Kartografiya va geovizuallashtirish



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/143
Sana31.12.2021
Hajmi5,08 Mb.
#213978
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   143
Bog'liq
GE-UZ Cartography and Geovisualization Safarov E UZ

Umumiy  kartalarda  nisbatan  ancha  keng  mavzu  tasvirlanadi.  Masalan, 
umumiy iqlim kartasida asosiy meteorologik elementlarning hammasi, chunonchi, 
havo  harorati,  yog‗in-sochin,  shamol  va  bosim  to‗liq  tasvirlangan  bo‗ladi. 
Shuningdek,  umumiy  sanoat  kartasida  sanoatning  barcha  etakchi  tarmoqlari 
(sohalari) berilgan bo‗ladi. 
Xususiy  kartalarda  esa  ancha  tor  mavzu  tasvirlangan  bo‗ladi.  Masalan, 
xususiy iqlim kartasida yuqorida ko‗rsatilgan asosiy meteorologik elementlarning 
har  biri  alohida-alohida  tasvirlanadi.«Sohaviy  karta»  atamasi  ko‗proq  sotsial-


 
 
23 
iqtisodiy  mavzuda  tuzilgan  kartalarga  nisbatan  qo‗llaniladi.  Masalan,  sanoatni, 
qishloq  xo‗jaligini,  transportni,  xizmat  ko‗rsatishning  alohida  soha  (tarmoq)larini 
tavsiflovchi kartalar. 
Mavzu   kengligi tushunchasi  va  demak,  kartalarni umumiy  yoki xususiyga 
kiritish  ma‘lum  darajada  nisbiy  hisoblanadi.  Dehqonchilik  kartasi  yoki  alohida 
texnika ekinlari kartalari qishloq xo‗jaligi kartasiga nisbatan sohaviy hisoblanadi, 
lekin  qishloq  xo‗jaligi  kartasining  o‗zi  esa  xalq  xo‗jaligini  bir  butun  tasvirlagan 
kartalarga nisbatan sohaviy karta sifatida qabul qilinishi mumkin va h.k. 
Kartalar  ularda  tasvirlanayotgan  hodisalarni  ilmiy  tadqiq  etish  usuliga 
bog‗liq holda analitik va sintetik kartalarga bo‗linadi. Analitik  kartalar hodisalar 
(jarayonlar) ning ayrim tomonlarini yoki xususiyatlarini, bu hodisalarning boshqa 
tomonlari  yoki  xususiyatlari  bilan  aloqalarini  va  o‗zaro  bog‗liqligini  hisobga 
olmagan  holda  butundan  ajratib  ko‗rsatadi.  Havo  harorati,  shamol,  yog‗in-
sochinlar  yoki  balandlik  mintaqalari,  yonbag‗irlarning  qiyaligi,  parchalanib 
ketganligi ana shunday kartalardir. Ular iqlimning, relefning ayrim xususiyatlarini 
alohida qayd etadi. 
Aksincha,  sintetik  kartalar  kartaga  olinayotgan  hodisalar  haqida  to‗liq 
tasavvur  beradi,  ularda  ushbu  hodisalarning  o‗ziga  xos  komponentlari, 
xususiyatlari,  ichki  va  tashqi  aloqalari  hisobga  olinadi  hamda  ularning  integral 
tavsiflari beriladi, lekin ularning har birini kartada alohida aniq va analitik tarzda 
ko‗rsatmaydi.  Landshaft  kartalari,  iqlim  rayonlashtirish  kartalari  ana  shunday 
kartalardir.  Ularda  qator  ko‗rsatkichlarning  majmui  asosida  (harorat,  yog‗in-
sochinlar, ularning bir yillik o‗zgarishi va boshqalar) iqlim mintaqalari ajratiladi. 
Hodisalarning  bir  qancha  xususiyatlarini  birgalikda  yoki  bir  qancha  o‗zaro 
bog‗langan  hodisalarni,  lekin  ularning  har  birini  alohida  o‗zining  ko‗rsatkichida 
ko‗rsatadigan  kompleks  kartalaralohida  kategoriyani  tashkil  etadi.  Bu,  aytish 
mumkinki, ko‗psohaviy kartalardir. Masalan, sinoptik kartalar, topografik kartalar 
va boshqalar. 
Kartalarni 
tuzishda 
foydalaniladigan 
axborotning 
obyektivligivaamaliyyo‗naltirilganligigako‗rahujjatli,  xulosa  chiqarish,  muayyan 


 
 
24 
bir fikrga kelish  asosida tuzilgan xulosa kartalariga bo‗linadi. Shuningdek, ularni 
gipotetik, tendentsioz, amaliy, baholash, tavsiya berish va prognoz qilish  kartalari 
va boshqa kartalarga bo‗lish mumkin.  

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish