Vzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi


MAMLAKAT IQTISODIYOTI RIVOJLANISHIDA INSON



Download 303,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana31.12.2021
Hajmi303,75 Kb.
#206486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Очилов Б. 4 та тезис муаллифликда - Инвестиция

MAMLAKAT IQTISODIYOTI RIVOJLANISHIDA INSON

KAPITALIGA YO‘NALTIRILGAN INVESTITSIYALARNING

DOLZARBLIGI

Ilmiy rahbar:  Ochilov B.B.  -  TMI kafedrasi o ‘qituvchisi 

Murtazayev M.M.  -  TMI talabasi

G ‘arbning  atoqli  olimi  Otto  fon  Bismark  fikricha:  “Ta'lim-tarbiya, 

maktablarga pulni ayagan davlat, o'sha pulini qamoqxona qurishga ishlatadi”.

Darhaqiqat,  hukumat  iqtisodiy  o ‘sishni  ta ’minlashga  intilar  ekan  fizik 

kapitalga investitsiyalarni jalb  qilishga harakat  qiladi.  Rivojlanayotgan davlatlar 

aholi  salomatligi,  bilim  va  k o ‘nikmalari,  tajriba  va  turmush  tarzini  o ‘zida 

mujassam  etgan  inson  kapitaliga  investitsiya  kiritishdan  unchalik  manfaatdor 

emasdek  ko‘rinadi,  shu  bilan  mamlakatning  raqobatbardoshligini  pasaytirib 

yuborishi  mumkin.  Hozirgi  kunning  dolzarbligi  ham  xuddi  shunda.  Iqtisodiyot 

hozirgi  kunda  bir  maromda  emas,  agar  aholining  ko ‘p  qismi  faqat  jismoniy 

faoliyat  orqali  daromad  topsa,  zamonaviy  texnologiya  rivojlanib,  xuddi  shu 

mehnatni  robotlar  bajara  oladigan  darajaga  yetishsa,  o ‘z-o‘zidan  jismoniy 

faoliyatga  tayangan  aholi  qatlami  ishsiz  qoladi.  Bu  iqtisodiyotga  ta’sir  etmay 

qolmaydi.

Amerika  Qo'shma  Shtatlarda  bo'lgani  kabi,  iqtisodiyoti  rivojlangan 

mamlakatlar kollej  bitiruvchilarining boshlang'ich ish haqi miqdorining muttasil 

oshirishi  bilan  birga,  oliy  o'quv  yurtlariga  sarmoyalarini  ham  ko‘paytirishda 

davom  etishdi.  Darhaqiqat,  aksariyat  rivojlanayotgan  mamlakatlar  ham  aholi 

sog'ligi  va  ta'limini  yaxshilash  uchun  dastlabki  qadamlarni  tashlashmoqda. 

Ikkinchi  Jahon  urushi  tugaganidan  beri  Osiyo  davlatlari  Yaponiya,  Janubiy 

Koreya va Xitoy  qashshoqlikni  yo'q  qilish va  global  iqtisodiyotdagi  dunyoning 

eng 


qudratli 

o'yinchilariga 

aylanish 

uchun 


ushbu 

strategiyadan 

foydalanmoqdalar.

Tadqiqotlarchilar  uzoqroq  ta’lim  olgan  kadrlarning 

daromadlarini 

hisoblashdi.  Har bir  qo‘shimcha ta’lim yili  inson  daromadini  o ‘rtacha  10  foizga 

oshirishini  ko‘rsatdi.  Bunda ta’lim  sifati  ham  muhim.  Misol  uchun,  AQSHdagi 

boshlang‘ich  maktabning  alohida  sinfida  malakasi  past  o ‘qituvchini  o ‘rta 

darajadagi  mutaxassisga  almashtirish  o ‘quvchilarga  butun  umri  davomida  250 

ming dollargacha umumiy daromad olish imkonini beradi.

Qayd  etish  lozim,  inson  kapitali  indeksi  bolaning  kelajakda  qay  darajada 

samarali  kadr  bo‘lib  shakllanishini  o‘lchaydi.  Indeks  qiymati  0  dan  1  gacha 

intervalda  bo‘lib,  qiymat  1  ga yaqinlashishi  bugungi  bolalarning  kelajakda  qay 

darajada  yetuk  inson  bo‘lib  shakllanishini  ko‘rsatadi.  Jahon  banki  guruhi 

tomonidan o‘tkazilgan yangi tahlilga ko‘ra,  COVID-19 pandemiyasi  so‘nggi o ‘n 

yillikda  sog‘liqni  saqlash  va  ta ’lim  sohalari  erishilgan  yutuqlarga  tahdid 

solmoqda,  bu  ayniqsa  eng  kambag‘al  mamlakatlarga  kuchli  ta ’sir  ko‘rsatishi 

mumkin.  Tahlillar  shuni  ko‘rsatadiki,  pandemiya  boshlangunga  qadar  aksariyat 

davlatlar  bolalarda  inson  kapitalini  shakllantirish  bo‘yicha  barqaror  o ‘sishga 

erishgan.  Yuqori  daromadli  mamlakatlarda  esa  bu  ko‘rsatkich  eng  yuqori 

natijaga ega bo‘lgan.  Shu bilan birga, ushbu taraqqiyotga qaramay va pandemiya

420



“Узбекистон Республикаси  бюджет тизимида газна иж роси ва уисобини  такомиллаштиришнинг

ta ’siri  sezila boshlangunga  qadar,  oddiy  davlatda tug‘ilgan  bola to ‘liq  ta ’lim va 

sog‘liqni  saqlash  sharti  bilan  inson  kapitalining  potensial  darajasining  atigi  56 

foiziga  erishishi  mumkin  edi.  Pandemiya  tufayli  bolalarning  aksariyati  (1 

milliarddan ortiq)  maktabga bormadi va ta ’lim olish uchun belgilangan o‘rtacha 

olti  oylik  bilimlarni  yo‘qotilishi  iqtisodiy jihatidan  sezilarli  yo‘qotishlarga  olib 

keladi.  Ushbu  tadqiqotlarda  ilk  marotaba  ishtirok  etgan  O ‘zbekiston  62  foiz 

natija  ko‘rsatgan.  Y a’ni  O ‘zbekiston  MDH  mamlakatlari  ichida  Belarus 

Respublikasi  (70  foiz),  Rossiya  (68  foiz)  va  Qozog‘iston  (63  foiz)dan  keyingi 

o ‘ringa joyl ashgan.

Inson  kapitali va  iqtisodiy  o'sish  kuchli  bog'liqlikka  ega.  Inson  kapitali 

iqtisodiy  o'sishga  ta'sir  qiladi  va  odamlarning  bilim  va  ko'nikmalarini 

kengaytirish  orqali  iqtisodiyotni  rivojlantirishga  yordam  beradi.  Inson  kapitali 

iqtisodiy  o'sishga  qanday  ta'sir  ko'rsatishini  aniqlash  uchun  avvalo  iqtisodiy 

o'sishning ikkita asosiy omilini ko'rib chiqaylik.

1)  Iste’molchi  xarajatlarining  o ‘sishi.  Hisob-kitoblarga  ko'ra,  AQSh 

iqtisodiyotidagi 

iqtisodiy 

o'sishning 

uchdan 


ikki 

qismidan 

ko'prog'i 

iste’molchilarga  to ‘g ‘ri  keladi.  Iste'molchilar  ish  bilan  ta'minlanishlari  yoki  ish 

haqining  oshishi  bilan  ular  kiyim-kechak,  mashinalar,  texnologiyalar,  uylar  va 

maishiy  texnika  kabi  uy  buyumlarini  sotib  olishni  k o ‘paytiradi.  YaIM  ning 

xarajatlar  usulida  hisoblanganda  ushbu  uy  x o ‘jaliklari  iste’moli  ham  alohida 

o ‘rin tutadi.

2)  Biznesga  investitsiya.  Iste'mol  xarajatlaridagi  YaIMning  o'sishi  biznes 

sharoitlarining  yaxshilanishiga  olib  keladi.  Kompaniyalar  kelajakda  ko‘proq 

daromad  olish  uchun  o'z  bizneslariga  ko'proq  pul  sarflashadi.  Kadrlarni 

qo‘shimcha 

o ‘qitish 

maqsadida 

mablag‘ 

ajratadi, 

yangi 

texnika  va 



texnologiyalarni sotib oladi.

Shundan kelib chiqib quyidagi xulosalarga ega bo‘lamiz:

-   Inson  kapitali  iqtisodiy  o'sishga  ta'sir  qiladi  va  odamlarning  bilim  va 

ko'nikmalarini kengaytirish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam beradi.

-   Iste'mol  xarajatlari  va  biznesga  sarmoyalar  ta'sirida  bo'lgan  iqtisodiy 

o'sish darajasi zarur malakali ishchi kuchilarni talab qiladi.

-   Ishchilarga  sarmoya  kiritish  butun  dunyo  iqtisodiyotida  yaxshi  ish 

sharoitlarini yaratish bo'yicha tajriba hisbolanadi.

Qo'shilgan ishlab chiqarish,  shuningdek, ish haqining oshishiga va ish bilan 

bandlikning  ko'payishiga  olib 

keladi, 

chunki 


kompaniya  mahsulotiga 

iste'molchilar  talabining  ko'payishi  uchun  ko'proq  tovarlar  ishlab  chiqarishi 

kerak bo‘ladi, bu esa qo‘shimcha ishchi kuchini talab qiladi.

Hukumatlarning  roli  mamlakat  aholisining  mahorat  darajasi  va  bilim

darajasini  kengaytirishda  muhim  ahamiyatga  ega.  Ba'zi  mamlakatlar  odamlarga

bepul  ta'lim  berish  orqali  inson  kapitalini  yaxshilashda  faol  ishtirok

etmoqda.  Ushbu  mamlakatlar  odamlarning  olgan  bilimlari  iqtisodiyotni

rivojlantirishga va  iqtisodiy  o'sishga ta’sir  etishini  biladi.  Yuqori  malakaga  ega

bo'lgan 

ishchilar 

ko'proq 

daromad 


olishadi, 

bu 


esa 

o'z 


navbatida

iste'molchilarning  qo'shimcha  xarajatlari  hisobiga  iqtisodiy  o'sishni  oshiradi.

Inson  kapitali  agar  davlat  tomonidan  rivojlantirilmasa,  o ‘z-o‘zidan  paydo

421




Download 303,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish