12
Bu turdagi ta’lim bolalarda mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi sifatlar, shuningdek,
mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu turdagi ta’limni tashkil
etishda pedagoglardan har bir o’quvchi imkon qadar individual yondashishni, uning shaxsini hurmat
qilishni, unga ishonch bildirish taqozo etiladi. Shuning uchun ham shaxsga yo’naltirilgan texnologiyani
o’rganish va uning usullaridan foydalanish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim o’qitish jarayonining ishtirokchilari o`qituvchi-o`quvchi yoki
o`quvchi-o`quvchi, o`quvchi-o`quvchilar guruhi, o`quvchi-o`quvchilar jamoasi tarzida o’zaro hamkorlikda
bilim olish, shaxs sifatida kamol toptirish uchun qulay pedagogik sharoitni yaratish zaruriyatini ifodalaydi.
Ta’lim jarayonida quyidagilardan foydalanish shaxsga yo’naltirilgan ta’limning yana bir belgisidir
[3; 8-б.]:
- ijodiy topshiriqlar;
- kreativ yondashishni taqozo etuvchi vazifalar;
- muammoli vaziyatlar;
- rolli va ishbilarmonlik o’yinlari;
- bahs-munozara, debat;
- musobaqa ko’rinishidagi bellashuvlar
Shaxsga yo’naltirilgan o’quv vaziyatlari o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish usul va
metodlari bilan uzviy bog’liq. O’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim amalga oshiriladigan ayrim
noan’anaviy dars shakllariga misol keltiramiz:
Musobaqa darsi- o’quvchilarning o’zaro musobaqalashuvini tashkil etish orqali bilimlarni
mustahkamlash mashqlari.
Ijod darsi- o’quvchilarning mustaqil ijod etishlarini tashkil qilish darsi.
Shubha bildirish darsi- dars mavzusi bo’yicha qoidalar, xulosalarni agar notog’ri deb hisoblansa,
nimalar bo’lishi mumkinligi haqida qiziqarli bahs va tahlillar o’tkazish orqali yangi mavzuni tushuntirish
darsi.
Ijodiy hisobotlar darsi- o’quvchilarning ayrim mavzular bo’yicha mustaqil o’rgangan bilimlari va
xulosalari taqdimoti.
Ilmiy-fantastika darsi- o’quvchilarning o’rgangan bilimlari asosida ijodiy xayol, taxminlar o’ylab
topishlari mashqini o’tkazish orqali mustaqil fikrlashlarini kengaytirish darsi.
Haqiqatni izlash darsi- dars mavzusiga doir ayrim masalalar yuzasidan o’quvchilarning mustaqil
fikrlar bildirishni tashkil etish orqali haqiqatni aniqlash va mavzuni o’zlashtirishni ta’minlash darsi.
Ekskursiya darsi- bu darslarda o’quvchilarni turli ob’yektlar: muzey, ziyoratgoh, korxona, ustaxona,
tabiat ob’ektlari, ilmiy muassasa, kollej, litsey va boshqalarga olib borish va tanishtirish orqali ularning
bilimlarini hayot bilan bog’lash va kasbga yo’naltirish ishlarini amalga oshirib borish ta’minlanadi.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim o’quvchini ta’lim tizimiga moslashtirishni emas, aksincha, uning
individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har tomonlama rivojlanishi, shaxs sifatida kamolotga yetishi
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. Bu turagi ta’lim o’quvchilarni o’z-o’zini
rivojlantirishga, mustaqil bilim olishga, o’zining ichki imkoniyatlari, qobiliyatlarini to’la namoyon eta
olishi, bilish faolligini oshirish uchun zarur sharoitni vujudga keltirishi zarur.
Hozirda shaxsga yo’naltirilgan ta’limning quyidagi turlari mavjud :
Do'stlaringiz bilan baham: