Kartalarning funktsional turlari.Mavzuli kartalar o‗zaro bog‗liqligiga,
dinamik xususiyatiga, baholash va prognoz qilishga ko‗ra har xil turlarga bo‗linadi.
Kartalarning ba‘zi turlari tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning vaqt bilan
bog‗liq holda dinamikasi va elementlarining o‗zaro bog‗liqligini ko‗rsatishga
mo‗ljallanadi.
Dinamik kartalarda voqea va hodisalarning harakati, rivojlanishi, o‗zgarishi
yoki almashinishi tasvirlanadi. Bunday kartalarga shaharlarning o‗sishi, aholi
migratsiyasi, suv sathining o‗zgarishi va h.k.larni kiritish mumkin. Dinamik
kartalardagi o‗zgarishlar taqqoslash va tuzatish yo‗li bilan bog‗liq bo‗lgan
ma‘lumotlar asosida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |