TA’LIM JARAYONI MAQSADIGA KO‘RA DARS TIPLARI
Yangiyeva L. R.
Olot tuman xalq ta'limi bòlimi ona tili va adabiyot fani metodisti
Dars
-
ona
tili
o‘qitish
ishlarini
tashkil
qilishning
asosiy
shakli
bo‘lib
,
uning
tiplarini
belgilashda
asosiy
omil
muayyan
sinfda
o‘quvchilarga
beriladigan
bilim
,
aniqrog‘i
o‘rgatilayotgan
mavzuning
xarakteri
,
o‘quvchilarning
bilim
darajasidir
.
Bu
xususda
o‘zbek
tili
o‘qitish
metodikasining
vazifalarida
endigina
ish
boshlovchi
o‘qituvchilardan
ta’lim
jarayonida
bir
necha
muhim
savollarga
aniq
,
lo‘nda
javob
berishni
talab
qiladi
.
Bular
: -
o‘quvchilarga
nimani
o‘rgatish
kerak
? -
nima
uchun
til
sathlarining
u
yoki
bo‘
bo‘limini
mavzuni
o‘qitishda
muayyan
bir
usuldan
foydaolanish
kerak
v
.
h
.
dars
shakli
,
usuli
,
prinsipini
belgilovchi
omil
hisoblanadi
.
Ayni
maqsadda
o‘quvchilarga
maktabda
onga
tilidan
dars
jaryonida
beriladigan
bilim
,
hosil
qilinadigan
malaka
va
ko‘nikmalar
me’yorini
nazarda
tutish
shart
.
DTS
ham
shuni
taqozo
qiladi
.
O‘quvchilarning
ona
tili
ta’limi
natijasida
egallagan
bilimlari
,
hosil
qilgan
malaka
va
ko‘nikmalari
,
o‘qish
san’ati
,
nazariy
bilimlar
tizimidan
iborat
uchta
parametr
bilan
belgilanadi
.
Yuqoridagi
savollarga
javob
topish
,
aniqrog‘i
zamona
talablari
darajasida
ona
tili
mashg‘ulotlarini
tashkil
qilishning
asosiy
shakli
bo‘lmish
,
dars
tiplarini
bilish
kerak
.
Zero
,
ona
tilidan
o‘quvchilarga
bilim
va
malaka
,
asosan
,
dars
jarayonida
beriladi
.
Bundan
tashqari
o‘quvchi
o‘zi
mustaqil
o‘qib
o‘rganishi
ham
mumkin
.
Lekin
ona
tilini
o‘qitishning
eng
samarali
va
unumli
shakli
darsdir
.
Bu
o‘rinda
maktab
,
darslik
va
o‘qituvchi
,
ayniqsa
,
ta’lim
mazmuni
,
ta’lim
jarayoni
,
subekti
,
ta’lim
obekti
,
ta’lim
jarayoni
boshqaruvchisi
atamalarining
mohiyatini
ta’kidlash
kifoyadir
.
-
Dars
nima
?
-
Dars
qat’iy
jadval
bo‘yicha
o‘tkaziladigan
45
minutlik
mashg‘ulotdir
.
Unda
muayyan
bir
o‘quvchilar
guruppasi
o‘qituvchi
rahbarligida
ishlaydi
.
Shubhasiz
, 45
daqiqada
o‘qituvchi
rahbarligida
olib
boriladigan
mashg‘ulot
muayyan
tizimga
egadir
.
Bu
tizim
asoslari
o‘quvchilarning
materialni
o‘zlashtirish
jarayonining
muayyan
bosqichlarida
amalga
oshiriladi
.
Materilani
o‘zlashtirish
boshqichlari
bir
-
biriga
uzviy
bog‘liq
dars
tiplarini
belgilaydi
.
Ana
shundan
dars
tiplari
kelib
chiqadi
.
1.
Ta’lim jarayoni maqsadiga ko‘ra dars tiplari. O‘zbek tili o‘qitish metodikasiga oid nashrlarda
bir-biridan juda katta farq qilmagan dars tiplarining tubandagicha tasnifi mavjud: Bular ta’lim jarayoni maqsad
va bilim berish usuliga ko‘ra dars shakllaridir.
Ta’lim
jaryonining
maqsadiga
ko‘ra
o‘zbek
didakt
olimlaridan
pedagogika
fanlari
drktori
O
.
Roziqov
darsning
asosan
to‘rt
tipini
ko‘rsatadi
:
1.
Yangi
materialni
o‘rgatish
va
mustahkamlash
darslari
.
155
2.
O‘tganlarni
takrorlash
va
malaka
hosil
qilish
darslari
.
3.
Bilim
va
malakalarni
sistemalashtirish
darslari
.
4.
Bilim
va
malakalarni
tekshirish
darslari
.
Boshqa
metodik
manbalarda
darsning
asosan
uchta
katta
tipi
beriladi
.
1.
Yangi
bilim
berish
darsi
.
2.
O‘tilganlarni
mustahkamlash
darsi
.
3.
Berilgan
bilimlarni
hisobga
olish
yoki
tekshirish
dars
tipi
.
Uchinchi
bir
manbada
darsning
to‘rtta
shakli
tan
olinadi
.
1.
Yangi
materialni
bayon
qilish
darsi
.
2.
Beriladigan
bilimlarni
mustahkamlash
darsi
.
3.
Beriladigan
bilimlarni
hisobga
olish
yoki
tekishirish
dars
tipi
.
4.
O‘tilgan
materialni
takrorlash
dars
tipi
.
Bu
tasnif
mazmunan
va
mohiyatan
Yo
.
G‘ulomovlardan
farq
qilmaydi
.
Fikrimizcha
,
har
ikkalasidan
ham
birinchi
tasnif
mustahkamligi
bilan
ajraladi
.
Bir
manbada
ham
dars
tiplari
birinchiga
qisman
o‘xshash
tasnif
qilingan
:
.
Yangi
bilim
va
malaka
hosil
qilish
darsi
.
2.
Bilimlarni
mustahkamlash
va
malaka
hosil
qilish
darsi
.
3.
Bilimlarni
xulosalash
va
tartibga
solish
darsi
.
4.
Bilimlarni
nazorat
qilish
darsi
Bir
guruh
o‘zbek
didakt
olimlari
baynalminal
ikkita
rus
didakt
olimlari
B
.
P
.
Yesipov
va
B
.
Ogorodnikovlar
kashfiyoti
bo‘lmish
tubandagicha
6
ta
dars
tipi
uchrashini
eslatadi
.
1.
Yangi
bilim
berish
darsi
.
2.
Mustahkamlash
darsi
.
3.
Takrorlash
darsi
.
4.
Umumlashtirish
darsi
.
5.
Sinov
darsi
.
6.
Aralash
dars
.
Nihoyat
,
bularning
ta’lim
sikliga
singib
ketganligini
ta’kidlab
,
yuqoridagi
ananaviy
tip
darslarning
ba’zi
kamchiliklarini
isbotlab
berganlar
.
Bu
tasnifda
o‘qituvchining
ta’lim
jarayonidagi
maqsadlari
asosiy
o‘lchov
sifatida
ajratilgan
.
Ana
shunga
ko‘ra
dars
tiplarining
miqdori
ko‘payib
kketgpan
kamchiliklari
.
1.
Dars
tiplari
sistematik
talablarga
javob
bera
olmaydi
.,
Masalan
,
yangi
bilim
berish
darsidan
keyin
yo
ikkinchi
dars
tipi
(
bilimlarni
mustahkamlash
)
yoki
bilimlarni
takrorlash
darsini
tashkil
qilaversa
ham
bo‘ladi
,
ilmiy
asoslangan
tipologiyada
bunday
o‘rin
almashtirish
hodisasi
uchoramasligi
lozim
.
2.
Maktab
amaliyotida
2- 3-4-
dars
tiplari
bir
-
biridan
farq
qitlmaydi
.
Binobarin
,
ularning
birortasini
qisqartirish
ham
mumkin
.
3.
Ananaviy
dars
tipologiyasida
har
bir
dars
tipi
uchun
mos
keladigan
ta’lim
vositalari
umuman
o‘rganilmagan
.
4.
Har
bir
dars
tipiga
mos
keladigan
vositalar
tizimini
ishlab
chiqish
yo‘li
bilan
ta’lim
samaradorligini
oshirish
mumkin
.
KOMPETENSIYALI YONDASHUVGA ASOSLANGAN TA’LIMNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Usmonova D. N., Xotamova S. T.
Navoiy shahridagi 6- maktabning Boshlang’ich sinfo’qituvchilari.
Iqtisodiyotdagi globallashuv jarayonlari, axborot jamiyatining shakllanishi, respublikamiz ta’lim
tizimlarining integratsiyasi tizim oldiga jahon ta’lim tizimi oldida o‘z mavqeiga ega bo‘lishdek muhim
vazifalarni qo‘ymoqda. Bu o‘z navbatida kompetensiyali yondashuvga alohida e’tibor qaratishni taqozo
etmoqda.
Rossiya ta’limini modernizitsiya qilish konsepsiyasida ta’kidlanganidek, rivojlanib borayotgan
jamiyatga javobgarlikni his etadigan, muammolarni mustaqil yecha oladigan, ularning oqibatini tahlil qila
oladigan, hamkorlikka qodir, mobilligi bilan farqlanuvchi, konstruktiv, mamlakat taqdiri uchun o‘z kuchini
ayamaydigan zamonaviy ma’lumotga ega, axloqiy, tashabbuskor insonlar kerak [1].
Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim sifatining yuqori darajada
bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu yo‘nalishda muvaffaqiyatni belgilovchi asosiy omillardan biri
156
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini egallaganligi hamda
ularning o‘quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirish jarayonini ilmiy tadqiq qilish hisoblanadi. Chunki,
ijodkor, mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash vazifalari avvalo boshlang‘ich ta’lim tizimida amalga
oshiriladi. Bu o‘z o‘rnida ta’lim tizimini tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda, chunki mukammal ta’lim
tizimi respublikamizning kelajakdagi intellektual imkoniyatlarini va rivojlanishini belgilab beruvchi
o‘quvchilarni har tomonlama ijodkor, mustaqil faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda hal qiluvchi rol
o‘ynaydi [2].
Bugun respublikamiz boshlang‘ich ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarga asoslangan ta’lim
tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, ijtimoiy faol va malakali raqobatbardosh
kadrlar tayyorlashni jahon andozalari darajasiga chiqarish masalalarida tadqiqotlar olib borilmoqda. Ta’lim
sohasidagi sifat o‘zgarishlari va yuqori samaradorlik ularning jahon ta’lim talablari bilan mosligi va
o‘quvchilarning o‘zlashtirgan kompetensiyalari qay darajada amaliyotga tadbiq qilinayotganligiga bog‘lik.
Yuqorida bildirilgan fikrlar asosida o‘quvchilarda o‘quv-bilish jarayoni kompetensiyalarini
shakllantirish strategiyasini quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshadi, deb hisoblash mumkin: o‘quvchilar
e’tiborini masalani hal qilishda qo‘llanilgan metodning keng qamrovligiga qaratish; o‘quvchilarda
kompetensiyalarni shakllantirishni dars maqsadi sifatida emas, balki darsda qo‘yilgan vazifani yanada
samarali hal qilishga qaratilgan yangi yo‘l, imkoniyat sifatida qaralishi; o‘quvchilar o‘zlari mustaqil xulosa
chiqarib topadigan yangi g‘oyalar ijodkorlik darslarining asosiy mahsuli sifatida qaralishi; axborotlarni
yig‘ish, tahlil va talqin qilishni kompetensiyalarni shakllantirishning muhim jihati sifatida qaralishi.
Xalqaro pedagogik amaliyotda o‘quvchilarda bilish kompetensiyalarini shakllantirish jarayonlarini
takomillashtirish strategiyalarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish mexanizmlarini loyihalashtirish ham
nazariy ham amaliy jihatdan ilmiy asoslash muhim hisoblanadi. Bu davlat, jamiyat va shaxs ehtiyojlarining
rivojlanish darajasi bilan o‘quvchilarda o‘quv-bilish jarayoni kompetensiyalarini shakllantirish jarayonlari
sub’ektlari (o‘quvchi va o‘qituvchilar)ning shaxsiy xislatlari va kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirish darajasi
va ilmiy-metodik ta’minot o‘rtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etish bilan bog‘likdir [3].
Kompetensiyali yondashuvga asoslangan ta’limning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u kishini
hayotga, jumladan mehnatga (kasbga) tayyorlashni asosiy maqsad qilib olgan tizimlashgan, muddatli,
rasmiy, tegishli bilim, ko‘nikma va malakalarni berish orqali uni muayyan mahorat, qobiliyat yoki layoqat
darajasiga yetkazish vositasidir.
Shuning uchun ham barqaror rivojlanish uchun ta’lim aynan tizimlashgan ta’lim bosqichlarida
kishini muayyan bir kompetentlik darajasiga yetkazish vositasi deyish mumkin. Aksariyat rivojlangan
mamlakatlarda kollej, bakalavr, magistr, fan doktori diplomi yoki uning kasbiy klassifikatordagi shifriga
qarab emas, balki kompetentlik darajasiga qarab ishga oladi [4].
Kompetentsiyaviy yondashuv deganda nimani tushunamiz? «Competence» so‘zi «to compete»
so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «musobaqalashmoq», «raqobatlashmoq», «bellashmoq» degan ma’noni
bildiradi. So‘zma-so‘z tarjima qilinsa «musobaqalashishga layoqatlilik» ma’nosida keladi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimida chet tillar
bo‘yicha Davlat dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi [5] qarori asosida mamlakatimizda yangi tipdagi
davlat ta’lim standartlariga «kompetensiya» so‘zi kiritila boshlandi. Kompetensiya keng qamrovli
tushuncha bo‘lib, u inglizcha «sompetence», ya’ni
«mahorat», «qobiliyat» muayyan bir sohada bilimli, tajribali degan ma’nolarni ham anglatadi [6].
Bugungi kunda xorijda «kompetensiya» va «kompetentlik» tushunchalari bo‘yicha turli izohlashlar
mavjud. Jumladan, G.K.Selevko [7] fikricha, «kompetensiya» – sub’ektning maqsadni qo‘yish va unga
erishish uchun ichki va tashqi resurslarni samarali tashkil etishga tayyorgarligidir.
Globallashuv jarayoni nafaqat jamiyatga, balki yoshlarga ham katta ta’sir ko‘rsatmokda. Bugun
zamonaviy bilimlar va ma’lumotlarni o‘zlashtirmagan o‘quvchi raqobatbardosh mutaxassis bo‘lishi
mushkul. Shu o‘rinda «kompetentlik» va «kompetensiya» tushunchalarini o‘ziga xos tarzda talqin qiladi va
kompetensiyani qismlarga ajratadi.
Ta’limda kompetensiyali yondashuv quyidagi prinsiplarga asoslanadi: jamiyatga ijtimoiy
moslashuv, shaxsiy rivojlanish va yashash uchun ta’lim olish; ta’limda qanday natijalarga erishish va uni
takomillashtirish, o‘zini baholash kabi ishlarni rejalashtirish imkoniyatlarini o‘quvchiga berish; ta’lim
muassasalarini boshqarishga, uning faoliyatini baholashga ota-onalarni, o‘quvchilarni va tegishli jamoat
tashkilotlarini jalb etish; o‘quvchilarning qiziqishlariga ko‘ra mustaqil ishlarning turli shakllarini tashkil
etish va natijalari uchun javobgarlik hissini tug‘dirish.
Ta’lim jarayonida kompetensiyali yondashuvni amalga oshirish uchun o‘qituvchiga o‘quv fanlarini
o‘qitishda qo‘llaniladigan metodlardan butunlay farq qiladigan malakalar (kompetensiyalar) kerak bo‘ladi.
157
Eng muhimi o‘quvchiga bo‘lgan yangicha munosabatni ishlab chiqishi kerak bo‘ladi. Maqsad: ta’lim
jarayonida o‘quvchilarga tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga yordam berish. Tayanch
kompetensiyalarni egallash hozirgi zamonaviy jamiyatda, o‘zining shaxsiy va jamoadagi hayotida
muaffaqiyat qozonishga imkon beradi.
Shunga ko‘ra, pedagog quyidagi kasbiy sifatlarga ega bo‘lishi talab etiladi: o‘quvchilarga samimiy
va qiziqish bilan qarash; hamkasblari va o‘quvchilarining ma’qul (konstruktiv) bo‘lgan tanqidlarini qabul
qilishga tayyor bo‘lish, o‘z faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritish; atrofdagi olamda bo‘layotgan voqealar va
ijtimoiy vaziyatlarga nisbatan o‘zining shaxsiy nuqtai nazariga ega bo‘lish va ular haqida o‘quvchilar bilan
fikr almashish; o‘qitishda o‘ziga xos pozitsiyaga va o‘qitish uslubiga ega bo‘lish, boshqalardan ajralib
turadigan tomonlari bo‘lish; o‘quvchilari bilan o‘z fikrlari va hissiyotlari bilan o‘rtoqlashish; o‘zini
kompetent holda tutish, natija uchun shaxsiy javobgarlik, qiziquvchanlik, bahs yurita olish va boshqalar.
Boshlang‘ich ta’lim tizimiga mos keladigan kompetensiyalar xarakteristikasi quyidagilardan iborat:
izlash - atrofdagilardan so‘rash, o‘qituvchidan konsultatsiya olish, axborot olish; o‘ylash - o‘tmishdagi va
hozirgi hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rnatish, u yoki bu fikrlarga tanqidiy yondashish,
ishonchsizlik va murakkablikka qarama- qarshi tura olish, diskussiyalarda o‘z o‘rnini egallash hamda o‘z
shaxsiy fikrini ishlab chiqish; hamkorlik - guruhda ishlay olish, yechim qabul qila olish,
kelishmovchiliklarni bartaraf etish, o‘z bo‘yningizga olgan majburiyatni ishlab chiqish va bajarish; ishni
o‘z qo‘liga olish - ishga kirishish, javobgarlikni olish, guruh yoki jamoaga kirish, o‘z hissasini qo‘shish,
o‘z ishini tashkil etish; moslashish - axborot va kommunikatsiyalarning yangi texnologiyalaridan
foydalanish, qiyinchiliklarga qarshi turib berish, yangi yechimlarni topish.
Agar quyidagi shartlarga amal qilinsa, mazkur kompetensiyalar o‘quvchilar tomonidan egallanishi
mumkin,: o‘qitishning faoliyatli xarakteri; o‘quv jarayonining o‘z faoliyati natijalariga mustaqilligi va
javobgarligini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi; maqsadga erishishda tajribani egallash uchun sharoitni
yaratish.
«Kompetensiya»ni shakllantirish faoliyatga erishish bo‘yicha maqsadni qo‘yish va rejalashtirishni
o‘rganish; ochiq manbalar (lug‘at, darslik kabi)dan foydalanib, muhim axborotlarni topishni o‘rganish;
guruhda ishlash ko‘nikmalarini takomillashtirish, o‘z qarashlarini aytish; umumiy natijaga erishish uchun
o‘z hissasini qo‘shish; ishlarni bajarishga o‘ziga javobgarlikni olish; mustaqil ijodiy ishlar ko‘nikmasini
singdirish; bilim va ko‘nikmalarni real vaziyatlarda qo‘llashni o‘rganish; o‘z-o‘zini nazorat qilish
ko‘nikmalarini singdirish kabi vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Shuning uchun ham boshlang‘ich umumta’lim standarti quyidagi asosiy maqsadlarni bajarishni
ta’minlashi kerak: o‘quvchi shaxsini, uning ijodiy qobiliyatini, o‘qishga qiziqishini rivojlantirish, o‘qish
istagi va ko‘nikmasini shakllantirish; axloqiy va estetik tuyg‘usini tarbiyalash; bilim, ko‘nikma va
malakalar tizimini, faoliyat turlarini amalga oshirish tajribasini o‘zlashtirish; o‘quvchilarning jismoniy,
psixik sog‘ligini saqlash va mustahkamlash; o‘quvchining individualligini qo‘llab-quvvatlash.
Zamonaviy ta’lim tizimida kompetensiyali yondashuv ta’limning sifatini ta’minlaydi,
o‘quvchilarning faolligini oshirishga xizmat qiladi. Bunda o‘qituvchi faoliyati muhim ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishda ta’limning maqsad va vazifalariga mos o‘quv materiallari,
ta’lim texnologiyalari tanlanishi lozim. Shundagina o‘quvchilarda tayanch hamda fanga oid
kompetensiyalar samarali shakllanadi. Bu jarayonda o‘qituvchi o‘zining kasbiy bilimlarini muntazam
boyitish, axborot hamda pedagogik texnologiyalar bilan qurollanishini talab qiladi. Bu boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi faoliyatiga ko‘prok taalluqli. Chunki, pedagogik texnologiya mazmunining asosi bo‘lgan
ta’lim sub’ektlarining o‘zaro hamkorligi boshlang‘ich sinflarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kun – umumta’lim maktablari yaxlit universal bilimlar, ko‘nikmalar, shuningdek, mustaqil
faoliyat tajribasi va o‘quvchilarning shaxsiy javobgarlik tizimini shakllantirish, ya’ni, zamonaviy ta’lim
sifatini aniqlovchi tayanch kompetensiyalarni talab etmoqda. Hozirda kompetensiyaning umumiy qabul
qilingan ta’rifi yo‘q. Tayanch kompetensiyalar deyilganda, o‘z xarakteri va qo‘llanishi bo‘yicha universial
kompetensiyalar nazarda tutiladi. Tayanch kompetensiya bu, o‘qiy olish ko‘nikmasi, shaxsning o‘zini o‘zi
rivojlantira olish qobiliyati. U faoliyatning har qanday sohasidagi ko‘nikma va malakalar, bu shaxsning turli
xil vazifalarni uddalay olish qobiliyati. Ularning shakllanishi har bir o‘quv predmeti doirasida amalga
oshiriladi.
Tayanch kompetensiyalarni shakllantirish bugungi kunda o‘qitishning bosh maqsadi bo‘lib
qolmoqda, chunki u o‘quvchiga o‘z o‘quv muvaffaqiyatlarini oshirishga imkon beradi. Shuning uchun ham
o‘qituvchi o‘z faoliyatida ko‘proq boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining quyidagi tayanch kompetensiyalarini
shakllantirishga e’tiborni qaratishlari lozim: qadriyatli- mazmundor, o‘quv-bilish, axborot va
kommunikativ.
158
Tayanch ta’lim kompetensiyalarni shakllantirish keng qamrovli bilim, ko‘nikma va malakalar orqali
kirib keladi. Unda har bir o‘quv fani (o‘quv kursi), modulining o‘z o‘rni va ahamiyati bor. Tayanch ta’lim
kompetensiyalarni shakllantirish uchun birinchi navbatda, ularni har bir o‘quv kursi yoki modulining o‘quv
reja va dasturlariga singdirilishi kerak. So‘ngra, o‘quv kurs va modullari bo‘yicha yaratilayotgan tayanch
kompetensiyalarni o‘quv adabiyotlarni yaratishda, jumladan qayta nashrga tayyorlashda, ularga tadbiq etish
lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Konsepsiya modernizatsii rossiyskogo obrazovaniya na period do 2010 g. // Modernizatsiya
rossiyskogo obrazovaniya. Dokumentы i materialы. - M.: Izd-vo VShE, 2002. - S. 263-282.
2.
U.I. Inoyatov. Zamonaviy elektron didaktik vositalarni yaratish, ta’lim jarayonida axborot-
kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llash dolzarb ijtimoiy-pedagogik muammo. Zamonaviy uzluksiz
ta’lim muammolari: innovatsiya va istiqbollar. Xalqaro ilmiy konferensiya. – Toshkent:. – 2018. – B.3.
3.
S.T.Turg‘unov. Pedagogik jarayonlarda o‘quvchilar refleksiv faoliyatini tashkil etish va
boshqarish. Zamonaviy uzluksiz ta’lim muammolari: innovatsiya va istiqbollar. Xalqaro ilmiy
konferensiya. – Toshkent:. – 2018. – B.12.
4.
M.Mayburov. Vыssheye obrazovaniye v razvitыx stranax // Obrazovaniye za rubejom. № 2,
2003.- S. 132-144.
5.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami, 2013. 20-son, 251 b.
6.
Kompetensiya. Inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha lug‘at. -T.: «Pedagog», 2007.;
Slovar inostrannыx slov.-M.: «Akademiya», 2014.- S.191.
7.
G.K.Selevko. Sovremennыe obrazovatelnыe texnologii. - M.: Narodnoye obrazovaniye,
1998. - 256 s.
Do'stlaringiz bilan baham: |