Shaxta va rudnik lotin p65



Download 42,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/165
Sana31.12.2021
Hajmi42,46 Mb.
#213873
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   165
Bog'liq
shaxta va rudniklarni shamollatish

A -A
7.7-rasm.  Qo‘shaloq  ta x ta d a n   yasalgan  va ichi to ‘ld irilg an  
v aqtinchalik  to ‘siq.
87


Yog‘och  g ‘o ‘lalardan  yasalgan  to ‘siqlar  kon  bosimiga 
chidamli bo‘lib,  bosim ta ’sirida ularning  zichligi  oshib boradi. 
Biroq  yog‘ochning  chirishi  tufayli  ularning  ishlash  muddati 
qisqa bo‘ladi va tez-tez ta ’mirlab  turishni talab  etadi.
Shlak betondan yasalgan to ‘siqlar,  odatda,  yong‘in uchast- 
kalarni,  suv  bosgan  lahimlarni  yoki  qazish  ishlari  tugatilgan 
gorizontlarni izolatsiyalash uchun  o‘rnatiladi.
Alohida  lahimlarga  havo  kirishini  butunlay  yoki  qisman 
to ‘xtatish  uchun  shamollatish  eshiklarning  to ‘siqlariga  o‘r- 
natiladi.  Shamollatish eshiklarining  to ‘siqlarga  o‘rnatilishi toza 
va  ishlatilgan  havo  struyalari  o ‘rtasidagi  «qisqa  oqim»  sodir 
bo ‘lishining  oldini  olib,  to ‘siqlar  orqali  odamlar  yurishi  va 
vagonchalarning  harakatlanishini ta ’minlaydi.
Lahimlar  orqali  o ‘tayotgan  havo  m iqdorini  boshqarish 
uchun  b a’zan  unga  boshqarish  eshigi  deb  yuritiladigan  va 
suriladigan qopqoqli darcha bilan ta’minlangan eshik o‘rnatiladi.
Qopqoq  yordamida  havo  oqimini  ko‘paytirish  yoki  ka­
maytirish uchun  uni u yoki bu tomonga  surib,  darcha kesimi 
maydoni toraytiriladi yoki kengaytiriladi.  Boshqarish  eshiklari 
yog‘ochdan yoki metalldan yasalishi mumkin.
Yog‘och  eshiklar  bir  qator  taxtalardan  yasalgan  bo ‘lib, 
taxtalar bir-biriga  shpunt  orqali  ulanadi va po‘lat  listlari bilan 
qoplanadi.  Lahim  ko‘ndalang  kesim yuzasi maydoniga  nisba­
tan  eshiklar bir  yoki  ikki  tavaqali b o ‘lishi  mumkin.
Eshiklar  o‘z -o ‘zidan  yopilishini  ta ’minlash  uchun  eshik 
romlarini  lahim  asosi  (zamini)ga  havo  harakati  yo‘nalishi 
bo‘yicha  80°  burchak ostida o‘rnatiladi yoki ularni prujina yoki 
posangi bilan ta ’minlanadi.  Eshik  chetlaridan  havo  sizib  chi- 
qishining  oldini olish maqsadida  eshik  chetlariga rezinali mato 
yopishtirib  qo‘yiladi.
Metall  eshiklar  qalinligi  3  mm  li  po‘lat  listlardan  yasalgan 
bo‘lib,  ularning mustahkamligini vertikal va gorizontal yopish- 
tirib  hosil  qilingan tiliklar orqali kuchaytiriladi.  O‘tga  chidam- 
lilik xususiyati  metall  eshiklarning  asosiy  afzalligi  hisoblanadi.
88


Gorizontal lahimlarga  avtomatik eshiklar o‘rnatilishi kerak. 
Misol  sifatida  vintometr  yuritkichli  ikki  tavaqali  avtomatik 
eshikni keltirish mumkin  (7.8-rasm).  Bunday eshiklar yorug‘lik 
va tovush  signalizatsiyalari bilan ta ’minlangan bo‘ladi.
Odamlarning  o‘tishi uchun  har bir  avtomatik  eshik  o ‘rna- 
tiladigan joyga  qo‘lda  ochilib-yopiladigan  ikkita  eshikli  shluz 
barpo  etiladi.  Eshiklarni  «qisqa  oqim»  sodir b o ‘lishi  mumkin 
bo‘lgan lahimlarga o‘rnatiladigan holatlarda quyidagi shartlarga 
rioya qilish lozim bo‘ladi:
—  lahimga  kamida  ikkita  eshik  o ‘rnatiladi,  ular  orasidagi 
masofa  5—10  m  ga  teng  b o ‘lib,  vagonchalar tarkibi  uzunli- 
gidan  katta bo‘lishi kerak;
—  yog‘och  eshiklar  qalinligi  40  mm  dan  kam bo ‘lmasligi, 
metall  eshiklar  qalinligi  3  mm bo ‘lishi  lozim;
—  havo  haydash va  shamollatish  stvollarini tutashtiradigan 
lahimlarga har bin ikkita bir-biriga qarshi tomonga ochiladigan 
eshikli beton yoki tosh to‘siqlar o‘rnatiladi.  Shunday qilib,  havo 
struyasini  reverslash  vaqtida  «qisqa  oqim»  sodir  bo ‘lishining 
oldini  olish  mumkin.

Download 42,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish