Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


FARZAND TARBIYASI – HAMMANING ISHI



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

FARZAND TARBIYASI – HAMMANING ISHI 
Umarova Hilola Farmonovna 
Buxoro viloyati Olot tuman 33-maktab ona tili fani o’qituvchisi 
 
Har  bir  davrda  farzand  tarbiyasi  muhim  ahamiyat  kasb  etgan.  Ayniqsa,  hozirgi  kunda 
farzandlarimizni  chiroyli  odob-axloq,  yaxshi  ta’lim-tarbiyali  insonlar  qilib  voyaga  yetkazish  davlat 
miqyosidagi  dolzarb  masala  ekanini  har  birimiz     yaxshi      tushunamiz.     Manbalarda     keltirilishicha,   
―hokim‖   so‘zi   ― (arabcha  ―hakama‖  so‘zidan  olingan)  hukm  chiqaruvchi,  hukm  qiluvchi,  rahnamo, 
dohiy  ma’nolarida  qo‘llanadi.  Demak,  hokim  har  tomonlama  yetuk,  uzoqni  ko‘ra  biluvchi,  rahmdil  va 
adolatli,  shuning  barobarida  xalqning  tarbiyasiga  ham  mas’ul  shaxsdir.  Mas’uliyat  hissi,  o‘z  navbatida, 
javobgarlik tuyg‘usini keltirib chiqaradi. Xalq manfaatiga befarq bo‘lmaslik, yuqori darajadagi mas’uliyat 
avvalambor tarbiyada ko‘rinadi. Ma’lumki, farzandlar tarbiyasiga e’tibor qayerda kuchli bo‘lsa, o‘sha joyda 
huquqbuzarlik, jinoyatchilik barham topadi. Aksincha bo‘lsa, ma’naviyat inqirozga yuz tutadi. 
Shuningdek,  mamlakat   rahbari  ko‘p  bora   takrorlayotgan  ―o‘z  bolangni o‘zing asra‖ hikmati 
ota-onalar  zimmasiga  alohida  mas’uliyat  yuklaydi.  Uni  yurakdan  his  qilib,  e’tiborli  bo‘lgan  kattalar 
mamlakat  ravnaqiga  xizmat  qilgan  bo‘ladi.  Binobarin,  farzand  tarbiyasi  –  hammaning  ishi.  Ularning 
muvaffaqiyati  –  millat  yutug‘i.  ―Bola  ota-ona  qo‘lida  bir  omonatdir‖,  ―Bir bolaga   yetti   mahalla   ham   
ota,   ham   ona‖,   ―O‘z   qo‘lingiz   bilan   bolangizni halokatga  tashlamang‖,  ―O‘z  bolangiz  tarbiyasiga 
o‘zingiz  mas’ul,  ogoh  bo‘ling‖, 
―O‘z  uyingni  va  o‘z  bolangni  o‘zing  asra‖,  ―Befarqlik  –  illat,  oqibati  –  g‘urbat‖  kabi  iboralar  bejiz 
shakllanmagan, axir. 
Ota-ona  bolalariga  beradigan  hadyalar,  go‘zal  liboslar,  sarhil  ichimligu  yeguliklar  ma’naviyat 
ko‘magisiz zararli odatlar urchishiga xizmat qilishi mumkin. Chunki ma’naviyat zamiriga qurilmagan har 
qanday tarbiya vayronkorlik tomon yuz burishi – haqiqiy ma’nodagi tahdidga aylanishi tabiiy. 
Ota-ona  va  farzandlar  o‘rtasidagi  munosabat  ishonch  va  hurmat  tamoyillariga  asoslanishi  lozim. 
Shundagina kutilgan maqsadga erishiladi. 
Aslida, tarbiyachining o‘zi kezi kelganda tarbiyalanuvchi – o‘rganuvchi bo‘lishi talab qilinadi. Aks 
holda, sharq xalqlariga xos uzluksiz tarbiya tizimiga putur yetadi. Unga ko‘ra, har bir inson – uning yoshi 
va  jinsidan,  ijtimoiy  holatidan  qat’iy  nazar  –  tarbiyalanuvchidir.  Zero,  tarbiya  ko‘rgan  odamgina 
boshqalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘ladi. 
Demak, masala jiddiy va o‘ta dolzarb. Tarbiya mas’uliyat va javobgarlik, qolaversa, omonatdorlik 
masalasidir. Omonatlarimiz – aziz farzandlarimiz tarbiyasiga befarq bo‘lmaylik, Vatan oldidagi burch va 
mas’uliyatimizni bajarishda kechikmaylik! 
Har  bir  so‘zning  o‘z  ma’nosi  bor.  Uning  mazmun-mohiyati  keng  so‘z  maydonini  qamrab  olishi 
mumkin.  Ana  shunday  so‘zlardan  biri  mas’uliyat.  Mas’uliyat   –   so‘zi   arab   tilidan   olingan   bo‘lib,  
―javobgarlik,   hisob   berish‖  degan  ma’nolarni  bildiradi.  O‘zagi  –  savol.  Demak,  mas’uliyat  odamning 
zimmasiga yuklatilgan ishni bajarishdir. 
Farzand atrofini o‘rab turgan kattalar ta’siri, tarbiyasi sifatiga bog‘liq holda shakllanishi ma’lum. 
Xo‘sh,  bugungi  yoshlar  kimdan  o‘rnak  olayotir?  Ular  kimga  o‘xshashga  intilayotir?  Savolning  javobi 
oilada. Farzand hamma odatni avval ota-onasidan o‘rganadi. Shundan ular birinchi ustozdirlar. Buni o‘zlari 


 
154 
 
istaydilarmi yoki yo‘q – farqi yo‘q. 
Kattalar mas’uliyatli bo‘lsa, bu fazilat bolalarga ―yuqishi‖ tabiiy. Shu sabab mas’uliyat bolalar ongi 
va shuuriga tarbiyaning ilk bosqichidan singdirilishi lozim. Tarbiya va mas’uliyat mushtarak, uyg‘un, biri 
boshqasini to‘ldiruvchi bo‘lsin. Farzandga boshlagan ishini oxiriga yetkazishga odatlantirish ham tarbiyani, 
ham mas’uliyatni oshiradi. 
Tartib odatga, odat beixtiyor amal qilinadigan majburiyatga aylanishi zarur. Masalan, bola qo‘lini 
yuvib, sochiqni ilingan joydan olib artadi. 
Lekin uni qayta o‘z joyiga iladimi? Yoki bola o‘ziga buyurilgan biror yumushni oxiriga yetkazdimi? 
Tekshiring.  Bu  mas’uliyatni  his  qilishga  undaydi.  Tekshirmadingizmi?  Keyingi  safar  u  buyurgan 
yumushingizni oxiriga yetkazmasa ham bo‘laveradi, qabiliga o‘tadi. Aybdor kim? Albatta siz. Natija ham 
ma’lum – mas’uliyatsizlik va uning ortida izma-iz keladigan huquqbuzarlik va jinoyatchilik. 
Bola  tarbiyasi  muhim  yana  ayrim  jihatlar  bor.  Salom.  So‘zlash.  Xayr.  Bola  maktabgacha  ta’lim 
muassasasiga  bora  ekan  ajdodlaridan  meros  ―assalomu  alaykum‖ni  aytmoqdami  yoki  onasi  bilan  birga 
ko‘rib seriallardan o‘zlashtirgan koreyscha egilib qo‘ya qolayotirmi? Uning so‘zlash odobi qandayu qay 
tarzda xayrlashmoqda? Bola qanday o‘yinchoqlarni do‘st tutgan? Ularga ham tartibni  ―o‘rgatmoqda‖mi?  
Bularga  tarbiyachi  ham,  ziyrak  ota-ona  ham  birdek mas’ul. 
Bu  jihatlarga  e’tiborsizlik  kattalar  mas’uliyatsizligidir.  Binobarin,  tarbiyachi  nafaqat  bir  bola 
mas’uliyatini  oshiradi,  balki  buning  guvohi  bo‘lib  turgan  boshqa  bolalarning  ham  odatiga  aylanishiga 
erishadi. 
Xullas, mas’uliyat – fazilat. U to‘laqonli shakllansagina javobgarlik uchun o‘rin qolmaydi. Tartib-
intizom mustahkam bo‘ladi. Inson yuksak ma’naviyat egasiga aylanadi. Jamiyatda odob-axloq qaror topadi. 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish