Al-xorazimiy nomidagi urganch davlat universiteti



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/113
Sana31.12.2021
Hajmi1,54 Mb.
#205383
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   113
Bog'liq
xorazmshohlar - anushteginlar davlatining mamuriy va saroy boshqaruv tizimi unvonlar va mansablar

“Yasoqlarning 
buyuk  kitobi”  (“Yasanomai  buzurg”) 
deb  nomlangan.  Bu  qog’oz  o’ramlari 
nisbatan  obro’li  bo’lgan  shahzodalarda  saqlangan.  Yasoqlarning  asl  nusxasi 
bizgacha  yetib  kelmagan.  Uning  ayrim  qismlari  qisqartirilgan  holda  Juvayniy, 
Rashididdin, Vassaf, Ibn Batuta, Abul Faraj, Makriziy asarlarida uchraydi.
“Yasoq”  qonunlari  mug’ullarning  qadimiy  urf-odatlari,  an’analari,  mavjud 
siyosiy  tuzum  mohiyatidan  kelib  chiqqan  holda  keskin  va  juda  qattiq  ohangda, 
patriarxal  tuzumni  o’zida  aks  ettirgan  ravishda  tuzilgan  edi.  “Yasoq” 
qonunlarining asosiy yo’nalishlari quydagicha bo’lgan:
1.  Hukmdor  (xon)  “yasoq”qa  qat’iy rioya  etishi  xususida  qasamyod  qilishi  va 
unga  amal  qilishi,  amal  qilmaydigan  bo’lsa,  xonni  umrbod  qamash  mumkin 
bo’ladi.
2.  Chingizxon  mug’ullar  orasida  diniy  adovat  kelib  chiqmasligi  uchun 
barchaga to’la diniy erkinlik beradi. Ruhoniylar soliqdan ozod etiladi.
3.  Ayollar  naslni  davom  ettiruvchi  bo’lganliklari  uchun  ham,  urush  vaqtida 
ularning gunohlari kechirilishi lozim.
4.  Jazolash darajasi sifatida o’lim jazosini eng ko’p miqdorda qo’llash.
5.  Bosib olinayotgan  mamlakatlar xalqlariga butkul rahm-shafqat qilmaslik.
67


O’rta asrlar tarixi tadqiqotchilarning ma’lumotlaridan shunday xulosa chiqarish 
mumkinki,  Chingizxon  qonunlarining  asosiy  maqsadi  feodallashayotgan  davlat 
talablariga javob  beradigan huquqning yangi  tizimini  tashkil  etish edi.  Yasoqlarga 
rioya  qilish  nafaqat  davlatdagi  har  bir  fuqaroning,  balki  xonlarning  ham 
majburiyati edi.
Ta’kidlash  joizki,  Yasoqlar  asosan  ko’chmanchi  hayot  turmush  tarzini  ifoda 
etgan.  Mug’ullar tomonidan  bosib  olingan  ko’pgina  hududlar,  xususan,  qadimdan 
o’zining  huquqiy  an’analariga  ega  bo’lgan  O’rta  Osiyo  xalqdarini  yangi 
qonunlarga  bo’ysundirish  nihoyatda  og’ir  edi.  CHunki,  asrlar  davomida  o’troq 
madaniy  hayot  kechirgan  xalqlar  ko’chmanchilar  an’analarini  qabul  qila  olmas 
edilar.  Yasoqlarda  ijtimoiy-xo’jalik va madaniy  hayotning ko’pgina  tomonlari  o’z 
aksini  topmagan,  ayrim  qoidalar  esa  musulmon  diniy  huquqlari  va  mahalliy  aholi 
an’analarni inkor etar edi.  Shuning uchun ham Yasoq tarafdorlari va mahalliy aholi 
o’rtasida ko’plab to’qnashuvlar bo’lib turgan.
Mug’ul  bosqini,  umuman  olganda  O’rta  Osiyodagi  ijtimoiy  tuzimni  o’zgartira 
olmagan  bo’lsa-da,  ko’p  hollarda  dasht  an’analarining  jonlanishiga  yo’l  ochib 
berdi  va  ko’pchilik  bo’ysungan  xalqlarning  siyosiy  va  xo’jalik  hayotiga  yangi 
yo’nalishlarni  olib  keldi.  Mug’ullar  tomonidan  barpo  etilgan  imperiyaning  davlat 
boshqaruvi  borasida  imperiya  xon  urug’ining  xususiy  mulki,  degan  printsip 
hukmron  edi.  Davlat  boshqaruvidagi  bu  o’ziga  xoslikni  o’z  vaqtida  Juvayniy 
shunday  ta’riflagan  edi:  “Tashqaridan  qaraganda  boshqaruv  va  mamlakat  bitta 
shaxsga  ishonib  topshirilgan  bo’lsa-da,  aslida  o’sha  shaxsning  barcha  ota 
tomonidagi  qarindoshlarni  (erkaklar)  yerlarga  va  umumiy  boylikka  birgalikda 
egalik qiladilar”.
O’rta  asrlar  manbalarida  mug’ul  jamiyatidagi  xon  hokimiyati  umumiy 
ko’rinishda  qo’yidagicha  beriladi:  ona  o’z  bolasiga  g’amxo’rlik  qilgani  kabi,  xon 
ham  o’z  qaramog’idagilarga  va  qo’shinlarga  g’amxo’rlik  qilishga  majbur.  Uning 
qaramog’idagilar  va  qo’shinlar  esa,  hukmdorni  o’z  otasi  deb  hisoblaydilar. 
SHuningdek  ular  hukmdorga  sidqidildan  buysunishlari,  xoinlik  qilmasdan  xizmat 
qilishlari hamda uning hokimiyatini  qo’llab-quvvatlash uchun o’z jonlarini qurbon
68


qilishga rozi bo’lishlari lozim.  Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak mug’ullar davlatida 
xon hokimiyatinng quyidagi huquq va vazifalari bor edi:
1.Xon hukmdor urug’ining boshlig’i va qaram vassallar hukmdori  sifatida butun 
mamlakat,  uluslarga  tegishli  hududlar  ustidan  oliy  huquqqa  ega  bo’lib,  uning 
asosiy vazifasi -  mamlakatni tashqi dushmanlardan qurolli himoya qilish edi.
2.Xon  urush  e’lon  qilish  va  sulh  tuzish  huquqiga  ega  bo’lib,  mamlakat 
qo’shinlarining oliy boshlig’i edi.
3.Xon  boshqa  davlatlar  bilan  muzokaralar  olib  borish  huquqiga  ega  bo’lib, 
mamlakatning tashqi siyosiy aloqalarini ham boshqargan.
4.Xon o’z  qaramog’idagilarni  qatl  etish va  omon qoldirish huquqiga ega bo’lib, 
mamlakatdagi bosh qozi vazifasini ham bajargan.
5.Xon  qonunlar  chiqarish  hamda  jamiyatning  barcha  a’zolari  bajarishi  lozim 
bo’lgan  farmonlar chiqarish huquqiga  ega bo’lib, jamoat tizimi  va tartibni  saqlash 
vazifasini bajargan.
Boshqaruvning  qadimgi  mug’ul  an’analariga  ko’ra,  davlatdagi  oliy  hokimiyat 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish