Bajardi: Sattorov Zuhriddin


Ta’lim sohasida ilk islohatlar



Download 122,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana31.12.2021
Hajmi122,61 Kb.
#210518
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-amaliy mashg'ulot

Ta’lim sohasida ilk islohatlar

Yurtimiz azal-azaldan ilm o‘chog‘i, jahon sivilizatsiyasi

markazlaridan beri deb e’tirof etib kelingan. O‘rta asrlardan,

xalqimiz ta’lim sohasida yuksak marralarga erishgan bo‘lib, jahon

sivilizatsiyasi hamda fan sohasiga ulkan hissa qo‘shishgan. Misol

tariqasida, IX-XII asrlarda Movarounnahrda ko‘plab o‘quv

maskanlari bo‘lib, ulardan chinakam olimlar, ulamolar yetishib

chiqqan. Xusasan, Xorazm Ma’mun akademiyasi ham shu

davrdagi yirik tadqiqot markazlaridan biri hisoblangan. Algebra

fani bobakalonimiz Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan

atalganligi, bu azal-azaldan bizning qonimizda yaratuvchanlik,

o‘qishga bo‘lgan qiziqishdan dalolatdir. Bundan tashqari, yana bir

buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sino o‘sha olis XI asrda tibbiy



jarrohlik operatsiyasiyalarini amalga oshirgani bilan dunyoga

mashhur. Uning “Tib qonunlari” asari Yevropada “Injil” kitobidan

keyin eng ko‘p nashr etilgan kitoblardan biri bo‘lib, 500 yil

davomida dunyoning ko‘plab nufuzli oliy o‘quv yurtlarida barcha

talabalar uchun darslik sifatida o‘rganib kelingan. Buyuk

mutafakkir Al-Farg‘oniy astronomiya fanida birinchi bo‘lib,

geliosetrik nazariyani asoschisi bo‘lgan ya’ni Yerni Quyosh

atrofida aylanishini aniq hisob — kitoblar bilan isbotlab bergan.

XV asrdayoq Samarqandda Mirzo Ulug‘bek observatoriya barpo

etib, yulduzlar xaritasini tuzgan. U yulduzlar joylashuvini shu

qadar aniq hisoblanganki, hozirgi fan-texnika bu ma’lumotlarni

atiga bir necha daqiqalarga farq qilishini isbotlagan. Bundan

ko‘rinib turibdiki, bizning ota-bobolarimiz jahon sivilizatsiyasiga

ulkan hissa qo‘shgan.

Sobiq sho‘rolar davridagi ta’lim tizimiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u

darvlarda hatto O‘zbekistonning o‘zining milliy ta’lim tizimi joriy

etilmagani ayanchli holatdir. Asosan ta’lim tizimi sobiq

markazning hukmron mafkura manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi.

Aytaylik, aksariyat fanlar o‘quv dasturiga kiritilmagan. Birgina

O‘zbekiston tarixi fanini oladigan bo‘lsak, ushbu fan xolis

o‘rganilmas, o‘quv dasturida bu fanga ajratilgan soatlarning katta

qismi sobiq ittifoq tarixini o‘rganishga bag‘ishlanar edi.

O‘quvchilar ongi Vatanimiz tarixining noto‘g‘ri talqin qilingan

hodisalari bilan to‘ldirilar edi. Milliy qadriyat va ma’naviyat

toptalar, asl o‘zbek olimlarini va buyuk davlat arboblari,

sarkardalari hayot va ijod yo‘llari qoralangan. Bunga misol Imom

Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Ahmad

Yassaviy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bahouddin




Naqshband, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon va

hokazolarni keltirish mumkin.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, barcha sohalarda

tub islohotlar amalga oshirila boshladi. Ayniqsa ta’lim sohasiga

katta e’tibor qaratildi. Ta’lim-tarbiya tizimi takomillashgani sayin

odamlarning ma’naviyati, ongi, tafakkur doirasi shakllanib,

yuksalib bordi. Ta’lim tizimini har tamonlama, shaklan va

mazmunan isloh qilish, yangilash lozim edi. Zero, jamiyat yangi

shaxsni tarbiyalashni talab etayotgan bir paytda odamlarning

ongi, dunyo qarashi, bilim saviyasini o‘zgartirmay, uni

zamonaviylashtirmay turib yangi jamiyatni barpo etib

bo‘lmasdi. (Manba: m.mfa.uz)

Yurtboshimiz Islom Karimov mustaqillik yillarida ushbu jihatlarni

inobatga olgan holda, odamlarda yangicha, milliy qadriyat va

an’analarimizga asoslangan dunyoqarashni shakillantirish

maqsadida, ta’lim va tarbiyaga juda katta e’tibor qaratganlar.

Jumladan u: “Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik

faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodning barcha eng

yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati

uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab

olinadi va yosh avlodga o‘tadi. Yoshlar, ularning iqtidorliligi va

bilim olishga chanqoqligidan ta’lim va ma’naviyatni tushunib

yetish boshlanadi”. (O‘zbekiston milliy istiqlol, iqtisodiyot, siyosat

mafkura. T. 1996y, 82-bet)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil, 11-martdagi

“Respublika oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul

qilishni takomillashitirish to‘g‘risida”gi PF-361-sonli farmoniga




asosan, mamlakatimizda mavjud oliy o‘quv yurtlariga qobiliyatli

yoshlarni tanlab olish tizmiga katta o‘zgarishlar kiritildi. Dastlab

respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovi asosida

o‘qishga qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan bo‘lib, oradan bir yil

o‘tib, bu ko‘rsatkich 19 taga yetkazildi. 1994-yil 14-maydagi 258-

sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat

test markazi tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan Oliy o‘quv

yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga abituriyentlar tanlash bo‘yicha

Respublika markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Davlat test markaziga aylantirildi. Davlat test markazi

(DTM) asosiy vazifasi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga test

sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish hisoblanadi.

DTM tomonidan tuziladigan test savollari haqida so‘z borganda,

dastlab, 1992-yilda ular ikki variantli ko‘rinishda bo‘lib,

cheklangan fanlardan 50 tadan savollarni o‘z ichiga olgan edi. Bu

ko‘rsatkich yildan-yilga yaxshilanib bordi. Jumladan 1995-yilga

kelib, testlar 3 variantlilik asnosida 36 ta savoldan tashkil topgan

bo‘lib, gumanitar, aniq va chet tillarini o‘z ichiga olgan edi. Shunga

qaramay, kam miqdordagi test variantlarda yetarlicha cheklangan

hajmdagi test materiallaridan foydalanish bilimlar darajasini

baholash, aniqlashda xolislik va muvofiq moslikni ta’minlay

olmadi, maxfiylikni muhofaza qilish tartibini murakkablashtirdi.

Shu maqsadda 1996-yildan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga

kirish sinovlarida test topshiriqlari variantlarini ta’lim

yo‘nalishlari, mutaxasisliklar va ta’lim tillari bo‘yicha kompyuter

yordamida generatsiyalash(tuzish)ga asoslanuvchi yangi, ko‘p

variantli tizimi yaratildi va amaliyotga tatbiq etildi. Ushbu test




tizimidan hozirgi kunda ham foydalanib

kelinmoqda. (Manba:



www.dtm.uz)

Shu bilan bir qatorda, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga alohida

to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston

Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi

N464-i qonuni, ta’lim sohasidaga barcha savollarga aniq oydinlik

kiritdi. 34 ta moddadan iborat ushbu qaror, ta’lim jarayonining

barcha jabhalarini qamrab olgan bo‘lib, o‘z o‘rnida barcha

masalalar aniq va ravshan holda yoritilib berilgan. Jumladan 4-

moddada yozilishicha: “Jinsi, tili, yoshi, irqi, milliy mansubligi,

e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi,

ijtimoiy mavqei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida

qancha vaqt yashayotganligidan qat’i nazar, har kimga bilim

olishda teng huquqlar kafolatlanadi” deyilgan bo‘lib, bu ta’lim

sohasidagi me’yorlarni qanchalik tartibga solinganligidan dalolat

beradi.

Xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy

qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan texnika

va texnologiyalari yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning

mukammal tizimini shakllantirish yurtimiz taraqqiyotining

muhim shartlaridan biridir. Shu maqsadda, O‘zbekiston

Respublikasining 1997-yil 29-avgustda “Kadrlar tayyolash milliy

dasturi to‘grisida”gi qonuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu dastur

“Ta’lim to‘g‘rida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining

qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan. Uning ustuvor

vazifalariga, milliy va xorijiy ta’lim tizimi asosida tayyorlangan

hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va

ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda



mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol

vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi

avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Dastur kadrlar

tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama

kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-

hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta

o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-

pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat,

davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni

tarbiyalashni nazarda tutadi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, bu ikki qonun ta’lim tizimidagi chuqur

islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Mamlakatimizda

ta’lim taraqqiyoti shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy,

ilmiy-texnikaviy hamda madaniy ehtiyojlarini ta’minlaydigan

ustuvor soha sifatida qonunan belgilab berdi.


Download 122,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish