Kafedrasi husanov nishonboy abdusattorovich dilmurodova nilufar asatullayevna



Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/398
Sana31.12.2021
Hajmi4,06 Mb.
#215865
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   398
Bog'liq
Ozbek tili oum

 
 
 
 
 
 


118 
 
 
21-MAVZU. O’ZBEKISTONDA OLIY TA’LIM
 
 
O’zbekistonda Oliy ta’lim 
O’zbekiston  Respublikasining  birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  ta’lim 
jarayonini isloh etish va mehnat bozorida talab qilinadigan yuqori malakali kadrlar 
tayyorlashda  oliy  o’quv  yurtlarining  o’rni  muhimligini  ta’kidlagan  edi.“Ta’lim 
to’g’risida”gi  Qonun  va  Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi  ijodkor,  ijtimoiy  faol, 
ma’naviy  jihatdan  boy  shaxsni  shakllantirish  hamda  yuqori  malakali, 
raqobatbardosh 
 
malakali 
kadrlarni 
tayyorlashdan  iborat  strategik  maqsadga 
erishish uchun nazariy asos bo’ldi va zamin 
yaratdi. 
 Kadrlar  tayyorlash  tizimida  ta’limni 
tubdan  isloh  qilish  hamda  zamonaviy 
innovatsion 
texnologiyalarni 
samarali 
qo’llash 
yo’lida 
oliy 
ta’lim 
muassasalarining  moddiy-texnik  bazasini 
mustahkamlash, zamonaviy texnika, o’quv-
laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish, 
yangi  o’quv  adabiyotlarini  yaratish,  eng  asosiysi,  kadrlarning  kasb  malakasi  va 
mahoratini oshirishga qaratilgan innovatsion texnologiyalar asosida samarali ta’lim 
tizimini shakllantirish va rivojlantirish yo’llarini ishlab chiqish zaruriyati ortmoqda. 
Milliy ta’lim tizimini isloh etishda innovatsion jarayonlarni qo’llashni faollashtirish 
va  samaradorlikni  oshirish  masalasini  hal  etmay  turib  muvaffaqiyatga  erishib 
bo’lmaydi.  
Respublikamizda  uzluksiz  ta’limning  joriy  etilishi  ta’lim  sohasining 
boshqaruvi  organlari  zimmasiga  bir  qator  vazifalarni  hal  etish  va  ularni  doimo 
takomillashtirib, rivojlantirib borishni taqozo etmoqda. Bu o’rinda ta’lim jarayonini 
sifatli me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan o’z vaqtida ta’minlash muhim ahamiyat kasb 
etadi.  O’tgan  davr  ichida  quyidagi  sohalarda  qonunchilikka  oid  va  me’yoriy 
hujjatlar qayta qabul qilindi: 
– Ta’lim-tarbiya tizimini boshqarish; 
– Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish; 
– Moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minot; 
– Pedagog va ilmiy-pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish; 
– Ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirish; 
– Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro aloqalar; 


119 
 
– Chet tillarini o’rganish; 
– Elektron kutubxonalar yaratish va yagona tarmoqqa birlashtirish; 
–  Ta’lim  sohasida  ijtimoiy  va  moliyaviy  davlat  yordamini  ta’minlash  va 
boshqalar.  
O’zbekiston 
Respublikasi 
birinchi 
Prezidentining Oliy ta’lim tizimiga oid qator 
farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 
60  dan  ortiq  qaror  va  farmoyishlari, 
shuningdek,  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim 
vazirligi 
vakolatiga 
kiruvchi 
masalalar 
yuzasidan  me’yoriy-uslubiy  hujjatlar  qabul 
qilindi.  Oliy  ta’lim  sohasida  orttirilgan 
tajribalar  asosida  O’zbekiston  Respublikasi  qonunchiligidagi  me’yoriy-huquqiy 
hujjatlari doimiy ravishda takomillashtirilmoqda. 
Bugungi kunda respublikamizda oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning quyidagi 
ustuvor yo’nalishlari bo’yicha vazifalar echimi belgilangan: 
–  oliy  ta’lim  tizimini  isloh  qilishning  zamonaviy  bosqichida  innovatsion 
jarayonlarni  qo’llash  va  amalga  oshirishning  iqtisodiy  mexanizmlarini 
takomillashtirish; 
–  respublikada  oliy  ta’lim  muassasalarini  samarali  boshqarishning  jaxon 
standartlariga asosan ta’limda sifat menejmenti usullarini samarali qo’llash; 
– globallashuv va milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida innovatsion 
texnologiyalarni  qo’llash  asosida  ta’lim  tizimi  sifatini  oshirish  va  raqobatbardosh 
kadrlarni  tayyorlashda  oliy  ta’lim  muassasalarining  samarali  innovatsion 
strategiyalar yo’nalishlarini ishlab chiqish; 
–  respublika  oliy  ta’lim  muassasalarida  innovatsion  jarayonlarni  rivojlantirishda 
samarali  xorijiy  tajribalarni  o’rganishning  ijobiy  natijalarini  respublikada  qo’llash 
bo’yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish; 
– oliy ta’lim tizimida me’yoriy-huquqiy xujjatlarni takomillashtirishda erishilgan 
tajribalarni  yanada  ommalashtirish  asosida  ta’lim  sifatini  oshirish  bo’yicha 
tavsiyalar va ishlanmalar ishlab chiqish; 
–  milliy  ta’lim  tizimini  modernizatsiyalashtirish  sharoitida  respublikada  oliy 
ta’lim muassasalarida zamonaviy ta’lim xizmatlari turlarini kengaytirish; 
– oliy ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish asosida fan va 
ishlab chiqarish o’rtasida integratsiyani yanada kuchaytirish; 
–  respublika  oliy  ta’lim  muassasalari  faoliyatiga  innovatsion  mexanizmlarni 
tatbiq etish asosida ta’lim sifatini oshirish bo’yicha istiqbolli yo’nalishlarni aniqlash 
va amalga oshirish kabilar. 


120 
 
    Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  bugungi  kunda  oliy  ta’lim  tizimida 
malakali  va  raqobatbardosh  kadrlarni  tayyorlash  dolzarb  ijtimoiy-iqtisodiy  masala 
bo’lib,  oliy  ta’lim  tizimida  mutaxassislarni  tayyorlash  jarayoniga  o’quv-tarbiya 
faoliyatini  tashkil  etishning  yangicha  yondashuvlarini  joriy  etish,  “Ta’lim 
to’g’risida”gi  qonunga  muvofiq  ta’limni  boshqaruv  organlarining  vakolat  sohalari 
aniqlanmoqda.  Ta’limning  me’yoriy-huquqiy  asoslari  rivojlanmoqda.  Ta’lim 
muassasalarining ta’lim jarayonini tashkillashtirish va moliyaviy-xo’jalik faoliyatini 
yuritishdagi huquq va erkinligini kengaytirish ta’minlanmoqda. 
     O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Oliy  ta’lim  tizimini  yanada 
rivojlantirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”  2017  yil 20  apreldagi  PQ-2909-son 
qarorini  ijro  etish  maqsadida  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “2017/2018 
o’quv  yilida  O’zbekiston  Respublikasining  oliy  ta’lim  muassasalariga  o’qishga 
qabul qilish to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. 
     Ushbu  qarorga  binoan  2017/2018  o’quv  yili  uchun  oliy  ta’lim  muassasalariga 
o’qishga  qabul  bo’yicha  umumiy  kvota  bakalavrlar  uchun  66316  nafar,  shu 
jumladan,  davlat  grantlari  bo’yicha  18194  ta  va  to’lov-kontrakt  asosida 48122  ta, 
magistrlar  uchun  5000  nafar,  shu  jumladan,  davlat  grantlari  bo’yicha  1556  ta  va 
to’lov-kontrakt asosida 3444 ta etib belgilandi. 
      Shuningdek,  ushbu  hujjatda  maxsus  sirtqi  bo’lim  negizida  ishlab  chiqarishdan 
ajralmagan  holda  bilim  olishni  ta’minlash  maqsadida  Toshkent  axborot 
texnologiyalari  universitetining  maxsus  sirtqi  bo’limida  100  nafar,  shu  jumladan, 
davlat  grantlari  bo’yicha  15  ta  va  to’lov-kontrakt  asosida  85  ta,  Navoiy  davlat 
konchilik  institutida  to’lov-kontrakt  asosida  90  nafar  va  Toshkent  temir  yo’l 
muhandislari  institutida  -to’lov-kontrakt  asosida  80  nafar  bakalavrni  tayyorlash 
nazarda tutilgan. 
        Bundan  tashqari,  ushbu  qaror  bilan 2017/2018  o’quv  yilidan  boshlab 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahri 
hokimliklari  buyurtmalariga  binoan,  yuqori  malakali  tibbiyot  kadrlariga  ehtiyoj 
katta  bo’lgan  hududlar  uchun  O’zbekiston  Respublikasining  tibbiyot  oliy  ta’lim 
muassasalariga 
davlat  grantlari  asosida  bakalavriat  yo’nalishi  bo’yicha 
mutaxassislarni tayyorlashning maqsadli qabul kvotalari tasdiqlandi. 
Ushbu  qarorda  belgilab  berilgan  maqsad  va  vazifalar  yuqori  malakali 
mutaxassislarni  tayyorlashga  xizmat  qiladi.  Shuningdek,  2017-2021-yillarga 
mo’ljallangan  O’zbekiston  Respublikasining  strategik  rivojlanishining  beshta 
ustuvor yo’nalishi doirasida olib borilayotgan islohotlarni izchil amalga oshirishga 
zamin yaratadi. 

Download 4,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish