Pensiya ishi



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#208913
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   212
Bog'liq
Davlat maqsadli va bujetdan tashqari jamgarmalar

Boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiyalar 
Vafot  etgan  boquvchining  qaramog‘ida  bo‘lgan  mehnatga  qobiliyatsiz  oila  a’zolari 
boquvchisini  yo‘qotganlik pensiyasi  olish  huquqiga  ega bo‘ladi.  Bunda farzandlarga pensiya ular 
boquvchining qaramog‘ida turgan-turmaganidan qat’i nazar tayinlanadi.Marhumning qaramog‘ida 
turmagan ota-onasi va eri (xotini) ham, keyinchalik kun kechirish uchun zarur mablag‘‘ manbaidan 
mahrum bo‘lib qolsalar, pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. 
Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar: 
a)  bolalar,  aka-ukalar,  opa-singillar  va  nabiralar  16  yoshga  to‘lmagan  bo‘lsa  yoki  16 
yoshdan  katta  bo‘lsa  ham  16  yoshga  to‘lmasdan  nogiron  bo‘lib  qolgan  bo‘lsalar.  Bunda  aka-
ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa; 
b)  ota,  ona,  o‘gay  ota,  o‘gay  ona,  xotin,  er,  basharti,  ular  pensiya  yoshiga  to‘lgan  yoki 
nogiron bo‘lsalar; 
v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud 
buva,  buvi,  aka-uka  yoki  opa-singil,  agar  u  vafot  etgan  boquvchining  bolalari,  aka-ukalari,  opa-
singillari  yoki  nabiralarini,  ishlovchilarga  bolaga  qarash  uchun  ish  haqi  saqlanmagan  ta’tilda 
bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa; 
g) buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar bo‘lmasa. 
O’quvchilar  18  yoshga  to‘lgunga  qadar  boquvchisini  yo‘qotganlik  pensiyasi  olish 
huquqiga  egadirlar.  Boquvchisini  yo‘qotganlik  pensiyasi  olish  huquqiga  ega  bo‘lgan  voyaga 
etmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab qoladilar. 
O’gay  o‘g‘il  va  o‘gay  qiz,  agar  ular  ota-onalaridan  aliment  olmagan  bo‘lsalar,  haqiqiy 
farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar. O’gay ota va o‘gay ona, agar vafot etgan o‘gay 
                                                           
39
  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2015  yil  26avgustdagi  “Ish  haqi,  pensiyalar,  stipendiyalar  va  nafaqalar 
miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni asosida (“Toshkent oqshomi” gazetasi 27 avgust 2015 y. №176-177) 


o‘g‘ilni (qizni) 18 yoshga to‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan bo‘lsalar, haqiqiy 
ota va ona singari pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. 
Oila  a’zolari,  agar  ular  marhumning  to‘liq  boquvida  bo‘lgan  yoki  undan  yordam  olib 
turgan  bo‘lsalar,  bu  yordam  ular  uchun  doimiy  va  asosiy  kun  kechirish  mablag‘‘ining  manbai 
hisoblangan  bo‘lsa,  marhumning  qaramog‘ida  turgan  deb  hisoblanadilar.  Marhumning  biron 
turdagi  pensiya  olayotgan  oila  a’zolari,  agar  marhumning  yordami  ular  uchun  doimiy  va  asosiy 
kun kechirish mablag‘‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa — boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasiga 
o‘tish huquqiga egadirlar. 
Mehnatda  mayiblanganlik  yoki  kasb  kasalligiga  chalinganlik  oqibatida  vafot  etgan 
boquvchining  oilasiga,  shuningdek  marhum  pensionerning  oilasiga  pensiya  boquvchining  ish 
stajidan  qat’i  nazar  tayinlanadi.  Basharti,  boquvchi  vafot  etgan  kunga  qadar  unga  nogironlik 
pensiyasi tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega bo‘lgan bo‘lsa, umumiy kasallik  yoki ish bilan 
bog‘liq  bo‘lmagan  mayiblanish  oqibatida  vafot  etgan  boquvchisini  yo‘qotganlik  pensiyasi 
tayinlanadi.  Boshqa  mamlakatlardan  ko‘chib  kelgan  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolarining 
oilalariga, basharti, boquvchi O‘zbekiston Respublikasida ishlamagan bo‘lsa, pensiyalar quyidagi 
hollarda tayinlanadi: 
a)  boshqa  mamlakatlarda  boquvchisini  yo‘qotganlik  pensiyasini  olgan  oilalarga  — 
boquvchisining ish stajidan qat’i nazar; 
b)  pensiya  olmagan  oilalarga  —  basharti,  boquvchi  ishlash  to‘xtatilgan  kunga  qadar 
tegishli  stajga  ega  bo‘lgan  bo‘lsa,  mehnatda  mayiblanganlik  yoki  kasb  kasalligiga  chalinganlik 
oqibatida vafot etgan taqdirda esa — boquvchining ish stajidan qat’i nazar. 
Umumiy  kasallik  oqibatida  vafot  etgan  hamda  nogironlik  pensiyasini  tayinlash  uchun 
etarlicha ish  stajiga ega  bo‘lmagan boquvchisini  yo‘qotgan oila a’zolariga pensiya boquvchining 
bor stajiga mutanosib ravishdagi miqdorda tayinlanash. 
 
5.  Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda Pensiya jamg’armasi 
faoliyatining muammolari va ularni bartaraf etish choralari 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  hukumati  ijtimoiy  masalalar,  ijtimoiy  sohani 
moliyaviy  ta’minlash  masalalariga  alohida  e’tibor  bera  boshladi.  Qabul  qilingan  bir  necha 
me’yoriy  va  qonuniy  hujjatlar  asosida  Pensiya  jamg‘armasini  boshqarish  borasida  uning 
strukturasiga  ko‘plab  o‘zgartirishlar  kiritildi.  Mamlakatda    amalga  oshirilgan  chora-tadbirlar 
pensiya  tizimining  qator  muammolarini  to‘liq  hal  qilish  imkonini  bermadi.  Bunday  muammolar 
qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 

 
majburiy pensiya badallarining nisbatan  yuqoriligi, pensiya badallari to‘lovi bo‘yicha 
ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi tafovutning kattaligi; 

 
pensiya jamg‘armasiga majburiy badallar bo‘yicha boqimandalarning miqdori nisbatan 
yuqoriligi; 

 
pensiya  jamg‘armasidan  uning  maqsadlariga  nomuvofiq  ravishda  nafaqalar  to‘lash 
amaliyotini davom etayotganligi. 
Bu  muammolar  keyingi  10  yillik  davomida  bir  qator  me’yoriy  va  qonuniy  hujjatlarga 
o‘zgartirishlar  kiritish  asosida  bosqichma-bosqich  bartaraf  etib  borildi.  Bularni  quyidagilarda 
ko‘rish mumkin:  

 
Pensiya  jamg‘armasi  O‘zbekiston  Respublikasining  budjetdan  tashqari  Pensiya 
jamg‘armasiga  aylantirildi  hamda  unga  to‘lanadigan  majburiy  to‘lovlar  davlat  soliqlari  va 
yig‘imlariga tenglashtiriladi, hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga mablag‘ to‘plash va 
mablag‘ to‘liq tushishi  ustidan nazorat  qilish  funksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo‘mitasiga yuklatildi; 

 
Pensiya  jamg‘armasidan  uning  maqsadlariga  nomuvofiq  ravishda  nafaqalar  to‘lash 
amaliyotini  kamaytirish maqsadida, vaqtinchalik  mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish 


hamda  bolalikdan  nogironlik  nafaqalari  mablag‘larini  moliyalashtirish  manbai  budjetdan  tashqari 
Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan chiqarildi; 

 
Pensiya  jamg‘armasidan  chiqarilgan  nafaqalar  miqdori  hisobiga  unga  to‘lanadigan 
yagona  ijtimoiy  to‘lov  miqdori  kamayib,  budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasiga  majburiy 
sug‘urta badali o‘rtasidagi tafovut qisqarib bordi. 

 
Pensiya jamg‘armasining mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasining  “Fuqarolarning  davlat  pensiya  ta’minoti  to‘g‘risida”gi  qonuniga  qator 
o‘zgartirishlar kiritilishi asosida samarasiz muddatidan oldin yoshga doir pensiya chiqish va turli 
boshqa imtiyozlar kamaytirildi va boshqalar. 
Bu  borada  ko‘plab  ishlar  amalga  oshirilgan  bo‘lsada,  hali  hanuz  qonunchiligimizga 
kiritilishi  kerak  bo‘lgan  o‘zgartirish  ko‘plab  topiladi.  O‘zbekiston  Respublikasining 
“Fuqarolarning  davlat  pensiya  ta’minoti  to‘g‘risida”gi  qonunining  tahlili  ko‘rsatishicha, 
amaliyotda ko‘pchilik hollarda belgilangan pensiya miqdori ishlovchining pensiya jamg‘armasiga 
to‘laydigan majburiy badallaridan miqdor va hajmlari  bilan bevosita bog‘lanmagan. Birinchidan, 
jinsi bo‘yicha fuqarolarning pensiya jamg‘armasining daromad va xarajat qismlaridagi ishtirokida 
nomuvofiqlik  mavjud.  2015  yil  1  yanvar  holatiga  ayollarning  yoshga  doir  pensiya  oluvchilar 
tarkibidagi ulushi 66.96 foizni tashkil qilgan va bu ko‘rsatkich yildan-yilga o‘sib bormoqda. 
Yoshga  doir  pensiya  olish  huquqiga  ega  bo‘lish  uchun  ayollar  pensiya  jamg‘armasida  20 
yil, erkaklar esa 25 yil davomida ishtirok etishi kerak. o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 7 yilga uzayib, 
erkaklar o‘rtasida 73,5  yoshga, ayollar o‘rtasida 75,8 yoshga  yetganini hisobga oladigan bo‘lsak, 
ayollar pensiya jamg‘armasining xarajatlar qismidagi salmog‘i ko‘proq. 
Pensiya  belgilashda  jinsi  bo‘yicha  fuqarolarning  pensiya  jamg‘armasining  daromad 
qismida  ishtirokining  har  bir  yilini  baholashda  ancha  farqlar  mavjud.  Ayollarning  pensiya 
jamg‘armasida ishtirokining har bir yili 2,75% (talab etiladigan staj  – 20 yil), erkaklarda – 2,2% 
(talab etiladigan staj – 25 yil) kabi baholanadi. 
Qonunchilik  aholining  ko‘pchilik  toifalari  va  guruhlariga  stajni  ikkiga  ko‘paytirib 
hisoblash,  ishlamagan  davrlarni  stajga  hisoblash  (guruh  nogironiga  yoki  16  yoshgacha  bo‘lgan 
nogiron bolaga, shuningdek 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqti, farzand 3 yoshga 
to‘lguniga  qadar  parvarishlash  vaqti  va  ofitserlar  tarkibidan  bo‘lgan  shaxslarning, 
praporshchiklarning,  michmanlarning  va  muddatdan  tashqari  xizmat  harbiy  xizmatchilarning 
xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqti) va 
pensiya xarajatlarining qo‘shimcha manbalariga ega bo‘lmagan turli qo‘shimchalar ko‘rinishidagi 
salmoqli imtiyozlar beradi. 
Bozor  munosabatlariga  o‘tish  sharoitida  pensiyani  tayinlash  uchun  hujjatlarni 
rasmiylashtirish  va  ularning  to‘g‘ri  hisoblanishini  tekshirish  muammosi  vujudga  keladi.  Bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida respublikamizda mulkchilik shakllarini rivojlantirishga katta e’tibor 
qaratilayotgan  va  tuzilmaviy  o‘zgarishlar  amalga  oshirilayotgan  davrda  ko‘pchilik 
muassasalarning  o‘z  nomlanishi  va  idoraviy  bo‘ysunganligini  o‘zgartirayotganligi,  korxonalarni 
qayta  tashkil  etish,  tugatish  yoki  yangi  tashkil  etilishi  natijasida  ularning  tez  harakatlanishi  ro‘y 
bermoqda.  Bularning  hammasi  budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasi  bo‘limlari  ishini 
qiyinlashtiradi  va  pensiyalarni  hujjatlashtirish  bilan  bog‘liq  qo‘shimcha  muammolarni  keltirib 
chiqarmoqda. Bozor munosabatlarini shakllanishi va chuqurlashuvi jarayonida bunday muammolar 
yanada ko‘payib boradi. Shuning uchun hozirdanoq pensiya jamg‘armasi bo‘limlarida ish staji va 
pensiya  badallarini  elektron  bazasini  yuritishga  o‘tish  darkor.  Uning  ma’lumotlar  bazasini  soliq 
to‘lovchilarning  identifikatsion  raqami  asosida  yuritilishi  va  baza  markazlashtirilgan  holda 
boshqarilishi maqsadga muvofiq deb o‘ylayman. 
Jahon  tajribasidan  ma’lumki,  pensiya  jamg‘armasi  daromadlari  va  xarajatlari 
mutanosibligini  ta’minlash,  xarajatlari  ustidan  samarali  nazorat  tizimini  yo‘lga  qo‘yish, 
daromadlarini o‘z vaqtida shakllantirish, tushumlarni uzluksiz tushishini ta’minlash ular samarali 
faoliyatining  muhim  omili  hisoblanadi.  Tayinlangan  pensiya  va  nafaqalarni  o‘z  vaqtida  va 


belgilangan  hajmda  mablag‘  bilan  ta’minlashda  pensiya  jamg‘armasi  daromadlarini  barqaror 
darajada bo‘lishi talab etadi. 
Shu bilan birga, vaqt  rejimida kelib tushishi kerak bo‘lgan tushumlarni xarajatlar hajmiga 
mutanosib ravishda ta’minlab borish bir muncha murakkab jarayondir. 
Umuman,  aholining  keksayishi  o‘sib  borayotgan  bir  sharoitda  pensiya  ta’minotiga  va 
pensiya yoshidagilarga xizmat ko‘rsatishga (tibbiy xizmat, pensionerlarni boqish va hk.) ketadigan 
xarajatlarga  manbalar  qidirish  muammosini  dolzarb  qilib  qo‘ymoqda.  Yevropa  mamlakatlarida 
aholining keksayishi bilan bog‘liq pensiya ta’minotiga xarajatlar yaqin 10-30-yil ichida YaIM ning 
14-20 foizidan oshib ketdi. 
Ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 60 yoshli keksalar aholining umumiy sonida 2005-yil 6,2 fozini 
tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilga kelib bu ko‘rsatkich 8,5 foizga yetdi.
 40
 
Shu  bois  ham,  respublikamizda  istiqbolda  umumiy  aholi  tarkibida  keksalar  salmog‘ining 
oshib borishi pensiya jamg‘armasi daromad manbalarini barqaror darajasini ta’minlashni, daromad 
manbalarini kengaytirishni taqazo etmoqda. 
Mamlakatimiz  pensiya  ta’minotining  moliyaviy  muammolari  ko‘p  jihatdan  imtiyozli 
pensiya  ta’minoti  muammolari  bilan  bog‘liq.  2011  yil  1  yanvardan  boshlab  ko‘plab  maqsadsiz, 
samarasiz  imtiyozlarning  kamaytirilishiga  qaramasdan  hozirda  ularning  soni  jami  yoshga  doir 
pensiya oluvchilar tarkibida 40 foizdan ortiq qisminini tashkil etadi. 
 
Rejalashtirilgan  birdamlik,  taqqsimot  tizimida  imtiyozli  pensiyalar  alohida  kategoriyadagi 
mehnat  faoliyati  kasblar  va  lavozimlarga,  zararli  mehnat  sharoitlari  va  pasaytirilgan  ish  haqini 
kompensatsiyalashning  o‘ziga  xos  yo‘li  sifatida  qaralib  kelingan.  Biroq,  bozor  munosabatlariga 
o‘tish sharoitida, korxonalar haq to‘lashning miqdori va shaklini, shuningdek mehnat sharoitlarini 
o‘zlari  belgilaganida, imtiyozli pensiya ta’minoti  o‘zining avvalgi  maqomini  yo‘qotmadi.  Zararli 
va og‘ir mehnat sharoitlari uchun beriladigan kompensatsiya  bugungi  kunda ishlovchilarning ish 
haqlari  miqdoriga  kiritilgan.  Bundan  tashqari  ko‘pchilik  kasb  turlari,  yangi,  ancha  zamonaviy 
zararsiz, ilg‘or texnologiya va mexanizmlar qo‘llanilayotganligi sababli, oldingidek zararli va og‘ir 
hisoblanmaydi.  Bularni  inobatga  olgan  holda  imtiyozli  asosda  pensiyaga  chiqishdan  bosqichma-
bosqich voz kechish lozim. 
“Fuqarolarning  davlat  pensiya  ta’minoti  to‘g‘risida”gi  qonunning  14-moddasiga  asosan 
texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) 
yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning 
tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar: 
erkaklar - 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; 
ayollar  -  53  yoshga  to‘lganda  va  ish  staji  kamida  20  yil  bo‘lgan  taqdirda  pensiya  olish 
huquqiga ega bo‘ladilar va pensiya Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi jamg‘armasi 
mablag‘lari  hisobidan  qoplanadi.  Oxirgi  yillarda  yagona  ijtimoiy  to‘lovdan  bu  jamg‘armaga 
faqatgina  0,1  foiz  miqdorida  ajratma  ajratilayotgani  bu  imtiyoz  bo‘yicha  pensiya  tayinlashni 
qisqarib  ketganligiga  sabab  bo‘lmoqda.  hozirda  bu  imtiyoz  bo‘yicha  pensiya  oluvchilar  oz 
miqdorni tashkil qilmoqda. 
Arxiv  xizmati  faoliyatidagi  ko‘plab  aniqlanayotgan  kamchiliklardan  kelib  chiqib, 
arxivlarga  topshirilayotgan  hujjatlarning  sifatsizligi  hamda  umuman  topshirmaslik  holatlari 
ommaviy uchrayotganligi ayniqsa tugatilgan tadbirkorlik subyektlarining tugatishda ish staji va ish 
haqiga  doir  ma’lumotlar  arxiv  idoralariga  topshirilmay  bekilib  yoki  tugatilib  ketayotganligi  ham 
tashvishli hol sifatida qaralmog‘i zarur. 
Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligining  tashqi  mehnat  migratsiyasi 
masalalari  bo‘yicha  agentligi  Vazirlar  Mahkamasining  qarori  asosida  hozirgi  paytda  chet  elda 
(asosan  Koreya  Respublikasida)  mehnat  qilib  kelgan  fuqarolarning  ish  stajini  tasdiqlab,  ularning 
mehnat  daftarchalariga  tegishli  yozuv  kiritish  bilan  shug‘ullanmoqda.  Biroq,  chet  elda  ishlab 
kelgan  fuqarolar  tomonidan  qachon,  qancha  ijtimoiy  sug‘urta  badali  Pensiya  jamg‘armasiga 
                                                           
40
D.RRasulova. Chexiya pensiya ta ‘minoti tizimi va uning isloh qilinishi. Bozor, pul, kredit. 2013y, 3-son, 58-bet 


to‘langanligi to‘g'risida ma‘lumotlar bazasi mavjud emas. Hatto bu borada Davlat Soliq Qo‘mitasi 
ham  nazorat  o‘rnatmagan.  Asosiy  sabab  ushbu  badallarni  to‘lash  ixtiyoriy  ravishda  amalga 
oshirilib, faqat badal to‘langan davr ish stajiga qo‘shilishi belgilangan.  
Mehnat va Moliya vazirligi hamda Davlat soliq Qo‘mitasi, Markaziy bank birgalikda chet 
elda  mehnat  qilgan  fuqarolarning  sug‘urta  badallarini  Pensiya  jamg‘armasiga  to‘lash  va  mehnat 
stajini inobatga olish bo‘yicha Nizom ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash lozim. 
Bunda,  ma’lumotlar  bazasini  Pensiya  jamg‘armasida  shakllantirish  (keyinchalik  pensiya 
tayinlashda foydalanish uchun), agentlik davriy ma’lumotlar taqdim etib borishi va shunga asosan 
mehnat  daftarchalariga  tegishli  yozuv  kiritish  huquqi  Pensiya  jamg‘armasining  hududiy 
boshqarmalariga berilishi zarur deb hisoblaymiz. 
Pensiya  tizimidagi  muhim  kamchiliklardan  yana  biri  pensiya  miqdorining  kamligi  va 
pensiya  ta’minotidagi  mavjud  tenglashtirish  tamoyilidir.  Bunga  asosiy  sabablar  pensiya  sohasida 
imtiyozlarning  katta  miqdordagi  ulushi  yaqin  kunlarga  qadar  saqlanib  kelganligi,  mehnat  stajiga 
ko‘plab  qo‘shimchalar  berish,  mustaqillikning  dastlabki  yillari  davrida  jamg‘armaga  majburiy 
to‘lovlarning o‘z vaqtida tushishi va to‘g‘ri hisoblanishiga katta e’tibor berilmaganligi va albatta 
yaqin  kunlarga  qadar  Pensiya  jamg‘armasidan  o‘z  maqsadiga  nomuvofiq  ravishda  nafaqalarga 
moliyalashtirilib  kelinganligidir.  Bundan kelib chiqadiki,  iqtisodiyotning hozirgi  holatida pensiya 
miqdoriga  va  uning  tabaqalashuv  darajasiga  jiddiy  ta’sir  ko‘rsatish  imkoniyatlari  yo‘q,  chunki 
badal to‘lovchilardan qancha mablag‘ tushsa, shuncha mablag‘ pensionerlar o‘rtasida taqsimlanishi 
mumkin.  Eng  kam  pensiyani  miqdorining  mehnatga  haq  to‘lashning  eng  kam  miqdori  bilan 
amaldagi aloqasi pensiya miqdorini shakllantirish tamoyili bilan munosib emas, hukumat pensiya 
va  boshqa  ijtimoiy  to‘lovlarning  oshirish  imkoniyatini  oldindan  tahlil  qilmasdan  turib  mehnatga 
haq  to‘lashning  eng  kam  miqdorini  oshira  olmaydi.  Pensiya  ta’minoti  qonunchiligiga  ko‘ra, 
pensiya tayinlashda uning miqdori o‘rtacha ish haqi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi va uning 
pensiya  tayinlashdagi  yuqori  hisobga  olish  miqdori    o‘rtacha  ish  haqining  8  barobarini  tashkil 
etadi.  Pensiyaning  eng  kam  va  eng  yuqori  darajalaridagi  farqlanishning  keskinligi  pensiya 
tizimining rag‘batlantiruvchilik rolini samarali amalga oshirilishini va ishlashini ta’minlamaydi. 



Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish