Differentsial qutisidagi kosachalarni tiklash. Kosachaning xarakterli nuqsonlari: yarim o`q
shesternyasining shaybasi ostidagi torets va shayba ostidagi sferik sirt yoriladi, tirnaladi, chiziladi yoki
notekis yeyiladi, yarim o`q shesternyasi shaybasi ostidagi, mahkamlash boltlari va krestovina shi‘lari
o`rnatiladigan teshiklar yeyiladi, rolikli podshipnik o`tqaziladigan bo`yin yeyiladi.
Darzlari bor differentsial qutisining kosachalari yaroqsizga chiqariladi. YArim o`q
shesternyasining shaybasi ostidagi torets hamda shaybalar ostidagi sferik sirt tirnalganda, chizilganda
yoki yeyilganda bu sirtlarga ta`mir o`lchamlariga moslab ishlov beriladi, yig`ish vaqtida kattalashgan
o`lchamlar shaybalar qo`yib tuzatiladi.
Mahkamlash boltlari va krestovina shi‘lariga mo`ljallangan teshiklar yeyilganda eski teshiklar
oralig`ida yangi teshiklar parmalab ochiladi. So`ngra boltlar kirgiziladigan teshiklar ikki tomonidan
zenkovkalanadi, krestovina shi‘lari kirgiziladigan teshiklar esa ishchi chizmasi o`lchamiga muvofnq
yo`nib kengaytiriladi. .
Rolikli podshipnik ostidagi bo`yinlar yeyilganda u xromlab temirlab, tebranmayoy yordamida
suyuqlantirib qoplab yoki kengaytirib bartaraf et‘ladi. Bo`yinga ishlov berilgach, u ishchi chizma
o`lchamiga moslab jilvirlanadi.
Asosiy uzatma va differentsialni yig`ish ularni qismlar ajratishdagi ishlarga teskari tartibda bajariladi.
Asosiy uzatma shesternyalarining tishlashishi kontakt iziga (dog`i) (74-rasm) qarab rostlanadi. Agar
dog` tish yon sirtining o`rtasida bo`lsa, tishlar to`g`ri tishlashgan hisoblanadi.
Agar dog` tishning keng qismida bo`lsa, yetaklanuvchi shesteriya yetakchi shesternyaga
yaqinlashtiriladi, agar dog` tishning tor qismiga tushgan bo`lsa, yetaklanuvchi shesternya yetakchi
shesternyadan uzoqlashtiriladi. yetaklanuvchi shesternyani siljitish uchun qistirmalar bitta yon qo‘qoq
ostidan olib, ikkinchisi ostiga qo`yiladi. qistirmalarning umumiy soni bunda o`zgarmaydi
Dog` tish yuqorisida bo`lsa, yetaklanuvchi shesternyaga yaqinlashtiriladi, agar tish asosiga
joylashgan bo`lsa, unda yetakchi shesternya yetaklanuvchi shesteriyadan uzoqlashtiriladi. Buning
uchun podshipnikli uzel yig`iq holda olinadi, zarur miqdorda qistirma olib tashlanadi yoki qo`shiladi
va podshipnikli uzel o`z joyiga o`rnatiladi.
66
Differentsialni yig`ishda satellitlarning qutilari biri ikkinchisiga nisbatan mo`ljallab o`rnatiladi,
yetaklanuvchi konussimon shesternya orqa qismining tepishi, yarim o`qlarning shesternyalari bilan
satellitlar tishlari orasidagi yonlama tirqish hamda yarim o`qlar shesternyalarining ravon aylanishi
tekshiriladi.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |