavfi  mavjud  bo'lgan  hollarda ogohlantiruv- 
chi  chora  sifatida  qo'llanishi  mumkin.  Retorsiyani  ko'pincha  davlatlar 
uning  fuqarolari  boshqa  bir  davlat  hududida  tahqirlanganida,  iqtisodiy 
va  madaniy aloqalar nodo'stona  cheklab qo'yilganda va shu  kabi boshqa 
holatlarda  qo'llaydilar.  Odatda,  retorsiyalar  aynan  o'xshash  yoki  o'zi 
qarshi  qaratilayotgan  choralarga  munosib  bo'lgan  choralar  hisoblanadi. 
Retorsiya  huquqi  har  doim  davlatga  tegishlidir;
ikkinchidan,  repressaliya  —  huquqbuzarlik  sodir  etilgan  hollarda,
www.ziyouz.com kutubxonasi


xalqaro  huquqda  qarshi  chora  sifatida  qo'llashga  ruxsat  etiladigan  bir 
tom onlam a  majbur  qilish  chorasi.  U  xalqaro  huquqqa  m uvofiq  amalga 
oshiriladi.  Repressaliyalar  mutanosib  bo‘ lm og‘ i  kerak:  qarshi  chora  in- 
tensivligi  bevosita  maqsadga  erishish  uchun  talab  etiladiganidan  ortiq 
bo'lm asligi  shart.
Repressaliyalar  maqsadga  erishilishi  bilan  barham  topadi.  M aqsad 
esa  huquqbuzarlikni  to'xtatishga va  ko'zda  tutilgan javobgarlik  bo'yicha 
huquqiy  m unosabatlar  asosida  m ajburiyatlarni  bajarishga  undashdan 
iboratdir.
Repressaliyaning  alohida  turi  huquqbuzarga  nisbatan  um um iy  xal­
qaro  huquqning  u  buzgan  normalarini  qo'llashni,  shuningdek,  buzilgan 
shartnom alam ing  amal  qilishini  biroz  to'xtatib turish  yoki  am al  qilishi- 
ga  butunlay  chek  qo'yishni  ko 'zda  tutadi;
uchinchidan,  o'zin i  o'zi  mudofaalash  —  davlatning  unga  nisbatan 
jinoiy  qurolli  hujum,  shu jum ladan  qurolli  kuchlardan  foydalangan  hol­
da  uyushtirilgan  hujumga  javoban  qo'llaydigan  choralari.  Qarshi  cho- 
ralam ing  ushbu  turi  repressaliyalarga yaqin tursa-da,  qurolli  kuchlardan 
foydalanish  uchun  asos  bo'luvchi  o 'ta jiddiy  huquqbuzarliklarga  nisba­
tan  chora  qo'llash  xususida  gap  borayotgani  uchun,  o'zini  o 'z i  m udo­
faalash  alohida  turga  ajratilgan.
Davlatlarning  individual  yoxud  jam oaviy  o'zini  o'zi  mudofaalash 
huquqi  B M T   Ustavida  qayd  etilgan  (5-m odda).  Bu  huquq  qurolli  hu­
jum  fakti  sodir  bo'lgan  taqdirdagina  yuzaga  keladi.  Tinchlikka  tahdid 
solingan  holatda  tegishli  ogohlantiruvchi  choralar faqat  Xavfsizlik  K en ­
gashining  qarori  asosidagina  qo'llanadi  (B M T   Ustavining  39  va  50- 
m oddalari).

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish