Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  « 0 ‘zbekiston  Respublikasining  Davlat



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

4-§.  « 0 ‘zbekiston  Respublikasining  Davlat 
chegarasi  to‘g ‘risida»gi  qonun
Ushbu  Qonun  1999-yil  20-avgustda  qabul  qilingan  bo'lib,  46  m od­
dadan  iborat1.  Qonunning  asosiy  maqsadi  0 ‘zbekiston  Respublikasi­
ning davlat chegarasini belgilash, o ‘zgartirish,  himoya qilish va q o‘riqlash 
sohasidagi  munosabatlarni  tartibga  solishdan  iborat.  Qonunda  xalqaro 
huquqning  ustunligi  prinsipi  m ustahkam langan.  Agar  0 ‘zbekiston 
Respublikasining  xalqaro  shartnomasida  0 ‘zbekiston  Respublikasining 
davlat  chegarasi  to ‘g ‘risidagi  qonun  hujjatlaridagidan  boshqacha  qoi­
dalar  belgilangan  bo ‘lsa,  xalqaro  shartnoma  normalari  qo'llaniladi.
Q onunda  «O'zbekiston  Respublikasining  davlat  chegarasi»  tushun­
chasi  belgilangan:  O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  chegarasi  (bundan 
buyon  m atnda «davlat chegarasi» deb yuritiladi)  — 0 ‘zbekiston  Respub­
likasi hududi  doirasini  (quruqlikda,  suvda,  yer ostida,  havo  bo'shlig'ida) 
belgilovchi  chiziqdan  va  bu  chiziq  bo'ylab  o'tuvchi  vertikal  sathdan 
iborat.  Bundan  tashqari,  qonunda  davlat  chegarasini  belgilash  va 
o'zgartirish  bo'yicha  xalqaro  huquqning  asosiy  prinsiplari  m ustahkam ­
lab  qo'yilgan.  Davlat  chegarasini  belgilash  va  o'zgartirish  paytida 
O'zbekiston  Respublikasi  milliy xavfsizligini ta ’minlash zaruratidan  kelib 
chiqadi  hamda  quyidagi  prinsiplarga  amal  qiladi:
1)  davlatlarning  suvereniteti,  hududiy  yaxlitligi,  davlat  chegaralari 
daxlsizligi  va  buzilmasligini  o'zaro  hurmat  qilish;
2)  chegara  masalalarini  tinch  yo'l  bilan  hal  etish;
3)  chet  el  davlatlari  bilan  har tom onlam a,  teng  huquqlilik va o'zaro 
m anfaatdorlik  asosida  hamkorlik  qilish;
4)  qo'shni  davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashmaslik;
5)  kuch  ishlatmaslik  va  kuch  bilan  tahdid  qilmaslik.
O'zbekiston  Respublikasining xalqaro  shartnomalariga  asosan,  dav­
lat  chegarasini  belgilash  va  o'zgartirishni  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisi  amalga  oshiradi.  Davlat  chegarasi  delimitatsiya  va  demarkatsiya 
(redemarkatsiya)  qilinadi.
Davlat  chegarasi  quyidagicha  belgilanadi:
birinchidan,  quruqlikda  —  o'ziga  xos  nuqtalar  relefning  chiziqlari 
yoki  aniq  ko'rinib  turadigan joylar  bo'yicha;
ikkinchidan,  kema  qatnaydigan  daryolarda  —  daryoning  asosiy  far- 
vater  yoki  talvegi  o'rtasi  bo'ylab;  kema  qatnamaydigan  daryolarda, 
jilg'alarda  —  ularning  o'rtasi  yoki  daryoning  asosiy  o'zanining  o'rtasi 
bo'ylab;  ko'llar  yoki  boshqa  suv  havzalarida  —  davlat  chegarasi  ko'l 
yoki  boshqa  suv  havzasi  qirg'oqlariga  chiqqan  joylarni  tutashtiruvchi
1
  « 0 ‘zbekiston  Respublikasining  Davlat  chegarasi  to‘g‘risida»gi qonuni  / /  0 ‘zbekision 
Respublikasi  Oliy  Majlisining axborotnomasi.  1999.  №9.  — 2I7-m.
www.ziyouz.com kutubxonasi


to ‘g‘ri  yoki  boshqacha  chiziq  bo'yicha.  Daryo,  jilg'a  yoki  boshqa  suv 
havzasi  orqali  o'tadigan  davlat  chegarasi  ular  qirg'oqlarining  ko'rinishi 
yoki  suv sathi  o'zgarganda  ham,  daryo, jilg'a  oqimi  u  yoki  bu  tomonga 
burilganda  ham  o'zgarmay  qolaveradi;
uchinchidan,  suv  omborlarida  va  boshqa  sun ’iy  suv  havzalarida  — 
ular  suv  bilan  to'ldirilgunga  qadar  davlat  chegarasining  m azkur  joyi 
o'tgan  chizig'iga  muvofiq  ravishda;
to'rtinchidan,  daryolar, jilg'alar,  ko'llar va boshqa suv havzalari orqali 
o'tuvchi  ko'priklarda,  to'g 'o nlar va  boshqa  inshootlarda  —  davlat  che­
garasi suvdan o'tish-o'tm asligidan  qat’i  nazar, shu inshootlarning o'rtasi 
yoki  ularning  texnologiya  o'qi  bo'ylab.
Davlat  chegarasi  joylarda  aniq  ko'rinib  turadigan  chegara  belgilari 
bilan  ko'rsatib  qo'yiladi.  Chegara belgilarining  shakllari,  o'lcham lari  va 
ularni  o'rnatish  tartibi  qonun  hujjatlari  hamda  O'zbekiston  Respubli­
kasining  xalqaro  shartnom alari  bilan  belgilanadi.  Q o'shni  davlatlar 
o'rtasida  davlat  chegarasi  chizig'ini  ko'rsatib  qo'yish  uchun  joylarda 
chegaraning  butun  uzunligi  bo'ylab,  shuningdek,  chegara  bo'yi  d ar­
yolari  va  suv  havzalari  bo'ylab  chegaraning  tozalash  mintaqalari  belgi­
lanadi.
Davlat chegarasining shaxslar va transport vositalari tom onidan kesib 
o'tilishi  xalqaro  avtomobil,  tem ir  yo'l,  havo,  daryo  qatnovi  yo'llarida 
yoki  qonun  hujjatlarida  hamda  O'zbekiston  Respublikasining  xalqaro 
shartnom alarida  belgilab  qo'yiladigan  boshqa joylarda  amalga  oshirila­
di.
Chegara  nizolari  va  mojarolarini  hal  etish  qonun  hujjatlarida  ham ­
da  O'zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnom alarida  belgilangan 
tartibda  amalga  oshiriladi.
O'zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligi  davlat  chegarasini 
himoya  qilish  va  qo'riqlash  sohasida  quyidagi  vakolatlarga  ega:
1)  davlat  chegarasini  himoya  qilish  va  qo'riqlashni  tashqi  siyosiy, 
xalqaro-huquqiy jihatdan  ta ’minlashni  amalga  oshiradi;
2)  davlat  chegarasini  va  uning  rejimini  belgilash  bo'yicha  muzoka- 
ralar  olib  boradi,  zarur  hujjatlar  va  materiallarni  tayyorlaydi;
3)  O'zbekiston  Respublikasi  fuqarolari,  chet  el  fuqarolari va  fuqaro- 
ligi  bo'lm agan  shaxslarning  O 'zbekiston  Respublikasiga  kirishi  va 
O'zbekiston  Respublikasidan  chiqishi  huquqini  beruvchi  hujjatlarni  ras- 
miylashtiradi;
4)  davlat  chegarasi  rejimiga  rioya  etish  masalalarini,  chegara  ni- 
zolarini  belgilangan  tartibda  hal  etadi;
5)  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  boshqa  vakolatlarni  amalga 
oshiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘N IN C H I  MAVZU. 
XALQARO  H U Q U Q D A  A H O LI

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish