O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


  Tovarni  differentsiallashda  raqobat  ustunligiga  erishish



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/101
Sana31.12.2021
Hajmi3,2 Mb.
#206674
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   101
Bog'liq
1829-Текст статьи-4007-1-10-20200627

 
11.3.  Tovarni  differentsiallashda  raqobat  ustunligiga  erishish 
manbalari 
         Firmalar  maxsulotning  xolatini  aniqlashda  uning  yashash  davrini 
tadkik etishga tayanadilar. Maxsulotning yashash davri tovarning bozorga 
kirib kelishidan boshlab, to uning bozordan chikib ketishiga kadar bo’lgan 
davrda  amalga  oshiriladigan  tadbirlardan  iborat  kontseptsiyadir.  Birinchi 
marta  tovarning  yashash  davri  kontseptsiyasini  1965  yili  Teodor  Levitt 
tomonidan  e’lon  qilingan.  Tovarning  yashash  davri  turt  tipga  ajratiladi: 
maxsulotning  katta  sinfining  yashash  davri,  maxsulot  turining  yashash 
davri,  kullash  usullarining  yashash  davri,  maxsulot  markasining  yashash 
davri. Masalan, birinchisiga soat misol qilib keltirsak, maxsulot turiga esa 
qo’l  va  osma  soatlarni  keltirish  mumkin,  qo’llash  usullariga  ko’ra  esa 
qo’ng’iroqli  soatlardan  foydalanishni  misol  qilib  keltirish  mumkin. 
Marketing  maqsadlarida  yashash  davrining  jami  turtta  tipi  urganiladi, 
firma  doirasida  ikkinchi  va  uchinchi  tiplariga  strategiyasiga  e’tibor 
beriladi.  Tovarning  yashash  davri  bosqichlarini  aniqlashning  asosiy 
mezoni  maxsulot  sotish  xajmi  va  foyda  normasi  dinamikasidir
43

        Maxsulot  ishlab  chiqarish  (ITTKI)  bosqichi  tovarni  barcha  xayotiy 
davrida  muxim  bosqich  bo’lib  xisoblanadi.  Maxsulot  ishlab  chiqarishr 
qancha  samarali  amalga  oshirilsa,  ya’ni  loyixalashtirilayotgan  tovar 
bo’yicha  bozor  talabi  va  xaridor  extiyojini  firma  vaqt  bo’yicha  tezroq 
xisobga  olsa,  ushbu  bosqichda  xarajatlar  shuncha  kam  bo’ladi.  Firma 
yangi  tovar  bilan  bozorga  tezroq  chikadi  va  zarur  foydani  oladi.  Kirib 
kelish bosqichida sotish xajmining goyat keskin usishi bilan ajralib turadi. 
                                                 
42
 Lamben J.J. 1996.  “Strategy marketing European perspective” 589p. 
43
 Taranuxa Yu.V. «Konko’rentsiya i konko’rentnaya strategiya». Uchebnoe posobie. M6 2008. – 270 s. 


166 
 
Bozor  maxsulotni  xali  qa’bul  qilmagan  narxlar  nisbatan  yuqori  bo’ladi. 
Savdo yuqori daromadli guruxlarga mo’ljallanadi. Raqobatchilar umuman 
oz.  Shunday  qilib  bu  davr  kapital  sarflar  davri  xisoblanadi,  sarflar 
keyinchalik  foyda  keltirishi  mumkin,  yoki  maxsulot  ishlab  chiqarishrdan 
voz  kechiladigan  bo’lsa,  ular  tulik  xarajatlar  xisobiga  utkaziladi,  ya’ni 
xisobdan  uchiriladi.  Usish  davrida  tovar  sotish  xajmi  usib  boradi- 
iste’molchilar  maxsulotni  qa’bul  qilgan  va  unga  bo’lgan  talab 
ta’minlangan bo’ladi. Xar kanday maxsulot bu bosqichga yetib kelmaydi: 
strategiyasilari  bozorga  kirib  kelish  davridaek  kasodga  uchraydi.  Bozor 
sifati yuqori raqobatchi maxsulot bilan tulib ketadi.  
        Narxlar  tobora  arzonlashib  boradi.  Yetuklik  bosqichi  tovar  oborotini 
maksimallashtirish,  bozorni  kengayishini  davom  etishi  va  absolyut  usishi 
bilan  tavsiflanadi.  Ishlab  chiqarish  va  tovar  taksimlash  tizimida  tayyor 
maxsulot  zaxiralari  oshib  boradi.  Bozorda  intensiv  raqobat  xukm  suradi. 
Yangi  modifikatsiyali  tovarlarni  kiritish  ularni  assortiment  guruxini 
kengaytirish xamda xaridorlarga yangi xizmat kursatish uslublarini kiritish 
intensiv innovatsiya chora-tadbirlari vositalari orqali amalga oshiriladi. 
Maxsulotni  yetuklik  bosqichida  marketingni  asosiy  strategiyalari 
bozorni  modifikatsiyalash,  tovarni  modifikatsiyalash  va  marketing-miksni 
modifikatsiyalash  bo’lib  xisoblanadi.To’yinish  davrida  bozor  va  narxlar 
barkarorlashadi.  Sifatsiz  va  raqobatga  bardosh  bermaydigan  maxsulotlar 
bozordan  sikib  chiqariladi.  Tovar  sotish  sur’atlari  tobora  pasayadi. 
Tuyinish  davrida  firmaning  umumiy  maqsadi,  maxsulotni  barcha  turlari 
bo’yicha  tulik  sotishni  tobora  oshirib  borishni  ta’minlashga  qaratiladi. 
Inqiroz davrida maxsulotning utishi kiyinlashadi, foyda kamayadi, raqiblar 
maydondan  ketadi.  Bu  bosqich  davomida  firmaning  maqsadi  “maxsulot 
tayerlashni davom ettirishdan iborat” bo’ladi, maxsulotni bozorga yetkazib 
berishni  tuxtatish  xakida  kat’iy  karorga  kelgunga  kadar  undan  olish 
mumkin bo’lgan jami foydani sikib olish uchun shunday qilinadi. Tovarni 
yashash davri kontseptsiyasi maxsulot assortimentini rejalashtirishda katta 
axamiyatga egadir. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish