Lola ISROILOVA
Navoiy davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
UMUMIY
O‘RTA
TA’LIM
MAKTABLARI
INFORMATIKA
VA
AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI
DARSLARIDA
KOMPYUTER
MONITORIDAN
FOYDALANISH
USULLARI
Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari darslarida
monitor va undan foydalanish usullari ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar. Monitor, elektron nurli trubkali, suyuq kristalli (LCD), plazmali panellar, sensorli
ekranlar.
В статье разработаны методы и использования монитора на уроках информатики и
информационных технологий в средних общеобразовательных школах.
Ключевые слова. Монитор, трубка с электронным светом, жидкокристаллическая (LCD),
плазменные панели, сенсорные экраны.
The article elaborates on the methods of monitoring and using in Informatics and Information
Technology lessons in secondary schools in general.
Key words. Monitor, electronic light tube, liquid crystal (LCD), plasma panels, touch screens.
Jamiyatning zamonaviy rivojlanish bosqichi axborot texnologiyalari vositalarining juda tez
sur’atlarda rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Axborot texnologiyalari odamlarning hayotini yanada
mazmunli, qulay (komfortli) qilyapti, mehnatning sifati va samaradorligini o‘sishiga imkon yaratyapti,
hayotni yangi ma’no – mazmun bilan to‘ldiryapti. Axborot texnologiyalari shunchalik chuqur darajada
kundalik turmushimizga kirib bordiki, ko‘pchilik odamlar uni oddiy, o‘z atrof muhitining odatiy predmeti
sifatida qabul qilishadi, ularsiz o‘z hayotini to‘la – to‘kis taavvur eta olmaydi. Zamonaviy axborot
texnologiyalari vositalaridan biri monitor hisoblanadi.
Monitor matn va grafik ma’lumotlarni chiqarish uchun qurilma. Monitor kompyuterning ish
jarayonida vujudga keladigan axborotlarning zarur qismini ekranda yoritib berishni ta’minlaydi. Monitor
matn yoki grafik holatida ishlaydi. Matn holatida ekran belgi o‘rinlari deb yuritiluvchi alohida qismlarga
bo‘linadi. Grafik holatda ekran piksel deb ataluvchi nuqtalar to‘plamidan tashkil topadi. Ikkala holatda ham
belgi yoki pikselning ranglari, fonning rangi, ravshanligi va boshqa parametrlar haqidagi ma’lumotlar
videoxotirada saqlanadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori monitorning imkon darajasi, deb
ataladi. Hozirgi davrda grafik adapteri VGA, SVGA, XGA turda bo‘lgan monitorlar keng tarqalgan.
Monitor (lotincha so‘z bo‘lib, «eslatuvchi», «xabar beruvchi» ma’nolarini angla tadi) kompyu
terdagi matn, grafik va boshqa turdagi ma’lumot larni ekranda aks ettirish qurilmasi (1,2,3,4-rasmlar) bo‘lib,
uning bir necha turlari mavjud:
Elektron nurli trubkali;
Suyuq kristalli (LCD);
Plazmali panellar;
Sensorli ekranlar.
1-rasm 2-rasm 3-rasm 4-rasm
Elektron nurli trubkali Suyuq kristalli Plazmali panellar Sensorli ekranlar
Elektron nurli trubka asosida ishlaydigan monitor (CRT, ENT monitor). Elektron nurli trubka
asosidagi monitorni ishlash tamoyili oddiy televizor ishlash tamoyilidan ozgina farq qiladi. Bu turdagi
monitor elektr nurli trubkadan chiqayotgan elektronlar asosida ishlaydi, elektronlar lominoform bilan
qoplangan sloyga ichki tomondan urilib, 3 ta asosiy rang(qizil, yashil, ko‘k RGB) asosida qolgan ranglarni
chiqaradi.
Hozirgi kunda bu turdagi monitor quyida keltirilgan kamchiliklari sababli, texnika bozorida o‘z
o‘rnini yo‘qotdi:
katta hajmdaligi;
og‘irligi;
elektro-magnit nurlanishning kuchliligi;
elektr ta’minotni ko‘p sarflashi.
Shunday bo‘lsa ham, bunday monitor rasm va boshqa ob’yektlarni aniq va tiniq ko‘rsata oladi, shu
sababli arxitektor, dizayner va shunga o‘xshash kasb egalari CRT monitoridan hali ham foydalanadi.
Suyuq kristalli monitorlar – LCD displey (Liquid-Crystal Display) deb ataladi. Bu monitor to‘liq
suyuq kristallardan tashkil topgan. Dastlab bunday texnologiya kalkulyatorlarda, kvars soatlarda qo‘llanib
ko‘rilgan, keyinchalik monitorlarga ham ishlatila boshlangan. Asosi suyuqlik bo‘lganligi sababli, bu xildagi
monitorning ko‘rish burchagi bo‘lib, monitordagi ob’yektlar har xil burchak ostida har xil namoyon bo‘ladi.
Hozirgi kunda bu turdagi monitor axborot texnologiyalari bozorini egallab olgan, bunga sabab:
hajmi kichik;
yengil;
elektro-magnit nurlanishlar kam;
elektr toki kam sarflaydi.
Plazmali monitorlar (PDP — gaz-plazma display panel). Bu tur monitorning asosi gaz bilan
to‘ldirilgan oynali paneldir. Eng asosiysi katta o‘lchamda mavjud va tasvirlar juda aniq ko‘rsatiladi. Bu tur
monitorlar hali unchalik rivojlanmagan, sababi:
qimmat;
energi sarfi ko‘proq.
Sensorli ekranlar guruhini alohida ajratib ko‘rsatish kerak, chunki ular nafaqat ma’lumotlarni
ekranga chiqarish, balki ularni kiritish imkonini beradi, ya’ni ular kiritish-chiqarish qurilmalari sinfiga
mansubdir. Bunday ekranlar kompyuter bilan muloqatning eng oddiy va qisqa yo‘lini ta’minlaydi, chunki
sizni qiziqtirgan narsani
ko‘rsatishingiz yetarli bo‘ladi. Kiritish qurilmasi monitorning o‘ziga joylashtirilgan bo‘lib, ko‘pincha
axborot-qidiruv tizimlarida qo‘llaniladi.
Sensorli ekran monitorlari an’anaviy, asosiy monitorlardan va shaxsiy kompyuter tizimlaridan ancha
ustundir. Qaysi kompyuter bitta iste'molchi uchun ideal ekanligini aniqlash juda qiyin, lekin hech
bo‘lmaganda, sensorli ekranli kompyuterlarning mavjudligi haqida bilib olgach, u bunday monitorlarni
taqdim etadigan afzalliklar haqida o‘ylashni boshlaydi. Bu monitorning asosiy afzalliklari:
monitorni ishlatish juda oson;
klaviatura o‘rniga ekrandan foydalanish mumkin;
kam vaqt sarflanadi;
klaviaturani, sichqonchani yoki boshqa jihozlarni sotib olishning hojati yo‘q.
Sensorli ekranli monitorni ishlatish juda oson. Ba’zi odamlar uchun, standart kompyuter tizimini
qo‘llash juda qiyin vazifa bo‘lishi mumkin. Bugungi, zamonaviy, tez o‘zgaruvchan dunyoda, odamlar aslida
Do'stlaringiz bilan baham: