Ta`mirbo’lik-bu avtomobil konstruktsiyasini tejamli texnologik jarayonlarni qo`llash bilan
hamma turdagi TXK va T ishlarini bajarishga mosligi xossasidir. Avtomobillarni ta`mirbo‘ligi kon-
11
struktorlik-ishlab chiqarish va Ekspluatatsion omillar bilan aniqlanadi. Konstrutorlik-ishlab chiqarish
omillari avtomobil konstruktsiyasi xossasini aniqlaydi. Ular avtomobillarni yaratishda hisobga olinadi.
Ekspluatatsion omillar konstruktsiya xossasi namoyon etiladigan muhitni aniqlaydi, bunda ular avto-
mobilni yaratishda va Ekspluatatsiya qilishda hisobga olinadi.
Konstruktorlik-ishlab chiqarish omillariga quyidagilar kiradi: nazoratbo‘lik, yengil yetishishlik,
yengil almashuvchanlik, o`zaro almashuvchanlik, agregat va tizimlarni unifikatsiyasi, TXK va nazorat-
diagnostika jihozlari va boshqa vositalarni ishlata olinishi.
Ekspluatatsion omillar-bu TXK va ta`mirlash ishlarini bajarish shaklini tashkil etish, ishlab
chiqarish texnik negizini holati, TXK va ta`mirlash ishlarini bajruvchilarini malakasi, ehtiyot qismlar
va materiallarga bo`lgan talabni to`la qondirish, texnik hujjatlarni to`laligi va sifatliligi va boshqalar.
Nazoratbo’lik-texnik diagnostikalashni turli vositalari va uslublari bilan avtomobil, agregat va
tizimlarni texnik holati diagnostik parametrlarini nazorat qilish omilidir. Ular avtomobillarga TXK va
ta`mirlashni yangi samaraliroq uslublarini amaliyotga joriy qilishga asosiy ta`sir koprsatadi. Nazorat-
bo‘lik avtomobilni ishonchliligini ta`minlash va xavfsiz harakatlanish talablari bilan aniqlanadi.
TXK va T ob`ektiga yengil yetishuvchanlik-bu avtomobillarga TXK va T ga sarfini ka-
maytirishni bosh omilidir. Bu omil avtomobillarga TXK va ta`mirlash sharoitini hamda eng kam
qo`shimcha ish hajmi bilan yoki usiz profilaktika va ta`mirlash bo`yicha maqsadli operatsiyalarni ba-
jarish uchun ob`ektni mosligi (bo‘ligi) bilan aniqlanadi.
Engil almashuvchanlik-bu buyumni eng kam vaqt va mehnat sarfi bilan almashtirishga mosli-
gidir. yengil almashuvchanlik bilan yengil yetishuvchanlikni bir-biriga almashtirib bo`lmaydi, chunki
avtomobilda shunday buyumlar borki, Ekspluatatsiya davrida ularga yetishish oson, lekin almashtirish
qiyin. yengil almashuvchanlik asosan Ekspluatatsiya jarayonida almashtiradigan buyumlarni qotiril-
ganlik uslublari, bo`linuvchilar konstruktsiyasi, almashtiriladigan elementlarni massasi va gabarit
o`lchovlari bilan aniqlanadi.
Komplektlovchi buyumlarni (detallarni) o`zaro almashuvchanligi-bu bir nomlanishdagi
ko‘pgina buyumlardan (detallardan) tanlamasdan birortasini olib va tayyorlanmasdan avtomobilga
o`rnatishdir. Moslashtirish operatsiyalar hajmiga qarab o`zaro almashuvchanlik darajasi o`rnatiladi.
O`zaro almashuvchanlik darajasi qancha yuqori bo`lsa, moslashtirish ishlari hajmi shuncha kam
bo`ladi.
TXK va ta`mirlashda mehnat, material sarfini va avtomobillarni turib qolishini kamaytirishda
o`zaro almashuvchanlik katta ahamiyatga ega.
TXK vositalari va nazorat-diagnostika jihozlarini qo`llanuvchanligi-bu mavjud vositalarni
yangi modeldagi avtomobillarga xizmat koprsatish va ta`mirlashda qo`llash imkoniyatidir. Bu omil
ishchi joyini va bajaruvchilarni ishni bajarishga qulayligini tashkil qilish, TXK va ta`mirlash muddati
va narxiga ta`sir koprsatadi.
Avtomobil agregatlari va tizimlarini unifikatsiyasi-bu avtomobil saroyini ta`mirbo‘lik va Ek-
spluatatsiya samaradorligini oshirishni asosiy omilidir. CHunki bu TXK va ta`mirlashni ancha sodda-
lashtiradi va arzonlashtiradi, avtokorxona omborxonasidagi ehtiyot qismlar nomenklaturasini ka-
maytiradi va nazorat-diagnostika jihozlari turlari sonini qisqartiradi.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |