Bitiruv-malakaviy ishnining davriy chegarasi. Mazkur ishimizning
xronologik chegarasi XV asrning oxiri – XVI asrning boshlarini o`z ichiga oladi.
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”sida Farg`ona vodiysi tarixining
aynan shu davr voqealari haqida hikoya qilinadi. Bu davr Temuriylar
hukmronligining so`nggi pallasi bo`lib, davlat jiddiy siyosiy va ijtimoiy
muammolar girdobiga tortilgan edi. Ijtimoiy, madaniy qoloqlik, ichki siyosiy
ziddiyatlar, tashqi ko`chmanchi xalqlarning bosqinlari va xalq ommasining
shafqatsizlarcha zulm qilinishi oxir-oqibatda davlatning zavolga yuz tutishiga olib
keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |