Kartografiya va geovizuallashtirish


Intellektual bosqich vazifalari



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/143
Sana31.12.2021
Hajmi5,08 Mb.
#213978
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143
Bog'liq
GE-UZ Cartography and Geovisualization Safarov E UZ

Intellektual bosqich vazifalari 
Интеллектуал 
Лойиҳа 
Танлов 


 
 
142 
 
 
 
Loyiha.  Mazkur  bosqichda  intellektual  bosqichda  aniqlangan  muammo 
uchun  qator  mavjud  va  mumkin  bo‗lgan  echimlar  variantlarini  kashf  qilish, 
yaratish  va  tahlil  qilish  ishlari  olib  boriladi.  Turli  alternativlar  va  variantlarni 
yig‗ish uchun qaror qabul qiluvchi formal modeldan foydalanadi. Bugungi kunda 
soni  ortib  borayotgan  geoaxborot  tizimlari  qarorlar  alternativlarini  yaratish  va 
ularni  baholash  uchun  ko‗mak  sifatida  qaralsa-da,  tijorat  uchun  mo‗ljallangan 
ko‗pchilik GAT dasturlarida qaror qabul qilish uchun zarur bo‗lgan fazoviy tahlil 
va  modellashtirish  imkoniyatlari  chegaralangan.  GATning  zarur  bo‗lgan  turli 
alternativlarni to‗plash imkoniyati asosan bog‗langanlik, tutashganlik, yaqinlilik va 
ustma-ust qo‗yish usullari kabi fazoviy munosabatlarga asoslangan bo‗lib, bugungi 
kundagi  GAT  dasturlari  muhitida  qarorlar  alternativlarini  yig‗ish  modeli  orqa 
fonda  o‗z  amallarini  olib  boradi  hamda  foydalanuvchining  ko‗rish  va  baholash 
imkoniyatidan uzilgan holda amalga oshiriladi.  
Tanlov. Bosqich mavjud bo‗lgan qarorlar variantlari ichidan aynan bittasini 
tanlab  olishni  talab  etadi.  Har  bir  alternativ  yoki  variant  oldindan  belgilangan 
qarorlarning  ahamiyatlilik  qoidasi  bilan  bog‗liq  holda  baholanadi  hamda  tahlil 
qilinadi. Variantlarning darajasini belgilash esa qaror qabul qiluvchining baholash 
mezonlari  muhimligi  bilan  mutanosib  holda  olib  boriladi.  Tanlov  bosqichida 
GATdan  foydalanishdagi  eng  muhim  jihat  sifatida  qaror  qabul  qiluvchining 
istaklari  yoki  tanlovlarini  qaror  qabul  qilish  jarayoniga  birlashtirishni  ajratib 
ko‗rsatish  zarur.  Chunki  foydalanuvchining  talabi  bilan  olib  borilayotgan 
1.  Qaror qabul qilish vaziyatlarini aniqlash 
2.  Vaziyat bo‗yicha chuqur izlanishlarni olib borish 
3.  GAT yordamida ma‘lumotlarni va axborotlarni integratsiyalash va tadqiq 
qilish orqali qarorlar qabul  qilishda ko‗maklashish 
4.  GAT yordamida natijalarni samarali tarzda taqdim etish 


 
 
143 
tahlillarning  bog‗lanmasligi  hatto  ulkan  imkoniyatlarga  ega  bo‗lgan  GAT 
dasturlarini  imkoniyatlaridan  foydalana  olmay,  kerakli  natijaga  erisha  olmaslikka 
olib  borishi  aniq.  Umuman  olganda,  GAT  qarorlar  qabul  qiluvchining  xohish-
istaklarini qarorlar qabul qilish jarayoniga qayishqoq ravishda bog‗lash imkoniyati 
bilan ta‘minlay olmaydi. 
Xulosa  qilib  aytganda,  geoaxborot  tizimlari  qarorlar  qabul  qilish 
jarayonining  loyiha  va  tanlov  bosqichida  chegaralangan  imkoniyatlari  bilan 
ko‗maklashishi mumkin bo‗lib, ushbu tizimlar juda statik bo‗lgan modellashtirish 
muhiti  bilan  ta‘minlaydi.  Bu  esa,  ayniqsa,  muammolarning  hamkorlikdagi 
echimlarini  topish  qarorlarini  qabul  qilish  talab  qilingan  bosqichlarda  ularning 
qarorlar qabul qilishga ko‗mak qurilmasi sifatidagi ko‗lamini cheklab qo‗yadi.  

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish