Kafedrasi husanov nishonboy abdusattorovich dilmurodova nilufar asatullayevna



Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/398
Sana31.12.2021
Hajmi4,06 Mb.
#215865
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   398
Bog'liq
Ozbek tili oum

 
GRAMMATIKA. 
 Soha lug’atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi. 
O‘zbek  tilshunosligida  terminlarni  o‘rganish,  ularni  tartibga  solish, 
terminologik  lug‘atlar  tuzish  kabi  qator  chora-tadbirlar  XX  asrning  20-yillari 
o‘rtalaridan boshlangan. Zero, ayrim leksikografik ishlarni hisoblamaganda, o‘zbek 
tilini  ilmiy  asosda  o‘rganish,  hozirgi  o‘zbek  tilshunosligining  fan  sifatida  yuzaga 
kelishi  ham  shu  davrdan  boshlangan.  Albatta,  terminlarni  o‘rganish  ehtiyoji  o‘z-
o‘zidan  kelib  chiqqan  emas,  barcha  bilim  sohalari  bo‘yicha  o‘zbek  tilida  ta’lim 
berishni yo‘lga qo‘yish, bilim sohalarining sezilarli darajada rivojlana borishi, ilmiy 
tafakkur doirasining kengayishi, sobiq ittifoqdagi milliy tillar, jumladan, o‘zbek tili 
lug‘at  tarkibining  boyib  borishi,  binobarin,  tilda  terminlarning  ko‘payib  borishi 
ularni  (terminlarni)  har  tomonlama  o‘rganish  va  tartibga  keltirishga  turtki  bo‘lgan 
edi. 
O‘zbek  tilshunosligida  turli  fan  sohalariga  oid  terminologik  tizimlarni 
lingvistik jihatdan har tomonlama ham ilmiy, ham amaliy o‘rganish, asosan, 1950-
yillardan  keyin  izchilroq  tus  ola  boshladi;  termin  va  terminologiyaning  nazariy 
masalalariga  bag‘ishlangan  maqolalar  ayrim  fan  sohalari  terminlarini  lingvistik 
jihatdan  tahlil  etishga  bag‘ishlangan  nomzodlik  dissertatsiyalari  yuzaga  keldi, 
mukammal terminologik lug‘atlar yaratishga kirishildi. 
 Bugungi  kunda  terminologiyaning  amaliy  va  nazariy  jihatlarini  yanada 
chuqurroq  o‘rganish,  termin  qo‘llashni  tartibga  solish  davlat  ahamiyatidagi 
masalaga aylandi. 1984-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi 
Respublika  Muassasalararo  terminologik  komissiya  (RMTK)ning  tashkil  etilishi, 
O‘zbekiston  Respublikasining  Davlat  tili  haqidagi  Qonuni  qabul  qilinishi 
munosabati  bilan  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzurida 
Respublika  terminologiya  qo‘mitasining  ish  boshlashi,  terminologiya  masalalariga 
bag‘ishlab  Respublika  miqyosida  bir  necha  ilmiy-amaliy,  ilmiy-nazariy 
konferensiyalarning o‘tkazilganligi fikrimizning yaqqol dalilidir.  
Muhimi shundaki, RMTK o‘z faoliyati davomida “O‘zbek tili terminologiyasi” 
nomli  byulleten  nashr  etishni  yo‘lga  qo‘ydi,  unda  o‘zbek  tili  terminologiyasining 
dolzarb  masalalariga  bag‘ishlangan  qator  maqolalari  bilan  birga,  har  bir 
qo‘llanuvchi  terminlarning  ro‘yxati  ham  berib  borildi.  Shuni  qayd  etish  lozimki, 
Atamaqo‘m  RMTK  an’anasini  davom  ettirib,  ko‘rsatilgan  “Byulleten”  ni  nashr 
etishni  yo‘lga  qo‘ydi.  Ta’kidlash  lozimki,  Atamaqo‘m  keyingi  yillarda  o‘zbek  tili 
terminologiyasi  tizimlarini  barqarorlashtirish  va  terminlarni  har  xilligiga  chek 
qo‘yish borasida ancha-muncha ishlarni amalga oshirdi, boshqacha qilib aytganda, 


146 
 
respublikamizda terminologiya masalalarini hal etish jonlantirib yuborildi. Xususan, 
uning  tashabbusi  bilan  terminlarni  nomlash  prinsiplari  ishlab  chiqildi  va  e’lon 
qilindi.  Atamaqo‘m  mana  shu  prinsiplarga  suyanib,  ilm-fan,  ishlab  chiqarishning 
turli sohalariga oid terminologik lug‘atlar seriyasiga chiqara boshladi. 
Shuni  aytish  kerakki,  tilda  an’anaviy  tarzda  qadimdan  saqlanib  kelayotgan 
iqtisodiy atamalar bilan zamonaviy iqtisodiy terminlar o‘rtasida juda katta farq bor. 
Qadimgi iqtisod atamalarning miqdori ancha cheklangan bo‘lsa, hozirgi yangi davr, 
ya’ni bozor iqtisodiga o‘tish davrida iqtisod terminlariga ehtiyoj ortishi munosabati 
bilan  iqtisod  terminlar  beqiyos  boyib  bormoqda.  O‘zbek  tilining  iqtisodiy 
terminlarini  to‘plash,    sistemalashtirish,  ilmiy  nuqtai  nazardan  tadqiq  etish  va  shu 
asosda bu terminologik tizimni imkon boricha tartibga solish zarurati tug‘ildi. 
 

Download 4,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish