152
2. Tashqi tavsifi bo‘yicha — tik pasayuvchan, o‘zgarmas, o‘suvchi va aralash
volt-amper tavsifli.
3. Bir yo‘la ta’minlaydigan postlari bo‘yicha bir va ko‘p postli manbalar.
4. Yuritmasining xarakteri bo‘yicha — elektr yuritmali va mustaqil yuritmali
(ichki yonuv dvigatelidan ishlaydigan) manbalar.
5. Yoyning yonish xususiyatlari bo‘yicha — erkin yonuvchi va siqiq yoy bilan
payvandlashga mo‘ljallangan manbalar.
6. O‘rnatilishi va montaj qilinish usullari bo‘yicha — statsionar va ko‘chma.
7. Ishlash uslubi va konstruktiv taxt qilinishi bo‘yicha — magnit normal
sochiladigan (alohida reaktiv chulg‘amli va umumiy magnit o‘tkazgichli) va magnit
sochilishi oshirilgan (qo‘zg‘aluvchan magnit shuntli va qo‘zg‘aluvchan chulg‘amli)
payvandlash transformatorlari; kremniy yoki selenli ventillar bilan jihozlangan
payvandlash to‘g‘rilagichlari; mustaqil magnitlovchi va ketma-ket ulangan
magnitsizlovchi chulg‘amlari bo‘lgan ajratilgan o‘zgartirgichlar; ichki yonuv dvigatelli
agregatgeneratorlar.
8. Vazifasi bo‘yicha — qo‘lda yoy yordamida payvandlash, flus qatlami ostida
avtomatlashtirilgan va mexanizatsiyalashtirilgan usulda, himoya gazlari muhitida
payvandlash uchun mo‘ljallangan, plazma yordamida kesish va payvandlash, elektr-
shlak usulida payvandlash uchun mo‘ljallangan manbalar va maxsus ishlarga
mo‘ljallangan tok manbalari (uch fazali payvandlash, ko‘p yoy bilan payvandlash
uchun).
Elektr-payvandlash
jihozlarining belgilanishi yagona tuzilishiga ko‘ra
jihozlarning belgilari harfli va raqamli qismlardan iborat bo‘ladi. Birinchi harf —
buyumning tipi (Б
— to‘g‘rilagich,
Т — transformator,
Г — generator,
У —
ustanovka); ikkinchi harf —payvandlash turi (
Д — yoyli,
П — plazmali); uchinchi harf
— payvandlash usuli (
Г — himoya gazlari muhitida,
Ф — flus qatlami ostida,
У —
universal manbalar), uchinchi harf qo‘yilmagan bo‘lsa, elektrodlar bilan qo‘lda yoy
yordamida payvandlashni bildiradi; to‘rtinchi harf — manbaning vazifasini bildiradi
(
M— ko‘p postli payvandlash uchun,
И — impulsli payvandlash uchun). Harflardan
keyingi ikkita yoki bitta raqam yuzlab amper hisobida nominal payvandlash tokini,
keyingi ikkita harf buyumning registratsiya nomerini, keyingi harflar qaysi muhitga
mo‘ljallab ishlanganligini bildiradi (
Т — tropik iqlimli zonalarda ishlatish uchun,
У —
mo‘tadil iqlimli,
ХЛ —sovuq iqlimli zonalarda ishlatish uchun); navbatdagi raqam
joylashtirish kategoriyasini bildiradi (
1 — ochiq maydonda,
2 — pritseplarda,
avtomobil kuzovlarida,
3 — tabiiy shamollatiladigan xonalarda,
4 — majburiy
shamollatiladigan va
isitiladigan xonalarda,
5 —o‘ta nam xonalarda. Masalan, ВДГМ—
1601Т ning ta’minlash manbayi quyidagicha izohlanadi: himoya gazlari muhitida
payvandlashda ishlatiladigan to‘g‘rilagich, ko‘p postli, payvandlash toki 1600 A,
buyumning ro‘yxatga olingan nomeri 01, tropik iqlimli zonalarda ishlatish uchun
mo‘ljallangan, joylashtirilish kategoriyasi
2, ya’ni pritseplarga yoki avtomobil kuzoviga
o‘rnatiladi.
Payvandlash yoyining
ta’minlovchi manbalarining belgilanishida
(5.1-rasm)
birinchi xarf, ta’minlovchi manbani tipini: T - transformator, В - kuchaytirgich, П –
o’zrartirch, У - moslama. Ikkinch xarf – payvandlash ko’rinishi: Д - yoyli, П –
plazmali. Uchinchi xarf – payvandlash turi: Ф – flyus ostida, Г – ximoya gaz muxitida,
153
У – universal ko’rinisda, va boshqa ko’rinishlarda: М – koppo’stl, И – implusli
payvanlash uchun.. To’rtinchi xarf esa dastaki payvandlashni bildiradi. Xarfdan keying
birinch raqam – nominal payvanlash tokini, oxirgi ikkita belgi – GOST bo’yica
belgilanishini. Oxirgi xarf va raqam климатическое исполнение: У - умеренный, Т -
тропический, М - морской климат.
Do'stlaringiz bilan baham: