MARKETING FANINI O'QITISHDAMINTAQADA TOVAR VA XIZMATLAR BOZORI SAMARADORLIGINI BAHOLASHGA INNOVASION YONDOSHUV M.M.Tairova
Buxoro davlat universiteti. Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti
Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida tovar va xizmatlar bozorini rivojlantirish, uni oziq-ovqat va
boshqa xalq iste’moli tovarlari bilan to‘ldirish respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, olib borilgan tahlillardan kelib chiqib,
Xorazm viloyati mintaqasida tovar va xizmatlar bozori samaradorligini quyidagi usullar orqali baholash
taklif etiladi:
SWOT tahlil usuli. Ma’lumki, mintaqada tovar va xizmatlar bozorining samaradorligini baholash uni
tahlil qilishni talab qiladi. Buning uchun SWOT tahlilni amalga oshirish iqtisodiyot va aholi turmush
farovonligiga uning qanchalik darajada ta’sir eta olish salohiyatini ko‘rsatadi (jadval).
Mintaqada tovar va xizmatlar bozori samaradorligini baholash bo‘yicha SWOT tahlil jadvali1
Kuchli tomonlar
Zaif tomonlar
ijtimoiy-iqtisodiy muhit;
savdoning ixtisoslashuvi;
zamonaviy xizmat turlarini o‘sishi;
aholini iqtisodiy faoliyati.
norasmiy savdoni mavjudligi;
ayrim xizmatlarda narxlarning egiluvchanligi;
bir maromda taraqqiy topmaganlik;
tavakkalchilik holatlari.
Imkoniyatlar
Xavf-xatarlar
yanada kengaytirish va yiriklashtirish;
ulgurji tovarlarni sotish;
chetdan xaridor jalb etish;
ishchanlik orqali daromad olish.
ichki monopollashuv holatlari;
korxonalarning bankrot bo‘lishi;
yangi raqobatchi guruhlarning paydo bo‘lishi;
turli o‘zgarishlarni paydo bo‘lishi.
Jadvalga asosan, mazkur tahlilning natijasi tovar va xizmatlar bozori samaradorligini oshirishga
xizmat qiluvchi tizim hisoblanadi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotining eksport va importga bog‘liqligini
kuchaytirib, bozordagi ayirboshlash jarayonlarini takomillashtiradi.
Kompleksli tahlil usuli. Mazkur tahlil mintaqada tovar va xizmatlar bozori samaradorligini
oshiruvchi variantlardan biri sifatida o‘z ichiga iqtisodiy tarmoqlarni barqaror rivojlantirishni taqozo qiladi.
Bu baholash tovar va xizmatlar bozorini samarali tashkil etish va rag‘batlantirish, turli resurslaridan oqilona
foydalanish, iste’molchilarga servis xizmati ko‘rsatishni jadallashtirish asosida kelajakda mintaqaning
iqtisodiy salohiyatini oshirishni ta’minlaydi.
Korrelyatsion-regression tahlil usuli. Ma’lumki, korrelyatsiya va regressiya tahlilining asosiy
vazifalaridan biri o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘lanishning mavjudligi, uning ko‘rinishi va
miqdoriy ifodasini tahlil qilish hisoblanadi. Buni korrelyatsiya koeffitsiyentlari tahlili yordamida bajariladi.
Umuman olganda, mazkur tahlillar asosida mintaqada tovar va xizmatlar bozori samaradorligini
oshirishdagi ustuvor masalalar hal qilinadi hamda tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi
korxonalarni samarali boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqishga imkon beradi.
Adabiyotlar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”. 2017 yil 7 fevral.