Axborot kommunikatsion texnologiyalar



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/132
Sana31.12.2021
Hajmi1,8 Mb.
#215814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
Bog'liq
АХБОРОТ ХАВФСИЗЛИГИ Ўкув Кулланма

 
Mas’ul muharrir:  
Mo‘minov  B.B.  O‘zbekiston  Respublikasi 
Milliy 
gvardiyasi 
Harbiy-texnik 
instituti 
Axborot-kommunikatsion 
texnologiyalar 
kafedrasi professori, texnika fanlari doktori. 
 
Taqrizchilar:  
Matyaqubov 
A.S. 
O‘zbekiston 
Milliy 
universiteti  Matematika  fakulteti  “Amaliy 
matematika  va  kompyuter  tahlili”  kafedrasi 
dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi. 
 
Sanginov M.B. O‘zbekiston Respublikasi Milliy 
gvardiyasi Harbiy-texnik instituti “Tabiiy fanlar” 
kafedrasi  professori,  fizika-matematika  fanlari 
nomzodi. 
 
© Karimov N.M. 
© O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2019. 
 



KIRISH 
Axborot  xavfsizligi  sohasida  mutaxassislarni  tayyorlash,  malakasini  oshirish 
va  qayta  tayyorlash  tizimi  hozirgi  kunning  asosiy  masalalaridan  biri  bo‘lib, 
kompyuter  jinoyatchiligi  va  kiberterrorchilikka  qarshi  kurashish  muhim 
vazifalardan biri hisoblanadi. 
Hozirgi  kunda  kompyuter  tarmoqlarini  buzishni  va  boshqa  kiberjinoyatlarni 
amalga oshirishni o‘rganish bo‘yicha axborotga ega bo‘lish juda oson. Kompyuter 
jinoyatchiligini  sodir  etish  texnologiyasi  keltirilgan  elektron  va  bosma  nashrlar 
erkin  tarqatiladi  (misol  uchun  «Xaker»  va  «Спец  хакер»  jurnallarini  keltirish 
mumkin). 
Tez  rivojlanib  borayotgan  kompyuter  axborot  texnologiyalari  bizning 
kundalik  hayotimizning  barcha  jabxalarida  sezilarli  o‘zgarishlarni  olib  kirmoqda. 
Hozirda  “axborot  tushunchasi”  sotib  olish,  sotish,  biror  boshqa  tovarga 
almashtirish  mumkin  bo‘lgan  maxsus  tovar  belgisi  sifatida  tez-tez  ishlatilmoqda. 
Shu bilan birga axborotning bahosi ko‘p hollarda uning o‘zi joylashgan kompyuter 
tizimining  bahosidan  bir  necha  yuz  va  ming  barobarga  oshib  ketmoqda.  Shuning 
uchun  tamomila  tabiiy  holda  axborotni  unga  ruxsat  etilmagan  holda  kirishdan, 
qasddan  o‘zgartirishdan,  uni  o‘g‘irlashdan,  yo‘qotishdan  va  boshqa  jinoiy 
xarakterlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug‘iladi. 
Hozirgi  zamon  talablarini  inobatga  olgan  holda  axborot  xavfsizligi  sohasida 
kadrlar tayyorlashning asosiy prinsiplarini quyidagicha ifodalash mumkin: nazariy 
bilimlar  darajasi  xalqaro  darajaga  yaqinlashishi  kerak;  mahalliy  sharoitlarda  ish 
yuritishning  amaliy  ko‘nikmalarini  egallashga  yo‘naltirish  kerak;  asosiy  e’tibor 
xavfsizlikni ta’minlash masalalariga qaratilishi kerak. Axborot xavfsizligi sohasida 
kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, 
to‘g‘ri  tanlangan  milliy  kadrlarni  tayyorlash  siyosati  va  milliy  dasturiy-apparat 
mahsulotlarini  yaratish  orqali  axborot  texnologiyalari  sohasidagi  jinoyatlarning 
o‘sishiga jiddiy to‘sqinlik yaratish mumkin. 
Axborot-kommunikatsiya  tizimlarida  ma’lumotlar  almashinuvini  samarali 
amalga oshirishni tashkil etish bugungi rivojlangan jamiyatda katta ahamiyat kasb 



etadi.  Axborot  texnologiyalarining  jadal  rivojlanib  borishi,  jamiyat  faoliyatining 
keng  sohasida  turli  axborot  xizmatlarining  vujudga  kelishiga  olib  keldi.  Ayniqsa 
bank  va  boshqa  to‘lov  tizimlarida,  davlat  va  jamiyat  manfaatlari  bilan  bog‘liq 
muhim  ma’lumotlarni  almashish  hamda  tahlil qilishda,  tez va ishonchli  ma’lumot 
almashinuvi  talab  etiladigan  tizimlarda  axborot  muhofazasi  masalalari  dolzarb 
hisoblanadi.  Haqiqatan  ham,  har  qanday  ma’lumot  u  yoki  bu  ma’noda  axborot-
kommunikatsiya  tizimi  foydalanuvchilarining  manfaati  bilan  bog‘liq.  Axborot 
muhofazasini  ta’minlash:  huquqiy-me’yoriy  hujjatlar,  texnik  vositalar  va 
kriptografik  algoritmlar  hamda  protokollar  negizida  yaratilgan  dasturiy,  apparat-
dasturiy va apparat-texnik vositalarning birgalikda qo‘llash bilan samarali amalga 
oshiriladi.  
Mazkur o‘quv qo‘llanmada keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi 
Milliy  gvardiyasi  xodimlari,  tinglovchilar  va  kursantlarga  axborot  xavfsizligining 
nazariy,  amaliy  va  uslubiy  asoslari  tashkilotning  axborot  xavfsizligi  siyosati 
to‘g‘risidagi  yo‘riqnomani  ishlab  chiqishda,  kompyuter  tarmoqlari  va  tizimlarida 
axborot xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy usullari va vositalarini qo‘llashda, 
axborotni  himoya  qilish  bo‘yicha  ishlab  chiqarilgan  turli  xil  dasturiy  mahsulotlar 
imkoniyatlaridan  samarali  foydalanish  bo‘yicha  kerakli  nazariy  bilim  va  amaliy 
ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. 
Ushbu  o‘quv  qo‘llanma  olti  bobdan  iborat  bo‘lib,  unda  asosan  axborot 
xavfsizligi  asoslari,  axborot  xavfsizligi  siyosati,  axborotlarni  texnik  himoyalash, 
axborot  xavfsizligini  ta’minlashning  apparat-dasturiy  vositalari,  axborotlarni 
kriptografik himoyalash usullari va tarmoq texnologiyalarida axborot xavfsizligini 
ta’minlash jarayonlari batafsil yoritilgan. 
O‘quv  qo‘llanmaning  har  bir  bo‘limi  yakunida  berilgan  bilimlarni 
mustahkamlash uchun mavzular yuzasidan savol va topshiriqlar keltirilgan. 
Mualliflar 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish