Og’zaki nutq:
Mavzuga oid matnni o’qib tushunish.
Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash.
Matnni ijodiy so’zlash.
Ustozlarga bag’ishlangan she’r yod olish.
Yozma nutq:
Kasbiy faoliyatda ustoz va shogird an’analari to’g’risida matn tuzish. Ustozlar
haqida esse yozish.
Ustoz haqidagi rivoyatlardan namunalar yozish.
GRAMMATIKA: Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va
ohang.
Ma’lum voqelik haqida tasavvur (ma’lumot) beradigan bir yoki bir necha
sintaktik birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi. Matn ma’lum
fikrlar yig‘indisi hisoblangan nutq, nashrdan chiqqan asardir. U o‘ziga xos asar
hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy, badiiy va hokazo) yoki hujjat xarakteriga
ega bo‘ladi.
Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik.
Do'stlaringiz bilan baham: |