Foydalangan adabiyotlar: 1;2;3;4;1
Metodik tavsiyanoma
1.1 Kasbiy mahorat va layoqat shaxsning shunday sifatlariki, ular bo’lajak
mutaxassisning hayotiy va mehnat muvvafaqiyatlarini belgilab beradi. Mustaqil
Respublikamizda ta`limni rivojlantirishning yangi bosqichida kasb ta`limi
pedagogikasi fanining asosiy vazifasi sifatida jahon talablari darajasida yangilanib
borayotgan ishlab chiqarish sharoitlariga moslasha oladigan, mamlakatimiz
iqtisodiyotini buyuk davlat darajasiga ko’taradigan mutaxassislarni tayyorlash, va
bu jarayonda asosiy omil sifatida beriladigan axborotlar hajmini emas, balki ijodiy
yondoshuvni shakllantirish, mustaqil fikrlash va tadbiq qilish sifatlarini
tarbiyalashga e`tibor qaratish lozim. SHu sababli bugungi kunda barcha fan
sohalari bo’yicha, jumladan kasb ta`limiga oid darsliklar, o’quv qo’llanma va
tavsiyalarning yangi avlodini yaratish muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.
Kasb ta`lim pedagogikasi kasb-xunar ta`limi muassasalari o’quvchilarining
ta`limi, tarbiyasi, o’qishi hamda rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi, ta`lim va
tarbiya, pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash mezonlarini ishlab
chiqadi, kasb ta`limi muassasalari turlarini va ularni boshqarish tizimiii asoslaydi.
U pedagogik nazariyalar to’g’risidagi bilimlarni, innovatsion texnologiyalarni
loyihalash uslublarini umumlashtiradi. Kasb ta`lim pedagogikasi fani insonni
kasbiy faoliyatga tayyorlash, yangi avlodni kasbiy tarbiyalash, malakali ishchi
kuchini yangi talablar darajasiga moslab borishni ko’zda tutadi.
Kasb ta`lim pedagogikasi jahon miqyosida tan olingan eng ilg’or metodlar
va yo’nalishlar bilan boyib bormoqda. Bugungi kunda o’zining keng tadbiqini
kutib yotgan, fanning boshqa sohalari bilan bog’liq ravishda ishlab chiqilgan yangi
kontseptsiyalar va nazariyalar rivojlantirilmoqda.
9
Kasb ta`lim pedagogikasi umumiy pedagogika fanining tarmog’i sifatida
kasbiy - texnik ta`lim tizimining takomillashish jarayonida shakllanib boradi. U
nisbatan yangi fan sohasi sanalib, bugungi kunda ko’plab tushunchalari shakllanib,
rivojlanib kelmoqda. Har qanday fan sohasida bo’lgani kabi kasbiy ta`lim
pedagogikasi o’z kategoriyalari va tushunchalariga, sifat ko’rsatkichlariga egaki,
bular fanning asosini tashkil qiladi.
―Kasb ta`lim pedagogikasi‖ fanining vazifalari
Kasb ta`lim pedagogikasi fani boshqa fanlar bilan birgalikda kasbiy
ta`limning turli tizimlarida quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin:
* o’quvchilarning yangi, yanada murakkab vazifalarni amalga oshirishlarini
ta`minlash uchun ularning kasbiy mahoratini oshirishi;
* kasbiy-texnik ta`limning yangi kontseptsiyalarini amalga oshirish vosita va
yo’llarini yaratishga e`tiborni qaratish, faol-ijodkor shaxsni tarbiyalash;
* pedagogik bilimlarni egallashga yangicha yondoshuvlarni ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |