Классические законы г



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/65
Sana31.12.2021
Hajmi1,05 Mb.
#213816
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65
Bog'liq
islom dini asoslari va manaviyati

 

 

 

8-mavzu: Hadisshunoslik 

 

Reja  



 

1. Hadislarning yaratilishi va hadis ilmi. 

2. O’rta Osiyo hadisshunoslik maktabi. 

 

 



 

Hadis  arabcha  –  “xabar”,  “yangilik”,  hodisalar  ma’nolarini  anglatadi. 

Payg’ambar  Muhammad  (s.a.v)  aytgan  so’zlari,  qilgan  ishlari  ko’rsatmalari 

to’g’risidagi rivoyatlar.  Ikki qismdan iborat bo’ladi: Matn va Isnod. 

 

Hadis ikki turga bo’linadi:  



1 - Hadisi qudsiy    

2 - Hadisi naboyi. 

 

Hadislar e’tiborga olinishi jihatdan yana 3 qismga bo’linadi: 



 1 – Sahih  

 2 – Hasan  

 3 – Zaif.   

 

Qur’oni  karimda  barcha  huquqiy  va  axloqiy  masalalar  umumiy  tarzda  bayon 



etilgan,  ularga  aniqlik  kiritish  va  izohlab  uqtirish  uchun  payg’ambar  Muhammad 

(s.a.v) o’z hadislarini aytgan.  




 

 

60 



 

Bu  hadislarni  payg’ambarning  safdoshlari  yodda  saqlashga  harakat  qilgan. 

Muhammad  (s.a.v)  hayotlik  chog’larida  sahobalarining  Qur’oni  karimga  hadislarni 

almashtirib  yuborishlarida  qo’rqib  hadislarni  yozishdan  qaytargan.  Muhammad 

(s.a.v)  vafotlaridan  keyin  hadislarni  naql  qilish  odat  tusiga  kirgan.  Shu  munosabat 

bilan  bir  guruh  musulmonlar  payg’ambarimiz  (s.a.v)  hadislariga  begona  so’z 

aralashib  qolishidan  hadislarni  naql  qiluvchi  sahobalar  vafot  etishlari  bilan  hadislar 

yo’qolib ketishidan qo’rqib, uni yozma shaklda to’play boshladilar. Bu odamlar turli 

yurtlarga  tarqalib  ketganlar.  VII  asr  o’rtalaridan  boshlab  ularni  topib,  hadislarni 

og’izlaridan yozib olishga harakat qilganlar. 

 

Keyinchalik  “Hadis”  Qur’oni  karimdan  keyin  turuvchi  muqaddas  manbaga, 



shariat ahkomlarining asosiga aylangan. 

 

Qur’oni  karim  qanchalik  mukammal  muqaddas  kitob  bo’lmasin,  u  baribir 



musulmonlar  hayotining  barcha  huquqiy  va  axloqiy  masalalariga  davr  nuqtai 

nazaridan  to’la  javob  bera  olmagan.  Arab  xalifaligi  kengayib  bogan  sari  bu  hol 

yanada yaqqol sezila boshlagan. 

 

Urug’ qabilachilik sharoitlarida vujudga kelgan Qur’oni karim ijtimoiy-siyosiy, 



iqtisodiy,  huquqiy  va  madaniy  hayoti  ancha  murakkab  bo’lgan  yangi  musulmon 

dunyosidagi  mavjud  jamiyatning  ko’pgina  hodisalariga  javob  bera  olmasligi  tabiiy 

hol edi.  

 

Shunday  qilib,  hayot,  yangi  vaziyat  kun  tartibiga  o’zgaruvchan,  davrga 



moslashuvchan lekin qonunlashtirilmagan yangi manbaga ehtiyojni vujudga keltirdi. 

 

Natijada  sahobalar  tomonidan  yod  olingan  payg’ambar  Muhammad 



Rasulollohning  so’zlari,  amallari,  qilgan  ishlari,  ko’rsatmalari  qog’ozga  tushirila 

boshlandi.  Shu  tariqa  hadisshunoslik  ilmi  vujudga  kelib,  hadislarni  jamlash,  ularni 

tasniflash  mustaqil  fanga  aylandi.  Bu  ish  bilan  shug’illangan  ilohiyot  olimlari 

muhaddislar deb atalgan. 

 

VII-VIII asrlardan boshlab hadislarni jamlab, yozma to’plamlar tuzish jatayoni 



boshlandi.  Hadislarning  aksariyati  huquqiy  me’yorlarni,  ilm  olishga  da’vatlarini, 

marosimlar  va  urf-odatlarga  oid  ko’rsatmalarini  o’z  ichiga  oladi.  Shuning  bilan  bir 

qatorda  Muhammad  Rasulolloh  tarjimai  holi,  xalifalar,  sahobalar  faoliyati  bayoniga 

bag’ishlangan hadislar ham mavjud. 

 

Dastlabki hadis to’plamlari ishonarli bo’lgan. Biroq vaqtlar o’tishi bilan milliy, 



siyosiy  ixtiloflar,  o’z  maqsadlari  yo’lida  dindan  foydalanishga  urinuvchilarning 

Muhammad  payg’ambar  nomlaridan  yolg’on  hadislar  to’qishlari,  shariat  qoidalarini 

qo’llashda kelib chiqadigan ziddiyatlar, hukmdorlarga hushomadgo’yliklar oqibatida  

ko’plab ishonarsiz hadislar ham yuzaga keldi. O’zlarining butun bilim va hayotlarini 

to’g’ri ishonchli hadislarni aniqlash, ularni ajratib olib, alohida to’plashdek muborak 

ishga bahshida etishga bel bog’lagan mo’tabar zotlar paydo bo’ldi. Natijada Islomda 

“Sahiyh”,  ya’ni  “ishonarli”,  “g’ayrisahiyh”,  ya’ni  “ishonchsiz”  hadis  to’plamlari 

vujudga keldi. 

 

Islomda taniqli va nufuzli hisoblangan kishilar toimonidan yetkazilgan hadislar 



“ishonarli”  deb  e’tirof  etilgan.  Agar  hadislarni  yetqazganlar  orasida  hurmat  va 

ishonchga loyiq bo’lmagan odamlar kirib qolgan bo’lsa bunday hadislar “ishonchsiz” 

deb hisoblanadi.Shuning uchun ham har bir hadis  ikki qismdan iborat bo’lgan. Uning 

birinchi  qismida  Muhammad  Payg’ambarning  hikmatli  so’zlarini  shaxsan  eshitgan 




 

 

61 



roviy, ya’ni ushbu hadisni yetkazgan kishilarni nomlari sanab ko’rsatilgan. Ikkinchi 

qismida esa hadisning mazmuni keltirilgan.  

 

Suniylikdan farqli ravishda shialikda hadis to’plamlari  “Axbor”(xabarlar) deb 



ataladi. Hadis to’plashning  ulardagi o’ziga xos xususiyati shundaki, ular o’zlarining 

imomlarinigina  va  avval  boshidan  Xalifa  Alini  hamda  uning  avlodlarini  qo’llab 

quvvatlagan  arboblar  hadislarni  nufuzli  deb  hisoblaydilar.  Xalifa  Ali  va  uning 

avlodlariga qarshi kurashgan shaxslarning hadislarni inkor etadilar.  

 

Muhammad al-Qumiy va Muhammad al- Qulayniy tomonidan (X asr) tuzilgan 



hadislar  to’plami  shialik  ta’limotiga  e’tiqod  qiluvchilar  uchun  eng  obro’li 

to’plamlaridir.  

 

Hadislarning shariat uchun (musulmon qonunlari majmuasi)Qur’oni Karimdan 



keyingi  ikkinchi  manba  hisoblanishining  o’ziyoq  uning  musulmonlar  hayotida 

nechog’lik ahamiyatga ega ekanligini belgilab beradi.  

 

Ma’lumki,  shariat  –  Islom  dini  huquqi,  ya’ni  barcha  musulmonlar  uchun 



bajarilishi  majburiy  bo’lgan  qonunlar,  huquqiy  –  axloqiy  ko’rsatmalar  majmuasi. 

Shariat ham dunyoviy, ham diniy talablarni o’z ichiga oladi.  

 

Uning ko’rsatmalari huquqiy, axloqiy va diniy marosimchilik munosabatlariga 



birday taaluqlidir. To’g’ri, dunyoviy davlatlarda shariat qo’llanilmaydi. Biroq uning 

asoslaridan  birini  tashkil  etuvchi  hadisning  axloqiy  ko’rsatmalari  dinga 

munosabatidan qat’iy nazar barcha musulmon fuqarolari uchun beqiyos ahamiyatga 

ega. Chunki Islom axloqiga oid hadislar umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarilgan 

axloqiy  me’yorlardir.  Ularda  Vatanparvarlik,  odamiylik,  xushxulqlik,  ota-ona  va 

qarindosh  urug’larni  e’zozlash,  inson  shani,  qadr-qimmatini  oyoq–osti  qilmaslik, 

insonlarning  bir-biriga  o’zaro  hamdard  bo’lishi,  zaiflarni  himoya  qilishi,  xotin-

qizlarni hurmatlash, oilani muqaddas saqlamoqlik, halollik, poklik, do’stlik,sadoqat, 

ibo, xayo, ilm olish g’oyalari da’vat va targ’ib etiladi. 

2. 

Hadislar  asosan  Muhammad  payg’ambar

 

  vafot  etganlaridan  keyin  yozila 



boshlangan. Hadislarni saqlab kelajakka  yetkazish  bilan  birinchi navbatda  sahobalar 

shug’ullanganlar.  

Sahobalar Muhammad rasulullohni ko’rgan ko’rgan, u bilan suhbatda bo’lgan har bir 

musulmondir.  Manbalarda  aytilishicha      hadislarni  dastlab  qog’ozga  tushurgan 

sahobalar orasida:   

Abu Hurayra ( 5374hadisni rivoyat qilgan);  

xalifa umarning o’g’li Abdulloh (2630 ta hadisni rivoyat qilgan); 

Abdulloh ibn Abbos (1660 ta hadis rivoyat qilgan);  

Jodir ibn Abdulloh (1540 ta yadis rivoyat qilgan);  

Abu Said al Xudriy (1170 ta hadis rivoyat qilgan) alohida o’rin tutadilar. 

Xalifalar  Umar  va  Ali  ham  hadis  rivoyat  qilganlar.  Muhammad  rasulullohning 

xotinlari hazrati Oisha ham hadis rivoyat etuvchilar orasida e’tibor  qozonganlar.   

 

Qur’onni o’rganish tafsir ilmini vujudga keltirgan bo’lsa, hadislarni to’plash va 



ularni  o’rganish  rivoyat  ilmini  vujudga  keltirgan.  Keyinchalik  bu  ikki  muqaddas 

manba asosida ilohiyot va musulmon diniy qonuni – shariat vujudga kelgan. 

 

VIII  asr  boshlarida  hadis  ilmida  3  ta  maktab  –  Madina,  Iroq,  Damashq 



maktablari shakllangan.  

 

Demak yuqorida ta’kidlanganidek hadislar ikki qismdan iborat bo’ladi; 




 

 

62 



1 – Isnod (tayanch), ya’ni u yoki bu hadisni yetkazgan kishilarning ro’yxati; 

2 – matn, yani yetkazilgan hadisning teksti. 

 

Barcha  hadislarni  ishonchli,  haqiqatan  Muhammad  rasulullohga  tegishligiga 



hech  qanday  shubha  yo’q  deb  qaralmagan.  Chunki  hadislar  ichida  amalda 

payg’ambarimiz tomonidan aytilmaganlari  ham bo’lgan. Shuning ucun ular dastlab 

aytkanimizdek uch guruhga ajratilgan: 

a) 


Saxiyh (to’la ishonchli) so’zlari to’g’ri so’z, ishonchli, adolatli, obro’ – e’tibor 

qozongan shaxslar to’plagan hadislar; 

b) 

Hasan  (go’zal,  ishonchli,  yaxshi  )  hadislar,  biror  bir  hadisni  naql  qilgan, 



to’plagan shaxslarning ayrim nuqsonlari bolsa (masalan u kam ta’minlangan bo’lsa) 

yoki  hamma  hadisshunoslar  uni  benuqson  deb  topmagan  bo’sa,  bunday  hadislar 

“Hasan” deyilgan. Ular to’la qimmatga ega  deb tan olinmasa, lekin u butunlay inkor 

etilmagan, binobarin amalda bunday hadisdan foydalanilgan. 

s) 

Zaif (ishonchsiz) hadislar. Hatti – harakati, taqvodorligi, xulq – atvori shubhali 



kishilar tomonidan to’plangan hadislar.  

 

Tarixchilar  IX  asrni  hadis  ilmining  “oltin  asri”    deb  ataydilar.  Aytish 



mumkinki,  bu  “Oltin  asr”ga  hadis  ilmining  O’rta  Osiyo  maktabi  asos  slogan.  Bu 

maktabning rahnomosi Imom al-Buxoriy edi.  

 

Imom al-Buxoriy 810 – yil 20 – iyulda Buxoro shahrida tug’ilgan. 20 dan oshiq 



asar  qoldirgan,  jami  6000  hadis  to’plagan.  “Al  –  Jome’  as  -  Sahiyh”  to’rt  jilddan 

iborat hadislar to’plami kitobiga 7275 ta eng “Sahiyh”  (ishonarli) hadislar kiritilgan. 

 

Hadis  ilmi  O’rta  Osiyo  maktabining  boshqa  yirik  vakillari  Abu  Dovud 



Sulaymon,  Muslim  an-Nishopuriy,  Abu  iso  –  at  –  Termiziy,  Imom  Nasoiy  hamda 

Imom ibni Mojalardir. Bu ulug’ allomalar hadislarning 6 ta to’plamini yaratganlar.                                                                                                                  

                   


Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish