101
Suyultirilgan va siqilgan gazlarni tashib kelish, saqlash va tarqatish
Suyultirilgan neft gazlarining (SNG) o`ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ular oddiy va
juda past bosimda gaz holatdan suyuq holatga o`tadi. SHuning uchun ularni 1,6-2,0 MPa bosimga
hisoblangan sig`im va ballonlarda tashish, saqlash va tarqatish yoki avtomobil ballonlarini ular bilan
suyuq holda to`ldirish mumkin. Avtomobil dvigatellari uchun mo`ljallangan suyultirilgan gaz si-
fatida yengil uglevodorodlar-‘ro‘an, butan va ularning aralashmasi ishlatiladi. Juda past haroratda 10
% gacha etan va etilen qo`shilgan ‗ro‘an ishlatiladi. Avtomobillarni suyultirilgan gaz bilan
ta`minlashda uning ballonlari gaz to`ldirish stantsiyalaridagi yonilg`i saqlash sig`imidagi suyuq gazsi-
mon yonilg`i bilan to`ldiriladi. Bu vaqtda suyuq gazni saqlash sig`imining sathi avtomobil balloni
sathidan yuqorida turishi zarur. Bu quyish usulining kamchiligi kichik zichlikdagi gazning juda sekin
oqishidir. Bundan tashqari avtomobil ballonlarini inert gazlari bosimi ostida kompressor bilan, shu
jumladan, gazni ko‘p ‗og`onali markazdan qochma nasos yordamida haydash yo`li bilan to`ldirish
mumkin.
Suyultirilgan gaz uchun avtomobilga o`rnatilgan ballonlar 1,6 MPa bosimga hisoblangan.
Har ikki yilda ular nazoratdan o`tkazib turiladi. Avtomobil ballonlarini suyultirilgan gaz bilan
to`ldirishda quyidagilar taqiqlanadi:
- gaz to`ldirish shlangasi yonida turish;
- metall asboblar yordamida birikmalar gaykasini mahkamlash;
- chekish;
- dvigatelni sozlash va ta`mirlash.
Agar to`ldirishdan so`ng dvigatel yaxshi o`t olmasa, uni gaz to`ldirish moslamasidan 15
m masofaga dvigatelni o`t oldirmasdan turib siljitish zarur. Avtomobil kuzovida ‗ortlash havfi
bo`lgan yuk bo`lsa, uni to`ldirish taqiqlanadi. Suyultirilgan gaz bilan to`ldirishda, uning tezda
bug`lanib ketish va tashqi muhitdan issiqlikni o`ziga yutish xususiyatlarini hisobga olish zarur.
qaynash harorati ‗ro‘anda -41,5°C, butanda 0,5°C va ‗ro‘an-butan aralashmasida -20,5°C ni tashkil
qiladi. Xuddi shu haroratlarda bu gazlar tezda bug` lanish xususiyatiga ega. SHuning uchun ballon-
larni to`ldirish vaqtida qo`l sovuq urishini inobatga olib, qo`lqoplar kiyish zarur. Gaz to`ldirish
stantsiyalarida uglekislotali o`t o`chirgichlar, qumli yashiklar va suv uchun gidrantlari bo`lishi
kerak. Avtomobillar ham uglekislotali o ` t o`chirgichlar bilan ta`minlanadi.
Siqilgan tabiiy gaz (metan) bosim oshishi bilan gaz holatidan suyuq holatga o`tmaydi.
SHuning uchun, ular 20 MPa bosim ostida avtomobilning kuzovi tagiga joylashgan maxsus qalin
devorli ballonlarga damlanadi.
Siqilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz ballonli avtomobillarni to`ldirish gaz to`ldirish kom-
pressor stantsiyalarida (GTKS) amalga oshiriladi. GTKS ga gaz past bosimda (0,4-1,2 MPa) ke-
ladi. bu yerda mexanik zarrachalardan tozalanadi va kompressor yordamida 26-35 MPa bosim bi-
lan siqiladi. U namajratgich va quritish blokidan o`tib, yuqori bosimli akkumulyatorga keladi, u yer-
dan quvurli o`tkazgichlar yordamida quyish kolonkalariga yo`naltiriladi. Avtomobillar gaz
to`lg`izish uchun maxsus bokslarda joylashgan kolonkalar yoniga haydab kelinadi. Bu kolonkalar
avtomobilning gaz to`ldirish jo`mragiga ulanadigan yuqori bosimli shlangalar bilan ta`minlangan
bo`lib, bu shlangalarga ballonlardagi gazning boshlang`ich va oxirgi bosimini aniqlash uchun
monometr o`rnatilgan. To`ldirilgan gaz hajmi boshlang`ich va oxirgi bosimlarning farqi bo`yicha
maxsus nomogramma yordamida aniqlanadi.
Avtomobil ballonlariga haydalgan gaz miqdorini-V (m
3
) taxminan aniqlash va sarflangan
gazni hisobga olish uchun quyidagi ifoda bo`yicha aniqlangan qiymatdan foydalaniladi:
),
(
1000
1
1
2
2
Z
P
Z
P
n
V
V
b
bu yerda:
b
V
ballon sig`imi, l; n- avtomobildagi ballonlar soni; ‗
1
va ‗
2
-ballondagi
gazning boshlang`ich va oxirgi bosimi, kgs/sm
3
; Z
1
, Z
2
, - gaining haroratli rengayishini hisobga
oluvchi koeffitsient.
Bosim ostida ishlovchi sig`imlarning xavfsiz ishlashini ta`minlash haqidagi qoidaga asosan
siqilgan gazda ishlovchi avtomobil ballonlari davriy ravishda maxsus ‗unktlarda nazoratdan o`tkazilib
turilishi zarur. Ligerlangan po`latdan tayyorlangan ballonlar besh yilda, uglerodli po`latdan tayyor-
langan ballonlar uch yilda bir marta nazoratdan o`tkaziladi.
Oxirgi vaqtlarda suyultirilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz ballonli avtomobillar sinovdan
o`tkazilib, Ekspluatatsiya qilina boshlandi. Gazli avtomobilning maxsus ballonida -161
0
C harorat-
da suyuq holda bo`ladi. Tabiiy gaz suyuq holda bo`lganligi uchun uni avtomobil ballonlariga, avto-
mobil yoki temir yo`l tsistrenalariga quyish mumkin. Suyultirilgan tabiiy gaz bilan to`ldirish
suyultirilgan neft gazi bilan to`ldirishdan unchalik farq qilmaydi.
102
Do'stlaringiz bilan baham: |