Og’zaki nutq:
Mavzuga oid matnni o’qib tushunish.
121
Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash.
Matnni kengaytirib so’zlab berish.
Yozma nutq:
O’zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari haqida ma’lumot tayyorlash.
Oliy ta’lim muammolariga bag’ishlangan ilmiy maqola yozish.
Oliy ta’lim terminlari lug’atini tuzish.
O’zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining nomlarini qisqartma otlar shaklida
ifodalash.
GRAMMATIKA: Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so’zlar.
Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so’zlar. Tilimizda barcha uslublarda teng
qo‘llanadigan so‘zlar bo‘lishi bilan birga, faqat ayrim nutq uslublari uchun
xoslangan so`zlar ham mavjud. Shuning uchun so‘zlar ana shu belgiga ko`ra ikki
guruhga bodinadi: 1) uslubiy betaraf so`zlar (m., so`zlamoq, gapirmoq, uy, daftar,
ovqat va boshqalar); 2) uslubiy xoslangan so`zlar (mazkur, binobarin, dudoq, erin,
qaroq, nigoh, tashlamoq, bayortnoma, nota va boshqalar).
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy
vaziyatga xoslangan ko`rinishi nutq uslubi hisoblanadi. So`zlar ma’lum nutq
uslubiga xoslanish-xoslanmaslik belgisiga ko`ra uslubiy xoslangan va uslubiy
betaraf so`zlarga bo`linadi. Ayrim nutq uslubidagina qo`llaniladigan so`zlar uslubiy
xoslangan so`zlar, bunday xususiyatga ega bo`lmagan so`zlar esa uslubiy betaraf
so`zlardir.
Olim na’matakka ilmiy izoh bersa, shoir esa unga badiiy tus beradi, metafora,
o`xshatish, jonlantirish, leksik vositalar bilan shoirona kuylaydi. Us lub - so`zlovchi
va yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, voqea, hodisaga Shaxsiy munosabatidir.
Shu yo`l bilan ayni bir jumlada qo`shimcha uslubiy (modal) mazmun ham
ifodalanadi. Masalan: Ol, jiyan, yo`l yurib kelgansan. Bu jumlada so`zlovchi
suhbatdoshga qarindoshligini bildirishi bilan birga, unga o`z mehribonligini ham
ko`rsatmoqchi. Odatda, so`zning asl, tub (denotativ) ma’nosi va uning qo`shimcha,
ko`chma (konnotativ) ma’nosi bo`ladi. Uslubshunoslik, uslub, sinonimiya, so`z, so`z
birikmasi va gapning ana shu qo`shimcha (modal) ma’nosini o`rganadi. Gapda
uslubiy (modal) mazmun maxsus so`z va iboralar (undalma, kirish so`z, sinonimlar,
frazeologik birlik va gaplar, sheva, biror kasbga oid so`zlar va h.k.) orqali
ifodalanadi. Hamma so`z, ibora va sintaktik qurilmalar ham ma’lum bir nutq
uslubini yaratishga xizmat qilavermaydi: qalam, kitob, daraxt va shunga o`xshash
so`zlar o`z asl ma’nosida biror uslubga betaraf so`zlardir. Ular nutqning biror turini
tashkil etishi uchun ko`chma ma’noda qo`llanishi kerak. Qalami o`tkir. Hasratim bir
kitob bo`ladi. Daraxt bir joyda ko`karadi kabi.
122
Do'stlaringiz bilan baham: |