8.1-jadval
Ko‘rsatkichlar
ВЭ М -6
В М Ц -8
В М Ц Д -7
Ishchi parragining
diametri, mm
600
800
750
Havo berishi, m 3/s
7,0
6,7
7,0
Depressiya, Pa
2500
5300
630
Yuritkich quvvati, kW
24
75
132
Massasi, kg
20
1600
2600
Qazish va kon-tayyorlov lahimlarida faqat pnevmatik ener-
giyadan foydalanishga ruxsat etilgan shaxtalarda boshi berk
lahimlarni shamollatish uchun havo berishi 1,4 m3/sek, de
pressiyasi 1400 Pa bo ‘lgan ВМП-4М rusumli va havo berishi
52 m 3/sek, depressiyasi 2000 Pa, ВМ П-6/1 rusumli mahalliy
shamollatish ventilatorlari ishlab chiqarilmoqda.
Gazdor shaxtalarda boshi berk lahimlarni shamollatishda re-
zina ventilatorlaridan foydalaniladi.
Qiya va gorizontal lahimlarni o‘tishda ventilator lahimning
yuqori burchagi yoki zaminiga o‘rnatiladi.
99
Mahalliy shamollatishda, asosan, doirasimon kesim yuzali,
usti plastmassa va p o ‘lat varaqlar bilan o ‘ralgan, maxsus
matodan yasalgan shamollatish quvurlari qo‘llaniladi.
Lavsan, kapron yoki polimer bilan yopilgan paxta matodan
diametri 400—1000 mm, asosiy qismining uzunligi 20 m, yor
damchi qismi uzunligi 5—10 m bo ‘lgan, standartlashtirilgan
quvurlar ishlab chiqarilmoqda.
Quvurni lahim to ‘sini ostidan tortilgan sim arqoncha
(tross)ga osib qo‘yish uchun quvurning maxsus joylariga ilgak
o ‘rnatilgan b o ‘ladi. Quvur shikastlanishi mumkin b o ‘lganligi
uchun uni lahim zaminiga o‘rnatishga ruxsat etilmaydi.
Mato quvurlar metall quvurlardan 10—15 marta yengil
bo‘lib, ulanish joylari esa 7—10 barobar kam bo‘lganligi uchun
havo sirqishi ham shuncha marta kam bo‘ladi.
Quyidagilar matodan yasalgan quvurlarning kamchiligi hisob
lanadi: so‘ruvchi shamollatish usulida qo‘llash mumkin emas-
ligi va mexanik shikastlanishga chidamliligining yuqori emasligi.
Diametri 300:1000 mm gacha b o ‘lgan doirasimon kesim
yuzaga ega metall shamollatish quvurlari qalinligi 2—3 mm
po‘lat taxtalardan yasaladi. Quvur liniya uzunligi 2—4 m bo‘l-
gan alohida zvenolardan yig‘iladi. Zvenolar bir-biriga flaneslar
yordamida ulanadi.
Gorizontal va qiya lahimlarda metall quvurlar mustahkam-
lagich to ‘siniga sim yordamida osib qo‘yiladi. Kon-tayyorlov
lahimlarni tezkor usulda o‘tilganda quvur oxiri bilan kavjoy o‘r-
tasidagi masofani doimiy ushlab turishni ta’minlash maqsadida
shamollatish quvurini uzluksiz uzaytirib boradigan akkumula-
tor quvuridan foydalaniladi. Masalan, akkumulator vazifasini
30 m quvur seksiyasini almashtirgan chig‘ir bilan tortiladigan
gofrirlangan quvur
(1)
bajaradi (8.6-rasm). Vertikal stvollarda
quvur liniyasi po‘lat simarqon (kanat)ga osib qo‘yiladi.
Portlatish ishlarida asosiy quvur shikastlanishining oldini
olish uchun uning ketiga egiluvchan quvur ulanadi. Ventilator
yer yuziga o‘rnatiladi.
100
30
Do'stlaringiz bilan baham: |