2.2. XV asr oxiri - XVI asr boshlarida Farg`onada kechgan siyosiy jarayonlarning
2.3. “Boburnoma”da Farg`onaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti haqida
4
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston mustaqillikka erishganidan so`ng
xalqimiz oldida ulkan vazifalar ko`ndalang bo`ldi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish,
demokratik jamiyat, huquqiy davlat asoslarini barpo etish ana shunday vazifalar
sirasiga kiradi. Mamlakatimiz taraqqiyotining ana shunday burilish nuqtasida
xalqning o`z tarixiga bo`lgan qiziqishi ortdi, zero bunday pallada xalq o`z
o`tmishini chuqurroq bilishga, tarixdan ma`naviy kuch olishga ehtiyoj sezmoqda.
Tarix fanini yangi zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish birinchi
navbatda uning manbaviy bazasini boyitish va mustahkamlashni taqozo etadi.
Shuning uchun ham O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
iyul oyida qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix
instituti faoliyatini takomillashtirish to`g`risida”gi qarorda barcha “arxeologik va
yozma manbalarni to`plash va ularni ilmiy-qiyosiy tarzda tahlil etish hamda bir
tizimga solish zarur”ligi qayd etilgan
1
.
Mustaqillik yillarida yozma tarixiy manbalarni topish, o`rganish, tarjima
qilish va nashr etishga ahamiyat berilmoqda. Natijada xalqimizning ming yillik
tarixini o`zida aks ettirgan ko`p yozma manbalar
2
, shu jumladan memuar
adabiyotlar
3
nashr qilinib, o`quvchilar hukmiga havola etildi.
Ammo shuni ta`kidlab o`tish kerakki, ilmiy tadqiqotlarda memuar
manbalardan foydalanishga yetarli e`tibor berilmayapti. Vaholanki, O`zbekiston
tarixinig deyarli barcha davrlariga taalluqli bo`lgan memuar adabiyotlar mavjud.
Memuar adabiyotlar tarixiy manbalarning alohida guruhini tashkil etadi. Boshqa
tarixiy adabiyotlardan farqli o`laroq, memuar adabiyotlar, ya`ni esdaliklarda
o`tmishning jonli lahzalari ko`z o`ngimizda gavdalanadi. Esdaliklar ko`p holatlarda
boshqa manbalarda uchramaydigan original ma`lumotlarni o`z ichiga olganligi
bois o`tmishning to`liq manzarasini yaratishda muhim o`rin tutadi.
1
O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix institute faoliyatini takomillasht irish to`g`risida: O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyul qarori// Xalq so`zi. 1998.27-iyul.
2
Xalq so`zi. 1998.27-iyul.
3
Boburnoma. -T.: Yulduzcha.1993; Гулбаданбегим. Ҳумоюннома. -Т., Фан, 1998; Мирзо Ҳайдар. Тарихи
Рашидий. –T.: Фан, 1996.
5
Shuni e`tiborga olgan holda, biz bitiruv-malakaviy ishimizda buyuk davlat
arbobi va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” nomli yirik
memuar asarining Farg`ona vodiyisini o`rganishda muhim manbaviy ahamiyatini
tahlil etishni qaror qildik. Biz “Boburnoma”da Farg`ona vodiysinig XV asrning
oxiri – XVI asr boshlaridagi hayotining keng manzarasini aks ettiramiz. Shuning
uchun, bu mavzuni maxsus tadqiq etish dolzarb mavzulardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: