BO’LAJAK TARBIYACHILARNING QOBILIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI ASOSIY
OMIL
Abdullayeva Maryambibi Djumaniyazovna
TVChDPI “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi
o‘qituvchisi
Hurmatli birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ,,Barkamol avlod orzusi” asarida
,,Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson
deganda, biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan
bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”. Yana ,,Yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan odamlarning
yetishmasligi bizning olg’a siljishimizda hamon katta to’siq bo’lib turibdi. Bunday kadrlarni, avvalombor,
yosh kadrlarni topish, o’stirish, tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylanmoqda”, deb
juda o’rinli ta’kidlangan.
Maktabgacha ta’lim me`yoriy – huquqiy hujjati bo`lgan 2008 yil ishlab chiqilgan
,,Maktabgacha ta’lim to’g’risida”gi Konsepsiyada ham maktabgacha ta’lim tashkilotlari
taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari, ta’lim - tarbiya ishlarini takomillashtirish usul va uslublari belgilab
berilgan bo’lib, bu borada ilgari surilgan davlat talablari har bir bolaning yoshini e’tiborga olgan
holda rivojlanish darajasini aniqlash, pedagog va tarbiyachilar ish samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo’lajak tarbiyachilariga katta
talablar qo`yilmoqda.
Bo’lajak tarbiyachining har tomonlama rivojlantirish va takomillashtirishga maqsadli yo’naltirish,
uning dunyoqarashini, ehtiyojini ijtimoiy ahamiyatiga ega bo’lgan faoliyatini shakllantirish uchun maxsus
kasbiy bilim va ko’nikma zarur. Bo’lajak tarbiyachi shunday universal va o’ta kuchli ommabop ta’sir
vositalariga ega bo’lishi kerakki, undan quvvat olgan tarbiyalanuvchi har qanday salbiy, hatto o’ta kuchli
yomon ta’sirga tushib qolganda ham uning ta’siridan chiqib keta olsin. Pedagogik qobiliyat nazariyasi va
130
metodikasining ishlab chiqilmaganligi shunga olib keladiki, pedagog-tarbiyachilarning har biri o’zicha
paypaslab ijodiy izlanish olib boradi. Ayni paytda bir necha xil savollar tug`iladi. Bo’lajak tarbiyachilar
bilan bolalar jamoasi qanday qilib til topishishi mumkin? Qanday qilib yaxshi pedagogik - psixologik
muhitni saqlab qolish va o’z kuch-quvvatini oqilona sarflash mumkin? Bolalarni pedagogik talablarini
bajarishga qanday qilib majbur etish mumkin? kabi savollar muttasil takrorlanadi. Shu va shu kabi
savollarga javob topish mazkur maqolaning asosiy muammosini belgilaydi. Pedagogik san’at vaziyat bilan
bog’liq. Bu yerda har gal hamma narsa g’oya yangidan sodir bo’lganday tuyuladi. Binobarin, kishi o’zining
har bir qadamini oldindan ko’rishi va rejalashtirishi amalda mumkin emas. Tarbiyachining mehnati -
bu behad izlanish va azob-uqubatli kechinmalar, ko’pdan - ko’p kundalik ishlar, hafsalasi pir bo’lish va
bolalar bilan birgalikda boshdan kechirilgan quvonchdan qanoat hosil qilinadi. “Mutlaqo to’g’ri bo’lgan
hech qanday pedagogik tadbirni yoki tizimni o’rnatish mumkin emas. Hozirgi daqiqa hozirgi bosqich
sharoitlari va talablaridan kelib chiqmaydigan har qanday qotib qolgan aqida hamisha noto’g’ri qoida
bo’ladi” - deb yozgan edi A.S.Makarenko.
Ko’rinib turibdiki, bo’lajak tarbiyachilarda pedagogik qobiliyatni shakllantirish, ta’lim - tarbiya
samaradorligini oshirish asosiy omillardir. Demak, bo’lajak tarbiyachilarni tayyorlashda bolalarni qobiliyat
sirlarini o’rgatishimiz, mustaqil kuzatishlar olib borishga odatlantirishimiz, ilg’or tajribalarni kuzatib
malakalarini shakllantirishimiz va nihoyat tarbiyachilik kasbiga ijodiy yondashish orqali mehr
munosabatini rivojlantirishdir.
Mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishda yana bir omilning mavjudligi, ya’ni uzluksiz
ta’lim tizimi xodimlari, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari tomonidan ilg’or pedagogik
tajribalarni o’rganish va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan xabardorliklari, ularni ta’lim - tarbiya
jarayonlarida samarali qo’llay olishlari, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy
yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi. Aytish joizki, bu vazifalarning muvaffaqiyatli
amalga oshishi tarbiyachiga pedagogik qobiliyatning qay darajada shakllanganligiga bevosita bog’liq.
Bo’lajak tarbiyachilar hozirgi zamon yutuqlariga asoslanib davr talabiga mos keladigan pedagogik
qobiliyatning shakllanish yo’llari va uning ayrim nazariy asoslarini yaratish juda muhimdir. Barkamol
avlodni rivojlantirish va shakllantirish vazifalarining serqirraligiga va murakkabligi pedagogik qobiliyat
muammosi ta’lim - tarbiya nazariyasi hamda amaliyoti uchun o’ta zarurligini hisobga olgan holda eng
dolzarbligini belgilaydi. Barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o`z kasbining ustasi bo`lgan
bo’lajak tarbiyachilar nihoyatda zarur.
Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy shunchalik
ta’sir ko’rsatish emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchining aniq bir maqsadga qaratilgan, bir - biri
bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o’zaro ta’sir ko’rsatish ekanligi alohida ta’kidlanadi. Hozirgi
vaqtda amalga oshirilayotgan ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”,
,,Ta`lim to`g`risidagi” O’zbekiston Respublikasining qonunining qoidalariga muvofiq tayyorlangan
bo’lib, uning asosiy maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, yuksak ma`naviy va ahloqiy talablarga
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash zarurligi va uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol,
ma`naviy boy shaxs shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi”, deb takidlanishi bejiz emas, albatta.
,,Tarbiyachining darsdagi pedagogik madaniyatini o’rgatmoq bu ikki karra o’rganilmoqdir” - degan
fikr tez-tez quloqqa chalinadi. Qachonki tarbiyachi o’z fanini mukammal egallasagina va faqat shu shart
bilangina u ma’lum darajada dars o’tish qobiliyatlariga, bolalarning hurmatiga o’z bolalariga yanada
kuchliroq tarbiyaviy ta’sir etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Dars har qanday ta’lim - tarbiya jarayoni
kabi siyosiy elementlarni o’z ichiga oladi. Darsda tarbiyachi o’zining va bolalarning dunyoga munosabatini
siyosiy mafkura bilan uyg’unlashtirib beradi. Avvalombor, tarbiyachi har bir darsning hatto bir xil mavzu
turli guruhlarda o’rganilsada, ijodiy jarayon bo’lishiga intilish zarur. Buning uchun fantaziyaga erk
berib dars - metod shaklini o’zgartirib, boshqa fakt va dalillarni keltirib, yangi-yangi ma’lumotlarni
kiritib, ohangni o’zgartirib borish tavsiya etiladi. Tarbiyachining bolalarga talabi juda ko’plab qo’yiladi.
Turli xil darslar kuzatilib, oddiy hisob-kitob qilinganda bir dars davomida 4-5 daqiqa ichida bolalarga
100 larcha talab qo’yiladi. Talab qilishni qanday o’rganish kerak? Ehtimol buning uchun tajribali
tarbiyachilarning darslarini kuzatib borish lozimdir. Albatta, bu siz ishni amalga oshirib bo’lmaydi. Ammo
bundan savol talab xususiyatlarini, talab xarakterlarini o’rganib olish zarur. Bolalarga nisbatan
qo’yiladigan talabning turlarini aniqlashda ularning yosh xususiyatlariga e`tibor berish lozim. Bunda
pedagogik vaziyat muhim omil bo’lib, maqsad va vazifa hamda natijaga erishishdir. Hissiy faollikni
shakllantirish - bu bolalar dars jarayonida nafaqat o’quv predmetini faol o’zlashtiriladi, balki va
o’rganilayotgan narsaga o’zining turlicha munosabatlarini bildirib boradi. Ba’zi voqealar uni hayajonga
solsa, u befarq biron narsa unga yoqishi yoki yoqmasligi mumkin, ba’zi tarbiyachilarni yoqtirsa ba’zilarni
131
yoqtirmaydi. Psixologlarning aniqlashlaricha, ijobiy tuyg’ular insonda buyuk yaratuvchanlik va
ilxomlantiruvchi kuchlarni uyg’otadi. Boshqacha qilib aytganda, inson hissiyotisiz haqiqatni izlay olmaydi,
bolalar esa ta’limni o’zlashtirila olmaydi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, bizning fikrimizcha bo`lajak tarbiyachilar pedagogik
mahoratga ega bo`lishi, ya`ni ta`limiy - tarbiyaviy jarayonning barcha shakllarini eng qulay va samarali
holatda tashkil etishi, tarbiyalanuvchilarni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirishi, bolalarda ilmiy
dunyoqarashni shakllantirishi, ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg`otishi asosiy
vazifasidir.
Adabiyotlar:
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.
“O‘zbekiston” 2016.
Sharipov Sh.S. Pedagogikheskiye usloviya formirovaniya izobretatelskogo tvorchestva studentov:
Avtoref.dis.kan.ped.nauk. - T.: 2000. - 20 s.
Sharipov Sh.S. Kasb-hunar ta’limida o‘quvchilar ijodkorlik qobiliyatlarini uzluksiz rivojlantirish.
Monografiya. - Toshkent, 2005. -140 b.
Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. – T.: Fan, 2006. –
247 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |