- yo’l xo’jaligi ob’ektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va jihozlashning aniq
ro’yxatlarini
belgilangan tartibda kelishish;
- umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llaridan foydalanish va ularni saqlash bo’yicha
xarajatlar smetalarini ro’yxatdan o’tkazish;
- umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va
jihozlashni tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq moliyalashtirish, Jamg’arma mablag’laridan
foydalanishning qonuniyligi va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish.
Yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda jamg’arma quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
-Respublika yo’l jamg’armasi daromadlari va xarajatlarining har yillik balanslarini ishlab chiqadi
va yig’ma Davlat byudjeti loyihasiga kiritish uchun belgilangan muddatlarda O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;
- Jamg’arma kelgusi yil xarajatlarining tasdiqlangan parametrlarini "O’zavtoyo’l" davlat-
aktsiyadorlik kompaniyasiga, daromadlarining yil choraklari bo’yicha taqsimlangan parametrlarini
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga va Davlat bojxona qo’mitasiga etkazadi;
- Jamg’arma daromadlarining tushum manbalari va respublika mintaqalari bo’yicha, shuningdek
xarajatlarining asosiy yo’nalishlari bo’yicha hisobini
olib boradi;
- Davlat soliq qo’mitasi va Davlat bojxona qo’mitasi bilan birgalikda Jamg’armaga to’lovlar o’z
vaqtida va to’liq tushishini ta’minlash
ishlarini olib boradi;
- daromadlar tushishi prognozi bajarilishini tahlil qiladi, Davlat soliq qo’mitasi va Davlat bojxona
qo’mitasi bilan birgalikda daromadlar tushishi prognozi bajarilishiga salbiy ta’sir ko’rsatgan
omillarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’radi;
- yo’l xo’jaligi ob’ektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash
bo’yicha yig’ma aniq ro’yxatlarni ko’rib chiqadi va "O’zavtoyo’l" davlat-aktsiyadorlik
kompaniyasi tasdiqlashi uchun rozilik beradi;
-umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llarini saqlash va ta’mirlash uchun xarajatlar smetasini
belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazadi;
- "O’zavtoyo’l" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan investitsiya
loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlarini hamda umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llarini
qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va jihozlash bo’yicha tender jujjatlarini ekspertizadan
o’tkazadi;
- o’tkazilgan ekspertiza natijalari bo’yicha investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy
asoslashlarida tender jujjatlaridagi qonun buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan xulosa (yozma
ko’rsatma) beradi;
- Jamg’arma mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
- Jamg’arma mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanish masalalari bo’yicha "O’zavtoyo’l"
davlat-aktsiyadorlik kompaniyasida, yo’l-qurilish hududiy sho’’ba tashkilotlarida va yo’l xo’jaligi
tuman pudrat ta’mirlash-foydalanish korxonalarida hujjatli tekshirishlar va taftishlar o’tkazish;
- tekshirishlar va taftishlarda aniqlangan qonun buzilishlar va kamchiliklarni bartaraf etish,
shuningdek belgilangan tartibda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli jazo choralari berish
to’g’risida takliflar kiritadi;
- daromadlar va xarajatlarni shakllantirish tartibini, shuningdek Jamg’armaga ajratmalar va
yig’imlar stavkalarini takomillashtirish yuzasidan maqsadli ishlarni olib boradi;
-Jamg’arma daromadlari va xarajatlari bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va
tasdiqlash uchun tegishli organlarga kiritadi;
- umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal
ta’mirlash va jihozlash bo’yicha belgilangan tartibda tasdiqlanadigan aniq ro’yxatlar va xarajatlar
smetasi asosida, shuningdek yo’l xo’jaligi ob’ektlari bo’yicha qurilish va ta’mirlash ishlarining
amalda bajarilishini hisobga olgan holda Fond xarajatlarini moliyalashtiradi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi
quyidagi huquqlarga ega:
- Jamg’arma mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida
"O’zavtoyo’l" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasida va uning tarkibiga kiruvchi yo’l-qurilish
hududiy sho’’ba tashkilotlarida, shuningdek yo’l xo’jaligi tuman pudrat ta’mirlash-foydalanish
korxonalarida hamda Jamg’arma mablag’laridan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan boshqa
tashkilotlarda taftishlar va tekshirishlar o’tkazish;
- qurilish, ta’mirlash, boshqa ishlar hajmlarini nazorat tartibida o’lchash hamda boshqa
tekshirishlar uchun tegishli idoralar va vakolatli banklar mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb
qilish;
-tekshirilayotgan tashkilot rahbarlaridan va mansabdor shaxslaridan taftishlar va tekshirishlar
o’tkazishda paydo bo’luvchi masalalar, moliyaviy intizomni buzish hollari yuzasidan
tushuntirishlar
berishni,
shuningdek
ma’lumotnomalarni,
taftishlar
va
tekshirishlar
dalolatnomalarini imzolashni
talab qilish;
-taftishlar va tekshirishlar materiallari bo’yicha moliyaviy intizomni buzish hollarini bartaraf
etish, moddiy zararni qoplash, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan tegishli takliflar
kiritish;
-moliyaviy intizomni buzish hollari aniqlangan taqdirda taftishlar va tekshirishlar
materiallarini huquqni muhofaza qilish organlariga berish;
- Jamg’arma mablag’lari tushishida va ularni sarflashdagi kamchiliklar va qonun
buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan
takliflar kiritish;
- aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan amalagi qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa chora-tadbirlar ko’rish;
quyidagilardan:
a) O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va Davlat bojxona qo’mitasidan - tezkor
hisobotni hamda ajratmalar hisoblanganligi va tushganligi to’g’risidagi boshqa ma’lumotlarni,
Jamg’armaga to’lovlar bo’yicha vaqtida to’lanmagan to’lovlar miqdori haqidagi ma’lumotlarni;
b) tijorat banklaridan - Jamg’arma mablag’larining harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni;
v) "O’zavtoyo’l" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi va uning bo’linmalaridan - yillik
buxgalteriya va statistika hisobotini olish.
Respublika yo’l Jamg’armasining majburiyatlari:
-yuklangan vazifalarga muvofiq Jamg’arma mablag’laridan qat’iy maqsadli foydalanilishini
ta’minlash;
-O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va Davlat bojxona qo’mitasi bilan
birgalikda Jamg’arma daromadlari prognozining tushum turlari va mintaqalar bo’yicha bajarilishi
ahvolini tahlil qilish hamda daromadlar uzluksiz tushishiga salbiy ta’sir ko’rsatgan omillar asosida
ularni bartaraf etish yuzasidan qo’shma chora-tadbirlar ko’rish;
-"O’zavtoyo’l" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasiga:
a) O’rta muddatli va uzoq muddatli dasturlarni hamda respublikada avtomobil yo’llari
tarmog’ini rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha alohida investitsiya loyihalarini ishlab
chiqish va amalga oshirishda;
b) umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llariga, ko’priklar, tonnellarga, eng avvalo
xalqaro va respublika ahamiyatiga ega bo’lgan avtomobil yo’llariga, ko’priklar, tonnellarga
kompleks xizmat ko’rsatish, ularning o’tkazish imkoniyatlarining zarur darajadagi texnik holatini
ta’minlashda;
v) respublikada avtomobil yo’llari tarmog’ini rivojlantirish va takomillashtirishda yagona
texnika, investitsiya va tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda ko’maklashish.
O’zbekiston Respublikai Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi PQ-1449-sonli
“O’zbekiston Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va
Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida” gi qaroriga muvofiq 2011 yilda Respublika yo’l
jamg’armasining asosiy daromadlarini shakllantirish turli manbalar asosida amalga oshirilib,
ularning asosiy yo’nalishlari va stavkalari quyida keltirilgan 5,6 -jadvallarda o’z aksini topgan.