G‘arb falsafasi Reja: Qadimgi yunon-Rim falsafiy maktabi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana31.12.2021
Hajmi0,74 Mb.
#208049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
№-3 Маъруза.Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Garb falsafasi

Sofistlar  ta’limotining  eng  mashhur  vakillari  Abder  shahridan  bo‘lgan  Protagor  va 

Leontinlik Gorgiy edilar. Protagor barcha hodisalar va idrokning nisbiyligi va ularning muqarrar 

ravishda  sub’ektivligi  (bir  taraflama  ekanligi)  haqidagi  qoidani  oldingi  surdi  («inson  barcha 

ashyolarning  mezonidir»).  Protagor  qadimgi  davrlardayoq  sofizm  deb  nom  olgan  og‘zaki  bahs 

musobaqalariga  asos  soldiki,  unda  sofistlar  mantiqiy  mushkul  holatlarni  qo‘llar  va  umum 

tomonidan  qabul  qilingan  fikrlardan  keskin  farq  qiladigan  nuqtai  nazarlarni  bayon  qilar  edilar. 

Sofistlar  YUnonistonda  bilimlarning  keng  tarqalishiga  imkon  yaratdilar.  Bundan  tashqari, 

dalillarga  asoslangan  fan  sofistik  ishonchsizlik  asosiga  qurilgan  kuchli  raqib  bilan  duch  kelib, 

uning natijasida mustahkamlandi.  

Afinada  sofistlarning  murosasiz  dushmani  sifatida  Suqrot  (er.ol.  470-399yy.)  maydonga 

chiqdi. U sofistlarga qarshi o‘laroq, baribir haqiqat mavjud va u bahsda topilishi mumkin, degan 

fikrda edi. Suqrotning kuchi bahs yuritish sohasida u ishlab chiqqan usulda ediki, unda bir qator 

savollar berish yo‘li bilan opponentni o‘z nuqtai nazarini noto‘g‘ri ekanligini tan olishgacha olib 

borib,  so‘ngra  shu  usulning  o‘zi  bilan  o‘z  qarashlarining  adolatliligini  isbot  qilar  edi.  Suqrot 

ta’limotining  asosida  donishmandlar  tomonidan  bilib  olinadigan,  ob’ektiv  ravishda  mavjud 

bo‘lgan  ruh  to‘g‘risidagi  g‘oya  yotar  edi.  U  hayotning  har  qanday  sohasida  muvaffaqiyatli 

faoliyat yuritish uchun kasbiy bilimlar zarurligini ta’kidlagan edi. Ana shundan siyosiy xulosalar 

ham  qilinar  edi,  ya’ni  davlatga  rahbarlik  qilish  –bu  ham  kasb  va  shuning  uchun  shu  narsa 

zarurki, u bilan shunday kasbga ega bo‘lganlar shug‘ullansin.  

Aflotun(er.ol.  427-347yy.)  Afinadagi  aslzodalar  urug‘iga  mansub  edi.  «Davlat»  va 

«Qonunlar»  degan  risolalarida  Aflotun  orzudagidek  polis  (shahar-davlat)namunasini  yaratdiki, 

unda  tabaqalarga  bo‘linganlik  tizimi  o‘zining  quyi  tabaqalar  faoliyati  ustidan  jamiyat  yuqori 

tabaqalarining  qat’iy  nazorati  o‘rnatilishi  orqali  sinchkovlik  bilan  ishlab  chiqilgan  edi.  Polis 

tepasida bilimga ega bo‘lgan kishilar, faylasuflar turishi lozim edi.  

Aflotunning  falsafiy-axloqiy  qarashlari  uning  savol-javoblar  tarzida  yozilgan  ko‘p  sonli 

asarlarida  berilganki,  ulardagi  bosh  ishtirok  etuvchi  shaxs  uning  ustozi  Suqrotdir.  Aflotun 

aqidasicha,  bizni  o‘rab  turgan  voqey  dunyo-haqiqiy  g‘oyalar  dunyosining  faqat  taxminiy 

in’ikosidir.  G‘oyalar  va  tushunchalar  tabiiy  ravishda  bizning  ongimizga  xos  bo‘lib,  ulardan 

ajralmasdir. Siymolar (g‘oyalar), Aflotun fikricha, zamon va makondan tashqarida bo‘lib, ularni 

idrok etib bo‘lmaydi, ammo ularni aql mushohada qila oladi. Aql ikki dunyoni, ya’ni u dunyo va 

voqey dunyoni bir-biri bilan bog‘laydi. 



Arastu(er.ol.  384-322yy.)  tarixga  ensiklopedik  olim  sifatida  kirdi.  Uning  merosi  eramizdan 

oldingi  IV  asrgacha  yunon  fani  to‘plagan  haqiqiy  bilimlar  majmuasi  edi.  Ba’zi  ma’lumotlarga 

qaraganda,  uning  tomonidan  yozilgan  asarlarning  soni  mingtaga  yaqinlashadi.  O‘z  ustozi 

Aflotundan  farqli  o‘laroq,  Arastu  fikricha,  moddiy  olam  birlamchi  bo‘lib,  g‘oyalar  dunyosi 

ikkilamchidir.  Bir  hodisaning  ikki  tomoni  sifatida  shakl  va  mazmunni  bir-biridan  ajratib 

bo‘lmaydi. Tabiat haqidagi ta’limot uning risolalarida avvalo harakat haqidagi ta’limot sifatida 

namoyon bo‘ladiki, bu Arastu tizimining eng qiziq va kuchli tomonidir. U  dialektikaning  yirik 

vakili hisoblanadi. Dialektika uning uchun ehtimoliy va haqiqatga o‘xshash bilimlardan haqiqiy 

va ishonchli bilimlar olish usuli edi. 

Faylasufning  «Organon»  deb  umumiy  nom  olgan  mantiqiy  asarlari  haqiqat  va  tafakkur 

qonunlari haqidagi ta’limotdir. O‘rta asrlarda «Organon» eng mashhur va o‘qiladigan asar bo‘lib, 

o‘rta asrlardagi barcha sxolastika (borliqni tekshirish va o‘rganishga emas, balki din aqidalariga 

suyangan  idealistik  falsafa)  uning  asosiga  qurilgan  edi.  Arastu  orzudagi  (ideal)  davlat  tuzumi 

loyihasining muallifi sifatida shunday xulosaga keldiki, polis insonlar uyushmasining eng yuqori 

shakli bo‘lib, unda yashaydigan kishilarning maqsadi farovonlikka erishishdir.  

Qadimgi  dunyo  tarixida  eramizdan  oldingi  IV  asrinig  oxiridan  eramizning  I  asrining  oxirgi 

o‘n yilliklarigacha bo‘lgan davrni ellinizm davri deb atash qabul qilingan. Bu davrning falsafiy-

siyosiy qarashlari polis mafkurasidan yiroqlashib ketgan edi.  

Ellinistik  dunyoda  eng  mashhur  bo‘lgan  voqea  eramizdan  oldingi  IV  va  III  asrlar 

bo‘sag‘asida paydo bo‘lgan ravoqiylar va epikurchilar ta’limoti edi. 




Eramizdan oldingi 302-yilda Afinada Qibrisning Kition shahridan bo‘lgan 

Zenon (er.ol 336-264yy.) tomonidan asos solingan ravoqiylar maktabiga Sol 

shahridan bo‘lgan  Xrasipp (er.ol.  III  asr),  Rodoslik Panetiy (er.ol.  II  asr) va 

boshqa 


faylasuflar 

mansub 


edilar. 

Ravoqiylar 

insonning 

axloqiy 


muammolariga  alohida  diqqat-e’tibor  qaratdilar.  Ularning  maqsadi  polis 

tuzumining  inqirozi,  to‘xtovsiz  harbiy  va  ijtimoiy  nizolar,  alohida  shaxsning  jamiyat  bilan 

aloqalari  sustlashgan  sharoitda  axloqiy-falsafiy  tayanch  topish  edi.  Agar  ushbu  sharoitlar 

tug‘dirgan ta’sir natijasida adabiyot va san’atda fuqaroning ijtimoiy borlig‘ining qo‘nimsizligini 

aks  ettirish,  har  narsaga  qodir  taqdir  ramzida  berilgan  bo‘lsa,  ravoqiylar  tomonidan  bu  holat 

barcha  mavjudotlarni  oqilona  boshqaradigan  oliy  kuch  (logos,  tabiat,  xudo)  ga  insonning 

qaramligi sifatida tasvirlandi.. 

Asosiy  xayri  faoliyat  sifatida  ravoqiylar  tushunib  yashashni  («sharr»  (yomonlik)  nima 

ekanligini  bilish,  «xayr»  (yaxshilik)  nima  ekanligini  idrok  etish),  ya’ni  jasorat,  adolatlilik, 

sog‘lom fikr va uning boshqa ko‘rinishlari bo‘lgan-ruhiy olijanoblik, nafsni tiyish, tirishqoqlik, 

jur’atlilik va rahmdillikni hisoblar edilar. Faqat axloqiy-go‘zal narsagagina yaxshilik va ezgulik 

alomati  edi.  SHu  bilan  birgalikda  yaxshilik  qandaydir  foyda  keltiradigan  narsa  ham  edi. 

Ravoqiylarning axloqiy tushunchalari  orasida tabiat  va jamiyat  qonunlariga muvofiq  keladigan, 

aqliy faoliyat orqali kelib chiqqan «kerakli narsa» to‘g‘risidagi tasavvurni qayd etib o‘tish lozim. 

Rimning  oxirgi  ravoqiychisi  imperator  Mark  Avreliy  edi.  Uning  nuqtai  nazariga  ko‘ra, 

dunyoda  biror  -  bir  narsani  o‘zgartirib  yoki  to‘g‘rilab  bo‘lmaydi.  Uning  ta’kidlashicha,  barcha 

kishilar    har  doim  laganbardor,  yolg‘onchi  va  o‘z  manfaatini  ko‘zlovchi bo‘lganlar,  hozir  ham 

shunday  va  bundan  keyin  ham  shunday  bo‘lib  qoladilar.  Bu  tartibsizlik  orasida  nima  qoladi? 

Faqat o‘z zakovatiga xizmat qilish, o‘zini kamolotga etkazish va ezgulik. Ammo bunday o‘zini 

qo‘yarga  joy  topolmaydigan,  hayotda  hech  qanday  maqsadi  bo‘lmagan  ezgulik  insoniyatga 

xizmat qilish borasidagi o‘z ma’nosini yo‘qotar edi. Negaki, insoniyat o‘zgarmas va illatlardan 

holi bo‘lmaganligi uchun, uni hech qachon ilhomlantirib bo‘lmas edi. 

Epikur  falsafasi  Demokrit  moddiyunchiligi  taraqqiyotida  oldinga 

qo‘yilgan qadam edi. Uning atomlar haqidagi ta’limotini qabul qilgan 

Epikur  atomlarning  to‘g‘ri  chiziqlik  harakatdan  ichki  ta’sir  natijasida  chetga  og‘ishi  haqidagi 

taxminni o‘rtaga qo‘ydi. Bu bilan u konuniylik bilan tasodifiylik uyg‘unligi muammosini oldinga 

surdi. Uning falsafasida inson markaziy o‘rinda turadi. Epikur o‘z vazifasini insonlarni o‘lim va 

taqdir xavfidan ozod qilishda deb bildi.  U xudolarning tabiat  va inson hayotiga aralashishlarini 

rad etdi va ruhning moddiyligini isbot qildi. Xudolarning mavjudligini tan olgan holda, u xudolar 

haqida «olomonning yolg‘on uydirmalari» ga qarshi chiqdi.  

 


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish