Axborot kommunikatsion texnologiyalar


-rasm- Antivirus dasturlari turlari



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/132
Sana31.12.2021
Hajmi1,8 Mb.
#215814
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   132
Bog'liq
АХБОРОТ ХАВФСИЗЛИГИ Ўкув Кулланма

 
4.1-rasm- Antivirus dasturlari turlari 
 
Ba’zi antiviruslar esa, shubhali obyektning o‘zini ajratib olib, uni diqqat bilan 
tekshirib  chiqadi,  kompleks  usulda  tahlil  qiladi.  Bunday  usulning  yaxshi  tarafi  – 
o‘zining shaklini oson o‘zgartirib oladigan yoki  uncha tanilmagan viruslarni ham 
aniqlash  imkoni  borligidir,  yomon  tarafi  –  antivirus  dastur  tez-tez  yolg’on 
chaqiruvlarni  amalga  oshiradi.  Chunki,  aytganimizdek,  antivirus  aniq  biror  bir 
virusni emas, balki shubhali ko‘ringan har qanday faylni tekshiraveradi. 
Virusni  aniqlashning  yana  bir  usuli  –  xotiradagi  o‘zgarishlarni  doimiy 
ravishda  tahlil  qilish,  monitoring  qilishdir.  Bunda  fayllarning  axborot  hajmlari, 
hosil qilingan sanasi tekshirib turiladi. Agar fayl parametrlaridan birortasi o‘zgarib 
qolsa,  antivirus  darrov  mana  shu  o‘zgarishni  o‘rganishga  tushadi.  Chunki,  odatda 
viruslar fayllarning parametrlarini o‘zgartirib qo‘yadi.  
Antivirus  dasturining  eng  muhim  sifati  zararli  kodni  aniqlash  hisoblanadi. 
Bundan  tashqari,  ularning  ishlash  tezligi,  xotirada  egallaydigan  joyining  hajmi, 
kompyuter  resurslarining  qancha  qismidan  faol  foydalanishi  ham  muhim 
ahamiyatga  egadir.  Chunki  ba’zi  antivirus  dasturlar  ishlayotganida  kompyuter 
deyarli «qotib» qoladi. 
Antivirus  dasturlarning  ba’zilari  pullik,  ba’zilari  esa  bepul  tarqatiladi. 
Bilingki,  pullik  antiviruslar  ro‘yxatdan  o‘tgan  bo‘ladi  va  kompyuteringizni 
ishonchliroq himoya qiladi, boshqacharoq aytsak, pullik antivirus mas'uliyatni his 


83 
qiladi.  Bepul  antiviruslar  ham  kompyuterni  himoyalay  oladi,  lekin  jiddiy  xavf-
xatar  vaqtida  pullik  antiviruslarning  litsenziyalangan  versiyasigina  yordam  bera 
oladi. 
Mutaxassislarning  fikricha,  bugungi  kunda  mashhur  bo‘lgan  antivirus 
dasturlari  ba’zi  holatlarda  samarali  ishlay  olmay  qoladi.  Chunki  ularning  ishlash 
algoritmlari  uzoq  vaqt  o‘zgarmay  turadi,  virus  tuzuvchi  «hakerlar»  esa  bu 
algoritmlarni  yaxshigina  o‘zlashtirib  oladilar  va  antivirusga  ko‘rinmaslikning 
ilojini  topadilar.  Yangi  chiqayotgan  antiviruslar  shu  jihatdan  avvalgilarga 
qaraganda  foydaliroq  bo‘ladi.  Chunki  ularning  ishlash  algoritmlari  ham 
yangilangan, 
zamonaviy 
viruslarni 
topishlari 
osonroq. 
Kompyuter 
foydalanuvchilariga  maslahatimiz  quyidagicha.  Siz  qaysi  antivirus  dasturidan 
foydalanmang,  deylik,  2-3  oyda  bir  marta  umuman  boshqa  antivirus  o‘rnatib, 
kompyuteringizni,  operatsion  tizimini  qaytadan  tekshirib  ko‘ring.  Chunki 
kompyuterda uzoq  vaqt ishlagan  eski  antivirus  vaqt  o‘tishi bilan  yangi  viruslarni 
topa olmagan bo‘lishi mumkin. 
 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish