O‘zbekistonda yangi ta’lim tizimi
Eng samarali investitsiya — bu ta’limga qilingan investitsiyadir.
Chunki jamiyat taraqqiyotini, uning ertangi kunini yetuk malakali
kadrlar belgilab beradi. Ta’lim tizimini takomillashtirish —
ularning bilimini oshirish, sifat darajasini ko‘tarishdir.
So‘ngi yillarda ta’limga ajratilayotgan mablag‘ mamlakat yalpi
ichki mahsulotining (YIM) 10–12 foizini tashkil etib, davlat
byudjetining 35 foizidan ko‘proq qismini tashkil qilmoqda.
Ta’limning barcha bosqichlarida Davlat dasturlari amalga
oshirilib, yoshlarga puxta bilim olishlari uchun barcha shart-
sharoitlar yaratib berilmoqda.
Yurtimizda uzluksiz va uzviylik tamoyillariga tayangan ta’lim
tizimi yaratilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi jamiyatda ma’naviy
va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni
tarbiyalash, davlatimizning ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyotini
takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning barqaror
rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir. Jumladan O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasining 41-moddasida ta’lim
sohasiga alohida to‘xtalib o‘tilgan: “Har kim bilim olish huquqiga
ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.
Maktab ishlari davlat nazoratidadir”.
Ta’limga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari sifatida uning
milliy g‘oyaga yo‘naltirilgani, ta’limning uzluksizligi, umumiy, o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi, o‘rta maxsus,
akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olishda tanlash
erkinligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim siyosatining asosiy tamoyillari Yurtboshimiz tamonidan 12
(9+3) yillik bepul ta’lim tizimi joriy etilganligi, barcha bepul bilim
olishi, 9 yillik majburiy umumiy o‘rta ta’lim 7 ta tilda: o‘zbek,
qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik tillarida bo‘lib,
uni tamomlagan yoshlar qiziqishlari bo‘yicha istagan o‘rta maxsus
ta’lim muassasasisini tanlashlari va o‘qishlarini keyingi bosqichda
davom ettirishlari mumkin. Iqtidorli yoshlar uchun umumiy
ta’limdan so‘ng keyingi bosqich o‘qishlarini akademik litseylarda
davom ettirishlari, bu esa yanada chuqurroq, keng ko‘lamda tahsil
olishlariga imkoniyat yaratib beradi.
Mamlakatimizda bugungi kunda 9733 ta umumta’lim mussasasi,
143 ta akademik litsey, 1414 ta kasb-hunar kolleji mavjud bo‘lib,
yoshlarning sifatli ta’lim olishlarida xizmat qilmoqdalar. Ularning
moddiy-texnik bazasi jahon standartlariga to‘la mos kelishi,
umumiy fanlar bo‘yicha nafaqat to‘liq bilimlar hajmini egallash,
ayni vaqtda ushbu o‘quv yurtlaridagi zamonaviy texnika va
texnologiyalarni o‘zlashtirish imkonini ham beradi. 2015-yil
ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda maktablarda 4540 mingta,
akademik litseylarda 108.5 mingta, kasb-hunar kollejlarda esa
1451 mingta o‘g‘il-qizlar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha taqsil
olmoqdalar.
Shu bilan bir qatorda, yoshlarning kasbga bo‘lgan ehtiyojini
jamiyat va iqtisodiyotning manfaatlariga moslashtirishning eng
muhim mexanizmi bo‘lgan bakalavriatning milliy ta’lim tizimimiz
va modelimizga kirib kelishi mazkur sohadagi islohotlar orasida
alohida o‘rin tutadi. Malakali kadrlarni tayyorlash va ularni yetuk
mutaxassis kadr qilib tayyorlashda oliy o‘quv yurtlarining o‘rni
beqiyosdir. 2012 yil da oliy ta’lim muassasalarini soni 64 ta bo‘lib,
bu ko‘rsatkich bugungi kunga kelib 68 tani tashkil etadi. Unda
taqsil oladigan yoshlar soni esa 261.3 ming kishini tashkil etadi.
Yurtimizda aholining qariyb 60 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan
yoshlar tashkil etishini hisobga oladigan bo‘lsak, ayni ularning 72
foizi maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, litsey, kollej va
universitetlarda taqsil olmoqdalar. Bu esa ta’lim sohasida amalga
oshirilayotgan islohotlarning roli va ahamiyati o‘z-o‘zidan
tushunarli va ravshan bo‘ladi.
Hech kimga sir emaski, ta’lim sohasi kun sayin rivojlanib
bormoqda. Kechagi ilg‘or texnologiyalarni ham bugungi kunda fan
tan olmaydigan darajada shahdam qadamalar bilan olg‘a
bormoqda. Bu borada jahon tan olgan ta’lim maskanlarining o‘rni
beqiyosdir. Bugungi kunda O‘zbekiston yoshlari ham ana shunday
xorijiy universitetlarda ta’lim olayotgani ko‘zni quvontiradi. Ular
egallgan bilimlar yurtning ravnaqi, kelajak poydevori bo‘lib xizmat
qilmoqda.
O‘zbekiston mustaqillikga erishgan so‘ng, ta’lim sohasini isloh
qilish, yangi ta’lim maskanlarini barpo etish, xususan, xorijiy
davalatlar universitetlarining filliallari yurtimizda ochilishi, bu
borada qilingan ishlarning yorqin namunasi bo‘ldi desak hech
ham mubolag‘a bo‘lmagan bo‘ladi. Bu oliy o‘quv yurtlarida,
iqtidorli, salohiyatli, Yurtboshimiz aytganidek kuchli, aqlli, hech
kimdan kam bo‘lmagan yoshlar tahsil olmoqda.
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan ko‘plab oliygohlar, dunyoning
kuchli universitetlari bilan shubhasiz raqobatlasha oladi. Moddiy
texnik bazasi mustahkam, xalqaro standartlarga javob bera
oladigan universitetlar mavjud. Garvard, Cambridge, Oxford
universitetlari, bir necha yillardan beri kuchli universitetlar
ro‘yhatidan eng yuqori o‘rinlarni band qilib kelmoqda. Sababi bu
universitetlar qariyb 10 asrdan beri faoliyat yuritib kelayotgan
bo‘lib, ular asrlar davomida erishgan yutuqlariga bizning navqiron
O‘zbekistonimiz samarali olib borilayotgan islohatlar natijasida
qisqa 24 yil ichida erishga muvaffaq bo‘lmoqda. Ishonchimiz
komilki, O‘zbekistonning ta’lim sohasi, dunyoning manaman
degan o‘quv dargohlari bilan bemalol bellasha oladigan darajaga
chiqadi.
Bakalavr darajasini olgan yosh mutaxassislar o‘zlarini yo‘nalishlari
bo‘yicha magistraturada o‘qishlarini davom ettirish imkoniga ega
bo‘lib, aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy
bilimlarni yanada chuqurroq o‘rganishlari, mutaxassisligi bo‘yicha
ilmiy ish qilishlari mumkin. Bugungi kunda Respublikamiz oliy
o‘quv yurtlarining kamida 40 foizida magistratura yo‘nalishi
bo‘yicha faoliyat yuritib kelmoqda.
Avvalo, oliy ta’lim tizimida yetuk bakalavr va magistrlarning
yetishib chiqishi, ularning mehnat bozorida egallayotgan o‘rni —
ta’lim va real amaliyot o‘rtasidagi aloqolarning mavjudligi
mamlakatda bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning besamar
emasligidan dalolat beradi.
Ta’lim sifatini oshirish, unda yetishib chiqayotgan yosh
mutaxassislarni tayyorlashning talablari davlat ta’lim
standartlariga to‘la mos kelib, uzluksiz ravishda maxsus davlat
idorasi, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazi
tomonidan qat’iy nazorat qilib boriladi. Barcha ta’lim
muassasalarida berilayotgan ta’lim sifati va yaratilyotgan shart-
sharoitlar davlat ta’lim standartlariga javob berishi monitoringi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tamonidan muntazam olib
borilib, bu borada ta’lim muassasalariga tegishli ilmiy-uslubiy,
moliyaviy-texnik va tashkiliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, ta’lim tizimining ustuvor
vazifalaridan biri avvalo jamiyatning yosh avlodining dunyo
qarashini, ularning ijtimoiy faolligini oshirish bilan bir qatorda,
malakali kadrlarga bo‘lgan talabni samarali qondirishdan
iboratdir.
Yurtimizda ta’lim sohasida bosqichma-bosqich amalga
oshirilayotgan islohotlar 2012 yil 16–17 fevralda Toshkentda
o‘tkazilgan «Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni
tarbiyalash — mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va
modernizatsiya qilishning eng muhim sharti» mavzusidagi xalqaro
anjumanda dunyoning eng ilg‘or ta’lim tizimlari va muassasalari
vakillari tomonidan chuqur e’tirof etildi. Konferensiyada
O‘zbekistonning ta’lim tizimi, jumladan, qishloqlarda ham bolalar
va yoshlarning barcha bosqichlarda bepul umumiy ta’limi va o‘rta-
maxsus kasb-hunar ta’limi olish joriy etilganligi xorijiy
mutahassislar tomonidan yuksak baholandi. Dunyoning nufuzli
oliy ta’lim muassasalaridan kelgan vakillar ham miliy ta’lim
tizimimizni namuna sifatida tan oldi va bir qator davlatlar uchun
o‘rnak bo‘la olishini ta’kidlandi. Mamlakatimizda ta’lim sohasidagi
islohotlarga berilgan bunday yuksak baho, albatta, O‘zbekistonda
yashovchi har bir insonni qalbida g‘urur uyg‘otadi va shu bilan
birga, zimmamizga katta mas’uliyatni ham yuklaydi. Oldimizda
turgan eng muhim masala — erishilgan yutuqlarni yanada
mustahkamlash, yaratilgan shart-sharoitga mos ravishda
ta’limning sifati, tizimning samaradorligi va «ta’lim — fan — ishlab
chiqarish» zanjirining mustahkamligiga erishishdan iboratdir.
(Manba: m.mfa.uz)
Bugungi kunda har qanday mamlakatning jahon bozorida
raqobatbardoshligi nafaqat tabiiy resurslarning mavjudligi, balki
birinchi navbatda, zamonaviy yangilanib turgan texnologiyalarni
o‘zlashtirishga qodir yuksak bilimli va malakali kadrlarga
bog‘liqdir. Bosh qomusimiz esa ana shu yuksak axloqli, zamonaviy
bilim va ko‘nikmaga ega kadrlarni tayyorlashning huquqiy kafolati
bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |