Shaxta va rudnik lotin p65



Download 42,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/165
Sana31.12.2021
Hajmi42,46 Mb.
#213873
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   165
Bog'liq
shaxta va rudniklarni shamollatish

8.1-rasm.  K on-tayyorlov  lah im la rin i u m u m sh a x ta depressiyasi 
hisobiga sham ollatish sxemasi.
Kavjoy surilib borishi mobaynida tutashtirmalar to ‘siq bilan 
yopib  boriladi.  Tutashtirm a  (sboyka)lar  orasidagi  masofa 
qisqargan  sari  kavjoyni  shamollatish yaxshilanib boradi,  biroq 
ular  orqali  sirqib  chiqadigan  havo  miqdori ko‘payadi.
O‘ta  qiya  kon  yotqiziqlari  bo‘ylab  ko‘tarmalar  o‘tilganda 
ularning  kavjoylarini  shamollatish uchun burg‘ilash  skvajina- 
lari  keng  qo‘llaniladi.  Bunda  qavatning  yoki  nimqavatning 
bor  balandligi  b o ‘yicha  diam etri  300—800  mm,  uzunligi 
50—150  m ga teng  skvajinalar burg‘ilanadi.  Tashish va shamol­
latish  shtreklarini tutashtiruvchi  skvajina  orqali  sirpanma  o‘ti- 
ladi.  Shunday qilib lahimlarni yelvizak shamollatishga erishiladi.
8.2.  Mahalliy  shamollatish  ventilatorlari 
yordamida  shamollatish
Lahimlarni o‘tishda toza havoni lahim kavjoyiga shamollatish 
quvuri  orqali yetkazib  beradigan  mahalliy  shamollatish venti- 
latorlari qo‘llanadi.
95


Lahimni  o‘tish va mustahkamlash pasportida alohida bo‘lim 
tuzilgan bo‘lib,  unda  quyidagilar ko‘zda tutilgan bo‘ladi:
—  shamollatish usuli va  sxemasi;
—  lahimni  shamollatishga  zarur  bo‘lgan  havo  miqdorining 
hisobi;
—  quvur va ventilator tipi.
Boshi berk lahimlarni  shamollatish uch usulda  amalga oshi- 
rilishi  mumkin:  havoni  haydash,  so‘rish va  aralash usullar.
Shaxtalarda havoni  haydashga asoslangan  shamollatish usuli 
keng  qo‘llaniladi.  Toza havoni  haydash usulida  quvurdan katta 
tezlikda  chiqayotgan  havo  struyasi  kavjoy  oldi  b o ‘shlig‘idan 
chang  va  gazni jadallik  bilan  chiqarib  yuboradi  (8.2-rasm). 
Gazdor  shaxtalarda  lahimni  ko‘mirdan  o ‘tilganda  uning  yon 
devorlaridan bor bo‘yicha  ajralib  chiqadigan  metan  kavjoyga 
kira  olmaydi.  Biroq bu  usulda  lahim  shamollatilganda  gaz  va 
changli  havo  struyasi  lahim bo‘ylab  harakatlanadi.  Havo  tar­
kibidagi  gaz  va  changlar konsentratsiyasini  kamaytirish uchun 
kavjoy oldi  zonasida  forsunkalar yordamida tuman  hosil  qilish 
tavsiya  etiladi va  ular portlatishdan  so‘ng  5  daqiqa  davomida 
ishlab  turadi.
Xavfsizlik  qoidalari bo‘yicha  quvur  oxiri bilan  kavjoy  o ‘r- 
tasidagi  masofa  1tr  8  m  dan  oshmasligi  kerak,  chunki  1tr  m a­
sofa juda  katta  b o ‘lganda  kavjoyga  yaqin joyda  havo  hara- 
katlanmaydigan  zona  hosil  qiladi  (8.3-rasm).
96


't.r.
8.3-rasm. L ahim da havo h a rak atlan m ay d ig an  zona hosil bo‘lishi.
Ventilator  shamollatiladigan  lahim  og‘zidan  10  m  maso- 
fada toza havo  struyasi yo‘nalishi bo ‘yicha  o ‘rnatiladi.  Bunda 
ventilatorlarning  unumdorligi umumshaxta  depressiyasi ta ’si­
rida boshi ochiq lahim bo‘ylab  harakatlanadigan havo miqdori- 
ning  70  %  dan kam bo ‘lmasligi  lozim.
Unumdorligi juda katta bo‘lgan ventilatorlar havo  struyasidan 
gaz va chang bilan ifloslangan havoni ham so‘rib  olishi mumkin.
So‘rish usulida boshi berk lahimni shamollatishda,  ya’ni ha­
voni quvur orqali kavjoydan  so‘rib  olishda portlatish natijasida 
hosil bo ‘lgan gaz va  changlar bevosita  quvurga  kirib,  u  orqali 
boshi ochiq lahimga chiqib  ketadi.
Biroq bu usulda shamollatishda quvur oxiridan  1—2  m kav­
joyga bo‘lgan masofada havo  harakati to ‘xtab  qolishi mumkin. 
Shuning uchun quvur oxiridan kavjoygacha bo‘lgan masofa mi­
nimal bo‘lib,  8.1-shartni ta ’minlashi  kerak bo ‘ladi:

Download 42,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish