NUTQIDA KAMCHILIGI BO‟LGAN BOLALAR NUTQINI
RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O‟RNI
Z.M.Axmedova TDPU dotsenti, p.f.n.,
B. Yusufzoda TDPU talabasi
Ko‘pchilik psixologlar hamda pedagoglar o‘yinning psixologik masalalari bilan
bevosita shug‘ulanib, o‘yinlar bolaning psixik kamol toptirishdagi ahamiyatiga
alohida to‘xtalib o‘tganlar, ma`lumki o‘yin bola uchun voqealikni aks ettirishdir. Bu
voqelik bolani qurshab turgan voqelikdan ancha qiziqarlidir. O‘yinning qiziqarliligi
uni anglab еtishning osonligidadir. Kattalar hayotida faoliyat, xizmat, yumush qanday
ahamiyatga ega bo‘lsa bola hayotida o‘yin ham shunday ahamiyatga ega. Jahon
psixologiyasi fanida to‘plangan ma‘lumotlarga ko‘ra eng sodda psixik jarayondan
eng murakkab psixik jarayonlar hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda
o‘yinlar katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha yoshdagi bola muayyan xususiyatga ega
bo‘lgan rolni tanlaydi, shu bilan birga u yoki bu personajga xos qat‘iy yurish –
turishni ongli ravishda ijro etishga intiladi. Ma‘lumki, pedagogik texnologiya - bu
butun o‘qitish va bilimlarini o‘zlashtirish jarayonida o‘z oldiga ta‘lim shakllarining
samaradorligini oshirish vazifasini qoyuvchi texnik hamda shaxs zaxiralari va
ularning o‘zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarini yaratish, qo‘llash va belgilashning
tizimli uslubidir. Pedagogik texnologiya o‘qitishga o‘ziga xos bo‘lgan yangicha
yondashuv (innovatsiya)dan iborat bo‘lib, o‗yin usullarini ta‘lim tizimi, mashg‗ulot
jarayonida tatbiq etilishi muhim va samarali natija beradi. Yangi pedagogik
texnologiyalarni maxsus maktabgacha ta‘lim muassasasida tatbiq etish, qiziqarli
usullardan foydalanish, o‘zining samarasini bermoqda. Zamonaviy pedagogik
texnologiyalar hozirgi kunda maxsus maktabgacha tarbiya muassasasi uchun ta‘lim-
tarbiya jarayonining zaruriy va asosiy komponentiga aylanib bormoqda. Chunki
16
pedagogik texnologiya ta‘limda o‘ziga xos yangicha yondashuvdan iborat bo‘lib,
o‗yin yangicha, ilg‗or, shu bilan birga samarador usullarini ta‘lim-tarbiya tizimiga
mashg‗ulot jarayonida tatbiq etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Nutqida nuqsoni
bo‘lgan bolalar, jumladan duduqlanish nutq kamchiligini korreksiyalashda ilg‗or
pedagogik
texnologiyalaridan
foydalanish
zarurati
interaktiv
usullarning
samaradorligini, kerakli bilim va ko‘nikmalarni egallashda ahamiyatli ekanini
dalillamoqda. Ta‘limni motivlash korreksion faoliyatni tashkil qilishda muhim
ahamiyat kasb etadi. U tafakkur faollashishiga, tanqidiy mushoxada qilishga,
nutqning rivojlanishiga, u yoki bu vazifani bajarishga qiziqish uyg‗otadi. Bolalarning
qiziqish va qobiliyatlarini faollashtirish, ularning yangi materialni o‘rganishga
bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda maqsadga erishishni ta‘minlovchi ta‘lim usullari
kuchli motivlashtiruvchi omildir. Hozirgi vaqtda nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning
nutqini o‘zaro muloqotlar orqali rivojlantirishda shaxsiy munosabatlarni hisobga
olgan holda defektolog va bolalar guruhi faoliyat ko‘rsatishlari zarurligi ma‘lum.
Chunki guruhdagi faoliyatlar bola shaxsiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. O‘zaro muloqot
nutqida nuqsoni bor bolalarda fikr almashish va so‘zlashuv malakasini
shakllantirishga imkon yaratadi. Nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxsiy sifatlari
shakllanishida, nutqiy muloqotni amalga oshirishda interfaol oyinlarning ahamiyati
katta. Ma‘lumki, rolli oyinlar ob‘ektiv olamdagi inson amaliy faoliyatini shartli
ravishda aks ettirishda, ta‘lim-tarbiya va korreksion ish samaradorligini oshirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Rollarga asoslangan oyinlar nutqida nuqsoni bor bolalar
nutqini faollashtiradi va motivlashtiradi. O‗yin bolalarning tabiiy va sevimli
faoliyatidir. Shuning uchun ta‘lim-tarbiya berish, ularni amaliyotda qo‘llash
ko‘nikmalarini hosil qilishda mashg‗ulotlarni yosh xususiyatlariga muvofiq oyin
tariqasida uyushtirishga e‘tibor berilmoqda. Haqiqatan ham, bola har qanday
mashg‗ulotga qaraganda, o‗yinga tez intiladi va qiziqadi. Rollarga asoslangan o‗yin
ta‘lim usuli sifatida bolalarni uyushtiradi va bilim imkoniyatlarini kengaytirib, shaxs
sifatida shakllantiradi. Rolli o‗yinlar bolaning erkin fikrlashi, suhbatdoshiga
nimanidir aytishi, so‘rashi, isbot qilishi, tushuntirishiga imkoniyat yaratadi.
Dialogdan farqli ravishda, rolli o‗yinlar nimaga (motiv) va nima uchun (maqsad,
sabab) kabi savollarga javob beradi. Shunday qilib, o‗yinda qatnashayotgan
bolalarning asosiy diqqatini suhbat mazmuniga qaratadi. Bolalar o‗yin jarayonida
suhbatni boshlash, suhbatdoshi nutqini eshitish, uni tahlil qilish, savollar berish,
savollarga javob berish kabi malakalarni egallaydilar. Bolalar o‗yinni aniq maqsadga
yo‘naltirgan holda amalga oshirsa, kutilgan natijaga erishishi mumkin. Rolli o‗yin
bolalar guruhi tomonidan qiziqib qabul qilingan, ularga tanish bo‘lishi kerak.
Oldindan har bir obrazni izohlab berish lozim. Nutqida nuqsoni bo‘lgan bola o‗yin
jarayonida ikkilamchi darajali rollarda ishtirok etishi mumkin, lekin bosh rolda emas.
Chunki bu holda rolli - o‗yin korreksion ishning an‘anaviy usullaridan biriga aylanib
qoladi. Muloqotda yo‘l qo‗yilgan kamchiliklarni o‗yin jarayonida emas, balki undan
keyin muhokama qilish maqsadga muvofiqdir. Bolalar nutqini rivojlantirish
davomida mustaqil fikrlashga, izlanuvchanlikka va umumlashtirishga undovchi
usullarni qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Bolalarni yangi material bilan
tanishtirishdan oldin o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlashda, ularning so‘z
boyligini oshirish va tafakkurini rivojlantirishda didaktik o‗yinlardan foydalanish
17
mumkin. Bolalarga individual yondoshib, mos topshiriq berish ularning qobiliyatini
o‘stirishni ta‘minlaydi. Bolalar diqqatini topshiriqning eng muhim va murakkabroq
jihatlariga qaratish, ularni belgilarga qiziqishlarini oshirish joiz. Bu ulardagi
ijodkorlik xususiyatlarini rivojlantiradi. Ta‘kidlash joizki, soddalik, bir xillik,
xohishsiz takrorlashlar bolalarni toliqtirib, befarq qilib qo‗yadi. O‗yin davomida
«Kim tez bajaradi?» - deb faolliklarini oshirish ularda qiziqish uyg‗otadi.
Shuningdek, topshiriqlarni bajarishda bolalar g‗olib chiqish, boshqalardan orqada
qolmaslik, ularni bajarishga qodir ekanini ko‘rsatish hissi bilan harakat qiladilar,
bunday xarakatlar bolalarni jamoaga biriktiradi, umumiy va mayda motorikalari
xarakatchanligini rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |