Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

betaraf
 va 
qurolsiziantirilgan hududlar maqomi 
belgilangan.  Antarktikadan  faqat  tinch  maqsadlardagina  foydalaniladi. 
Harbiy bazalar barpo etish,  harbiy mashqlar o'tkazish,  qurol-yarog'larni 
sinovdan  o'tkazish  taqiqlangan.  Antarktikada  har qanday  yadro  portla- 
tilishi va  mazkur hududda  radioaktiv  materiallar ko'milishi  taqiqlanadi. 
Ayni  chog'da,  ilmiy  tadqiqotlar  o'tkazish  va  shu  kabi  boshqa  har  qan­
day tinch  maqsadlar yo'lida  harbiy xodimlardan  foydalanish yoki jihoz­
lash  ishlarini  amalga  oshirish  mumkin.  Shartnomaning  muhim  prinsipi 
ilmiy  tadqiqotlar  erkinligidir.
Shartnomada  hududiy  d a ’volami  «muzlatib  qo'yish»ning  qayd  etil- 
gani  ayniqsa  alohida  ahamiyat  kasb  etadi:  ayrim  ishtirokchi  davlatlar 
m a’lum  qilgan  da’volaridan,  ayrimlari  esa  m a’lum  qilgan  noroziliklari- 
dan  voz  kechmaydilar.  Ammo  Shartnom a  kuchda  bo'lgan  paytida  yuz 
bergan  biron-bir  harakat  yoki  faoliyat  Antarktikaning  hududiy  su- 
verenitetiga  nisbatan  qandaydir da’voni  qo'llab-quw atlash  yoxud  inkor 
etishga  doir  bayonotlar  uchun  asos  bo'la  olmaydi  va  Antarktikada  su­
verenitetning  hech  qanday  huquqini  yuzaga  keltirmaydi.
Antarktikadagi  barcha  shaxslar  o 'z vazifalarini  ado  etish  maqsadida 
bu  yerda  bo'lib  turgan  davrda  yuz  beradigan  barcha  xatti-harakatlar va 
kamchiliklar  borasida  o'zlari  fuqarosi  bo'lgan  davlat  yurisdiksiyasida 
hisoblanadilar.
Shartnom a  maqsad  va  prinsiplarini  joriy  etishga  ko'maklashuvchi 
Maslahat  kengashi ta ’sis etilgan  bo'lib,  u  Antarktika bilan bog'liq  masa­
lalar yuzasidan  axborot  almashish,  o'zaro  maslahatlashish,  shuningdek, 
ishtirokchi  davlatlar hukumatlari uchun Shartnomaning maqsad va  prin­
siplarini  joriy  etishga  ko'm ak  beradigan  choralarni  tayyorlash,  ko'rib 
chiqish  va  tavsiya  etish  maqsadida  ikki  yilda  bir  marotaba  chaqiriladi.
M uhokama  etilgan  masalalar  bo'yicha  Maslahat  kengashi  tegishli 
tavsiyalar  qabul  qiladi  va  ushbu  tavsiyalarni  kengash  ishida  vakillari 
qatnashgan  barcha  davlatlar  tasdiqlagach,  kuchga  kiradi  hamda  Shart- 
nomani  imzolagan  tom onlar uchun  majburiy  hisoblanadi.  Shuningdek, 
inspeksiya  masalasi  ham  ko'zda  tutilgan  bo'lib,  davlatlar  istalgan  payt­
da  Antarktikaning  istalgan  yoki  barcha  hududida  bo'lish,  shu jum ladan 
mazkur  hududlami  havodan  nazorat  qilish  uchun  to'liq  erkinlik berila-
www.ziyouz.com kutubxonasi


digan  nazoratchilarni  tayinlash  huquqiga  egadir.  Antarktika to ‘g‘risidagi 
shartnom a  bir qancha  huquqiy tartibot  tizimlarini  ishlab  chiqish  uchun 
tegishli  shart-sharoit  yaratgan.
1980-yilda  Maslahat  kengashi  ishlab  chiqqan  Antarktikaning  den- 
gizdagi  tirik  zaxiralarini  himoya  qilish  to ‘g‘risidagi  konvensiyasi  atrof- 
muhit  muhofazasi  sohasiga  taalluqli  bo'lib,  Antarktika  ekotizimining 
muayyan  qismi  hisoblanuvchi  60-paraIIeldan  shimolroqda  joylashgan 
dengiz  makonini  o 'z  ta ’sir  doirasiga  oladi.  Konvensiyaga  muvofiq,  har 
qanday populyatsiya sonini  uning barqaror holati ta ’min etiladigan  miq- 
dordan  kam  bo'lmagan  darajada  saqlab  qolish  va  um uman  ekotizimga 
ziyon  yetkazmaslik  evaziga  tirik  organizmlarning  barcha  turlarini  ov­
lash  sanoatining  obyekti  hisoblanishi  mumkin.
Antarktikaning  dengizdagi  tirik  zaxiralarini  himoya  qilish  bo'yicha 
komissiya  ham  mavjud  bo'lib,  u  tirik  organizmlardan  ayrim  turlarining 
mavsumlar va  hududlar  bo'yicha  ovlanishi  miqdorini  tartibga  solish  bi­
lan  shug'ullanadi.  Komissiya  nazorat  va  inspeksiya  qilish  huquqiga  ega. 
1946-yildagi  Kit ovlash sanoati to'g'risidagi konvensiyaga muvofiq tashkil 
etilgan  Xalqaro  kit  ovlash  sanoati  komissiyasi  kitlami  tijorat  maqsadida 
ovlashni  taqiqlash  to'g'risida  qaror qabul  qilgan.  Tyulenlarni  ovlash  sa- 
noatiga  taalluqli  konvensiya  ham  mavjud.  Antarktikada  mineral  xom- 
ashyo qazib  olishni  huquqiy tartibga  soladigan  tegishli  hujjat  ishlab  chi­
qish  borasidagi  sa’y-harakatlar  esa  muvaffaqiyatsizlikka  uchragan.
1991-yilda  Atrof-muhit  muhofazasi  haqidagi  protokol  Antarktika 
to'g'risidagi  shartnomaga  qo'shim cha etib  m a’qullandi va unda Antark­
tika  tinchlik  va  fan  yo'lida  xizmat  qilish  uchun  mo'ljallangan  tabiiy 
qo'riqxona  sifatida  belgilab  qo'yildi.  Protokolga  muvofiq,  Antarktikada 
mineral  zaxiralarga  aloqador  har  qanday  faoliyatni  amalga  oshirish  ta- 
qiqlanadi,  ilmiy  tadqiqotlar  esa  bundan  mustasnodir.  Bu  o'rinda  kel- 
gusida  chuchuk  suvning  bebaho  manbaiga  aylanishi  mumkin  bo'lgan 
muzga  nisbatangina  istisno  tariqasida  yondashildi.  Maslahat  kengashi 
bu  borada  erishgan  bitimga  ko'ra,  muzdan  foydalanish  mineral  zaxi- 
ralami o'zlashtirishga qaratilgan faoliyat doirasiga kirmaydi va shu boisdan 
ham  u  taqiqlanmaydi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish