TO‘G ‘RIDAN TO‘G ‘RI XORIJIY INVESTITSIYALARNING
IQTISODIYOTDAGI O ‘RNI
Ilmiy rahbar: Ochilov B.B. - TMI o ‘qituvchisi
Umirzoqov M.S. - TMI talabasi
To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar - bu butun dunyo bo'ylab, ayniqsa
so'nggi yigirma yil ichida iqtisodiy o'sishni ta'minlovchi ulkan xususiy
investitsiyalarning muhim qismidir. Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyati
chet el investitsiyalarini ichki investitsiyalar darajasini to'ldirish vositasi,
shuningdek tegishli texnologiyalar, boshqaruv bilimlari va ishbilarmonlik
madaniyatini uzatish, chet elga kirish huquqi orqali iqtisodiy samaradorlikni
oshirishni ta'minlash, ish bilan ta'minlash imkoniyatlarini oshirish va turmush
darajasini yaxshilash. vositasi sifatida qabul qiladilar. O ‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “O ‘zbekiston
Respublikasini
yanada
rivojlantirish
bo ‘yicha
Harakatlar
strategiyasi
to ‘g ‘risida”gi Farmonida investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat
iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to ‘g ‘ridan-to‘g‘ri
xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishga qaratilgan chora tadbirlar belgilab
berildi.
Xorijiy investitsiyalar to'g'ridan-to'g'ri qabul qilinadigan rivojlanayotgan
mamlakatlarda tarkibiy yangilanish va iqtisodiy o'sishning katalizatori sifatida
hal qiluvchi roli to'g'risida nazariy tushunchaga ega bo'lishiga qaramay, iqtisodiy
rivojlanish nazariyasi nuqtai nazaridan yetarlicha asoslanmagan.
To‘g‘ridan-to‘g ‘ri xorijiy investitsiyalar uchta omillarga qaratilgan:
1)
firmalarni xalqaro maydonga chiqishga undovchi omillar; 2)
T o‘g ‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning
determinantlari;
3) xorijiy
investitsiyalarni jalb qilishning iqtisodiy o'sishga bog'liqligi. Birinchi omil
an'anaviy xalqaro biznes jarayonlarining asosi hisoblanadi. Ikkinchi omil xorijiy
investitsiyalarning mamlakatlararo taqsimotida qanday yuzaga chiqishi bilan
bog'liq bo'lib, firmalar ma'lum vaqt ichida o'zlarining daromadlarini
optimallashtirishga qaratilgan qarorlar qabul qilishiga asoslanadi. Uchinchi omil
mamlakatning umumiy farovonligi yoki uning umumiy iqtisodiy, ijtimoiy va
texnologik rivojlanishi istiqbollarini hisobga oladi va chet el investitsiyalarining
unga qo'shadigan hissasini o ‘rganadi.
Barqaror o'sishni ta'minlash uchun yuqori investitsiya stavkalari zarurligi
to'g'risida nazariy kelishuv mavjud. Biroq, ichki jamg'armalarda sezilarli o'sish
bo'lmagan taqdirda, rivojlanayotgan mamlakat tashqi qarzlardam foydalangan
holda xorijiy investitsiyalarning barqarorligini ta’minlashga erishishi mumkin.
Ammo bunday investitsiyalar o'sishining barqarorligi, o'z navbatida, o'rta
muddatli strategiyalarda ichki jam g‘arma ko'rsatkichlarini bir maromda
saqlashga bog'liq. O'z mablag'larining yuqori rentabellik darajasini talab
qilayotgan chet ellik investorlar kapital zaxiralari kam bo'lgan rivojlanayotgan
mamlakatlarga sarmoya kiritishdan cho‘chishlari mumkin va shu sababli davlat
kapitalning yuqori maromida ishlash darajasining oshirishga asosiy e’tiborini
qaratishi zarur. Shu munosabat bilan xorijiy investitsiyalar rivojlanayotgan
441
mamlakatlarga uchta asosiy moliyaviy kanallar kreditlar, aktsiyalar va to'g'ridan-
to'g'ri investitsiyalar orqali moliyalashtirish manbalariga aylanishi mumkin.
To‘g ‘ridan to ‘g ‘ri investitsiyalarning portfel investitsiylardan farqli
jihatlari
shundaki,
to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri
investitsiyalarda
investor
xorijiy
kompaniyani boshqarish imkoniyatiga ega bo ‘ladi va u ishlab chiqarishni tashkil
qilishga qaratilgan soha sifatida qaraladi. Portfel investitsiyalarda esa, asosiy
maqsad yuqori foyda olishga qaratilgan b o ‘lib, unda boshqaruv imkoniyatlari
cheklanadi.
Xorijiy investorlar nuqtai nazaridan chet el investitsiyalarini aniqlashning
uchta omilning birlashishi bilan retsipent mamlakatning investitsiya uchun
sharoitlari ancha yaxshilanadi:
1) iqtisodiy omil;
2) chet el investitsiyalari uchun huquqiy omil;
3) biznesni omili. Iqtisodiy omillarga arzon narxlardagi xom ashyo,
malakali ishchi kuchi va yetarli jismoniy infratuzilma kabi omillar kiradi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha huquqiy omil iqtisodiy,
siyosiy va ijtimoiy barqarorlik, xorijiy firmalarning kirishi, savdo siyosati,
xususiylashtirish siyosati va soliq kabi ichki bozorning faoliyati va tuzilishiga
oid siyosatlar kabi omillarni o'z ichiga oladi. Jahon iqtisodiyoti xalqaro tijorat
operatsiyalari amalga oshirish uchun ochiq bo'lganligi sababli, mamlakatlar
tashqi investitsiyalarni jalb qilish borasida raqobatlashadilar, nafaqat o'zlarining
siyosati va iqtisodiy omillarini takomillashtirish, balki biznesni rivojlantirishga
qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradilar.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangi korxonalar sonining tobora ortib
borishi va yangilari barpo etilayotgani davlatimizning bu sohaga bo‘lgan katta
e’tibori va ularga yaratib berayotgan qulayliklari natijasidir. Shu boisdan ham
mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy
rag‘batlantirish va ular uchun zarur sharoitlarni yaratib berish o‘ta muhim
masalalardan biri hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi chora-
tadbirlarni amalga oshirishi kerak. Dastlab, xorijiy investitsiyalar hajmini
yanada ko ‘paytirish uchun inflatsiya darajasinining investitsion loyihalarga
ta ’sirini kamaytrish, xorijiy investitsiyalar uchun yetarli infrastrukturani
shakllantirish, investitsiyalarni real ishlab chiqarish sohasiga y o ‘naltirish, xorijiy
subyektlar
uchun
muhim
shart-sharoitlarini
erkin
iqtisodiy
zonalarni
ko‘paytirish orqali yaratish, soliq yukini kamaytirish va soliq tizimini investorlar
uchun ham soddalashtirish va ularni rag‘batlantirish. Barcha bosqichlar xorij
tajribasidan kelib chiqqan holda bajarilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |