Bajardi: Sattorov Zuhriddin


O‘zbekistonda ta’lim sohasida qo‘lga



Download 122,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana31.12.2021
Hajmi122,61 Kb.
#210518
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-amaliy mashg'ulot

O‘zbekistonda ta’lim sohasida qo‘lga

kiritilayotgan yutuqlar

“Istiqlol tufayli odamlarimiz ongu tafakkurida chuqur o‘zgarishlar

sodir bo‘ldi. Bu jarayonda millat sifatida o‘zlikni anglash, ajdodlar

dahosi va zakovatini davom ettirish, milliy fenomen qudratini bor

bo‘y-basti bilan jahonga ko‘rsatish maqsadi barcha soha va

yo‘nalishlardagi sa’y-harakatlarda o‘z ifodasini topdi. Bunday ezgu

intilishlar samarasi o‘laroq butunlay yangi — ruhi va fikri toza

avlod dunyoga keldi.”

Mustaqillik yosh avlod hayotiga buyuk kelajak nafasini, ezgu umid

va orzular ijobatini olib keldi. Yangi asr avlodiga ajdodlar

armonining ushalishi bilan birga beqiyos imkoniyatlar kaliti,

yuksak marralar sari dadil qadam tashlash baxti ham nasib etdi.

Bugun qayerga qaramang, o‘zbekistonlik yoshlar erishayotgan

yutuqlarni ko‘rishimiz mumkin. Yildan yilga yoshlarimiz, aytaylik,

fan olimpidalarida deysizmi, yoki biror bir sport sohasimi,

boringki, san’at sohasida ham yuksak marralarni zabt etmoqdalar.

Prezidentimiz rahnamoligida ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor ta’lim

sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasi

o‘laroq, mustaqillik farzandlari dunyo miqyosidagi turli ko‘rik-

tanlov va xalqaro fan olimpiadalarida ulkan yutuqlarni qo‘lga

kiritmoqda. Bu yutuqlar, avvalo, yoshlarning ertaga jamiyatdan

munosib o‘rin egallashi uchun hizmat qilsa, boshqalar uchun

o‘rnak bo‘ladi.

Avvalo shuni mamnuniyat bilan aytish joizki, bugungi kunda

jamiyat ravnaqi, barkamol avlodni tarbiyalashda yetuk insonni



shakllantirishda avvalom bor ayollarning o‘rni qanchalar muhim

ekanligini Yurtboshimiz tomonidan ta’kidlanib kelinmoqda.

Yurtimizda barkamol xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ularni

iqdidorlarini namoyon qilish va muntazam rag‘batlantirib turish

maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-

iyundagi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha

takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq

2015-yilda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 14 nafar

o‘quvchisi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Umuman, 2000-yildan buyon tizimdagi ta’lim muassasalarida

tahsil olayotgan jami 95 nafar o‘quvchi qiz ushbu nufuzli

mukofotni qo‘lga kiritdi.

Zamonaviy bilim maskanlarida jahon standartlari asosida ta’lim-

tarbiya olayotgan yoshlarimiz xalqaro miqyosda tashkil

etilayotgan nufuzli tanlovlar, fan olimpiadalari, musobaqa va

festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuksak intellektual

salohiyati, keng tafakkuri va zehni bilan dunyo ahli havasini

uyg‘otmoqda. Jumladan, 2013-yil aprel oyida Toshkent shahrida

ilk bor o‘tkazilgan 47-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida

o‘zbekistonlik yoshlari ham qatnashib 2 ta oltin, 5 ta kumush, 8 ta

bronza medalni qo‘lga kiritdi va 17 davlat ichida O‘zbekiston

bayrog‘ining baland ko‘tarilgani barchamizga faxr-iftixor

bag‘ishlaydi.

2016-yil 1–6-mart kunlari Kiprning Protaras shahrida matematika

fani bo‘yicha “SEEMOUS” 10-xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. Kipr

ta’lim va madaniyat Vazirligi, Matematika jamiyati hamda Janubi-

Sharqiy Yevropa Matematika jamiyati tomonidan tashkil etilgan



mazkur intellektual bellashuvda yigirmadan ortiq mamlakatdan

43 universitet jamoasining 150 dan ziyod iqtidorli talabalari

ishtirok etdi. Tanlovda O‘zbekiston yoshlari ham shohsuppa

qatoridan joy olishdi. O‘zbekiston Milliy universitetining

mexanika-matematika fakulteti 2-kurs talabalari Hakimboy

Egamberganov va Shohruh Ibrohimov bittadan oltin medal,

Mirmuhsin Mahmudov maxsus diplom bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida O‘zbekiston jamoasi

tarkibida xalqaro fan olimpiadalarida jami 253 nafar o‘quvchi

qatnashib, 21 ta oltin, 51 ta kumush, 90 ta bronza medaliga

sazovor bo‘ldi.

Yuqorida aytib o‘tilgan fikr-mulohaza, ma’lumotlar O‘zbekistonda

qisqa davr ichida ta’lim sohasida yuksak yutuqlarga erishganini

ko‘rishimiz mumkin. Kelgusida hukumatimiz tamonidan ta’lim

sohasida ilgari suriladigan izchil islohotlar davomli bo‘lishi, biz

kabi yoshlarga ilhom baxsh etib, yanada yuksak marralarni zabt



etishimizga imkon, zamin yaratib beradi.

Download 122,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish