1. O’zbekiston Respublikasining mineral xom-ashyo resurslari
Foydali qazilmalar guruhiga ma’danli va ma’dansiz metallar, neft, gaz,
ko’mir, torf va yer osti suvlari kiradi. Ular insoniyat uchun yoqilg’i va energiya
manbalari hisoblanadi. Ulardan foydalanish yildan-yilga ortib bormoqda. Agar
so’nggi 25 yil mobaynida dunyoda ko’mirga bo’lgan talab 2 marotaba, kaliy,
marganes va fosfor tuzlariga 2-3 marotaba, temirga 3 marotaba, neft va gazga 6
marotaba oshgan bo’lsa, shu davr mobaynida aholining o’sishi 40% ni tashkil
etdi.
Tabiiy nurash oqibatida dengiz va okeanlarga daryolar orqali yiliga 15 mlrd
tonna tog’ jinslari oqib qo’shilmoqda va 3-4 mlrd tonna tog’ jinslari atmosfera
havosiga ko’tarilmoqda. Inson o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida yiliga
1500-2000 mlrd tonna tog’ jinslarini bir joydan ikkinchi joyga ko’chiradi.
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) ning ma’lumotlariga qaraganda, yiliga
dunyoda 2,6 mlrd tonna neft, 3,6 mlrd tonna xrom ma’dani, 3-4 mlrd tonna
qo’rg’oshin ma’dani, 6 mlrd tonna temir ma’dani, 7,3 mlrd tonna mis ma’dani,
32 mlrd tonna ko’mir, 1,2 mln tonna uran, simob, molibden, nikel, kumush, oltin
va platina ma’danlari, 120 mln. tonna fosfatlar va 159 mln tonna tuz qazib
olinmoqda. Agar qazilma boyliklardan hozirgi tezlik bilan foydalanilsa, oltin
zaxiralari 35 yilda, rux-36 yilda, kaliy-40 yilda, uran-47 yilda, mis-66 yilda,
surma va simob zaxiralari 70 yilda neft, gaz va ko’mir zaxiralari esa 150 yilda
tugab qolishi mumkin. Shuning uchun ko’pgina rivojlangan mamlakatlar
(Yaponiya, Angliya, Olmoniya, Italiya, Gollandiya, Belgiya va boshqa
mamlakatlar) da xom-ashyo va yer osti boyliklarining yetishmasligi tufayli
ikkilamchi chiqindilarni qayta ishlab, boshqa mamlakatlarning boyliklaridan
foydalanmoqdalar.
2. Hozirgi paytda olimlar yangi-yangi konlarni kashf qilishga majbur
bo’lmoqdalar. Yaponiya olimlarining ma’lumotlariga qaraganda, okean tubidagi
metallar konsentrasiyalari hisobiga dunyo sanoatini hozirgi iste’mol darajasi mis
bilan 2000 yil, marganes bilan 14000 yil, nikel bilan esa 70000 yil ta’minlash
83
mumkin. Hozirgi paytda ushbu boyliklardan dunyo sanoati ehtiyojlari uchun 1%
dan 20% gacha foydalanmoqdalar, xolos. Bundan tashqari, yer osti boyliklari
ko’pchilik holatlarda 1-2 tur metallar hisobiga qazib olinib, qolgan qismi esa
atrof-muhitga chiqindi sifatida tashlab yuboriladi. Masalan, 100 tonna granitdan
14 kg vanadiy, 17 kg nikel, 30 kg xrom, 80 kg marganes, 0,5 tonna titan, 5 tonna
rux, 8 tonna alyuminiy ajratib olish mumkin.
Isrofgarchilik, ayniqsa, neft, gaz, ko’mir, kaliy tuzlari, qurilish materiallari,
qora va rangli metallar, tog’ kimyoviy xom-ashyolarini qazib olishda ro’y
bermoqda. Dunyodagi neft konlaridan 50-60% neft qazib olinmoqda. Har yili
150 mlrd tonna ma’danlar qazib olinadi va undan kerakli elementlar ajratib olib,
qolgan 95-98% atrof muhitga chiqarib tashlanadi. Qazilma boyliklarni qidirib
topish, ularni tashish va qayta ishlash jarayonida hosildor yerlar ko’lami
qisqaradi, o’simliklar nobud bo’ladi, tuproq eroziyasi tezlashadi, natijada
yaroqsiz yerlar maydoni oshadi. Bunday yaroqsiz yerlar maydoni XXI asrga
kelib 5-6 marotaba oshishi mumkin. Bir tonna temir olish uchun 5-6 tonna
ma’danlar, 1 tonna rux olish uchun 80-100 tonna ma’danlar, 1 tonna mis olish
uchun esa 100-140 tonna ma’danlar ishlatiladi. Hozir yer yuzida millionlab
tonna metallurgiya toshqollari, issiqlik elektr stansiyalaridan chiqqan ko’plab
chiqindilar atrof-muhitni ifloslantirmoqda. Hisob-kitoblarga qaraganda, so’nggi
yuz yil davomida dunyoda 200 mlrd tonnadan ko’proq toshqollar, 3 mlrd tonna
kullar, 17 mlrd tonna margimush, 1 mln tonna nikel, 1 mln tonna kobalt va
boshqa foydali va nodir elementlar chiqindi sifatida toshqollar va kuyqumlar
bilan birga chiqarib tashlangan.
Respublikamiz miqyosida 20 dan ortiq toshko’mir konlari aniqlangan bo’lib,
ularning umumiy zaxiralari 3499 mln.t deb bashorat qilinmoqda. Ularning
sanoat ahamiyatiga molik bo’lgan zaxiralari Angren, Shargun va Boysunda
joylashgan. Angren toshko’mir konining zaxirasi 1885 mln. tonna bo’lib, undan
yiliga ochiq holda 5 mln tonna toshko’mir qazib olinmoqda va kelgusida 10 mln
84
tonnaga yetkazish chora-tadbirlari ko’rilmoqda. Shargun va Boysun toshko’mir
konlarining zaxiralari mos ravishda 50 mln tonna 15,6 mln tonnani tashkil etadi.
Yonuvchan slaneslarning resursi 47 mlrd tonna deb bashorat qilinmoqda.
Ularning tarkibida 0,04-0,164% molibden, 0,15-0,38% vannadiy, shuningdek,
bariy, stronsiy, kobalt va boshqa nodir elementlar mavjudligi aniqlangan.
Respublikamizda 33 ta nodir metallar va 32 ta rangli metallar konlarining
xom-ashyolari hisobiga 16 ta tog’ metallurgiya korxonalari faoliyat
ko’rsatmoqda. Mamlakatimiz miqyosida 27 ta oltin va kumush konlari mavjud
bo’lib, shundan 16 ta oltin va 3 ta kumush konlari aniqlangan.
Respublikamizdagi tog’ jinslarining kompleksi va yaratilgan mineral xom-
ashyolari qurilish materiallari (marmar, granit, sement va boshqalar)ni ishlab
chiqarish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |