Al-xorazimiy nomidagi urganch davlat universiteti


Qazovat,  qozilik  mahkamasi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/113
Sana31.12.2021
Hajmi1,54 Mb.
#205383
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
Bog'liq
xorazmshohlar - anushteginlar davlatining mamuriy va saroy boshqaruv tizimi unvonlar va mansablar

192
Qazovat,  qozilik  mahkamasi  . 
Xorazmshohlar  davlatining  adliya 
tashkiloti  ilk davrlaridan boshlaboq mukammal  va muntazam bir mexanizmga ega 
bo’lgan.
Adolat  tashkiloti  butun  o’rta  asr  turkiy  -   islom  davlatlarida  bo’lgani 
singari,  shariat  sudi  va  urf-odatga  ko’ra  hukm  chiqarishga  asoslangan  edi.  Xalq 
orasidagi  doimiy  munosabatlardan  kelib  chiqadigan  nizolar  va  da’volar  shariat 
sudlarida ko’rilgan.  Uylanish va taloq bilan bog’liq masalalar, nafaqa hamda meros
192 Низом ул-мулк.  Сиёсатнома. -  Б.  62-65.
108


da’volari, turli-tuman mulkiy ixtiloflar,  foyda-ziyon da’volari ham shu mahkamada 
ko’rib chiqilgan.  Qozilar sulton tomonidan ishga tayinlangan.
193
Qozi  -   hokim  degan  ma’noni  anglatadi  .  Qadimiy  turkiy  qonunlardan 
“Majallai  ahkami  adliya”da  “Hokim  sodir  bo’lgan  da’vo  va  dushmanlik  ahkomi 
mashruasiga ko’ra ularni hal etish uchun sulton tomonidan tayin etilgan zotdir” deb 
ta’rif  etilgan.  Qozi  o’zi  hukmdor  bo’lgan  viloyatga  fiqxda  “viloyati  qozon” 
deyilgan.  Bu  ma’noda  qozi  umumiy  siyosatdan  tashqarida  turgan.  Xususan,  ijro 
salohiyati bo’lmagan,  so’zini ijro quvvati bilan bajo keltira olmaydigan qozilarning 
omma  bilan  aloqador  masalalar  to’g’risida  hukm  chiqarishi  to’g’ri  bo’lmas  edi. 
Qozining kuchi uning hukm chiqarish qudratidir.  Ijro qudrati bu doiraga kirmaydi.
Adliya tashkilotining  boshida  “aqza’  al-quzot”  turgan.  U  poytaxtning  eng 
katta  qozisi  bo’lishi  bilan  bir  qatorda  davlatning  butun  sud  ishlarini  ham 
boshqargan.  Bu maqomning  egasi mamlakatdagi barcha qozilarni  ishga tayinlagan 
yoki  bo’shatgan,  ular  tomonidan  chiqarilgan  va  e’tirozga  uchragan  hukmlarni 
qayta  ko’rgan.  U  hatto  o’zi  chiqargan  bir  hukmning  xato  ekanligini  bilib  qolgan 
taqdirda, uni tuzatish vakolatiga ega bo’lgan.
Qozilarning  huzurida  noib,  kotib  va  vakil  unvoniga  ega  bo’lgan  xodimlar 
ishlagan.  Ular  qaror va hukmlarni  yozar,  muhofaza  qilar  edilar.  Davlat tomonidan 
chiqarilgan  ma’lum  bir  ta’rifga  asosan,  ko’rilgan  har  bir  ish  uchun  xarj  olingan. 
Sudlar  chiqargan  hukm  va  ajrimlar  yozib  boriladigan  muntazam  ro’yxat  daftari 
bo’lgan.  Akza’  al-quzotning  sud  devonida  vaqf  egalarining  ishlarini  ko’radigan 
mufattish  va  muhosib  singari  xodimlar  ham  ishlagan.  Binobarin,  bu  devon  keng 
miqyosdagi bir tashkilot edi.
Shariat  sudlaridan  tashqari,  urf  va  qonunga  asoslangan  ayrim  sud 
masalalari  ham  mavjud  bo’lgan.  Ular  osoyishtalikni  buzgan,  qonunlarga  rioya 
etmaganlarni jazolar edilar.
Armiyada  esa  qo’shin  qozilari  ish  ko’rgan.  Faqat  ayb  ish  qilib  qo’ygan 
askarlarni  ularning  o’z  amiri  jazolagan.  Xuddi  shuningdek,  saroyda  ham  aybdor 
xizmatchini  uning  amiri  jazolagan.  Xoh  fuqaro,  xoh  harbiy  bo’lsin,  yuqori
193 Низом ул-мулк.  Сиёсатнома. -  Б.  45-62.
109


martabali  kishilarga  nisbatan  qilingan  shikoyat  da’volari  hukmdor  tomonidan 
boshqarilgan mazolim devonida ko’rilgan.
Bu davrda “yulak” deb nomlangan bir mazolim devoni mavjud bo’lgan. Bu 
mahkamani harbiy tashkilot mansabdorlaridan xon boshqargan.
Mazkur devon asli turkiy bo’lgan qo’mondonlarning aybi to’g’risida urug’ 
urf-odatlariga  muvofiq  hukm  chiqargan.  Bu  o’sha  zamonda  shariat  huquqidan 
tashqari, urf-odat huquqi ham mavjud bo’lganligidan dalolat beradi.
Viloyat  markazlari  hamda  viloyatga  bog’liq  shaharlarda  ham  qozilar  va 
sud tashkiloti  mavjud bo’lgan.  Qozilik o’sha vaqtda muhim  va hurmatga loyiq bir 
idora bo’lgan.
Idoraviy  da’volar,  jumladan  davlat  arkonining  da’volari  vazir  rahbarlik 
qiladigan devonda ko’rilgan.
Jinoyat  ishlari  esa  qozi  boshchiligidagi  sudda  ko’rilgan.  Qozi  qotillikda 
ayblangan  xonadon  a’zosini,  davlatga  qarshi  bosh  ko’targanlarni,  harbiy  asirlarni 
sud qilar va ular ustidan hukm chiqarardi.  Ayni zamonda eng oliy hukmdor sifatida 
sulton o’z xonadoni  a’zosidan tortib,  oddiy bir asirgacha istalgan bir shaxs ustidan 
bevosita hukm chiqara olar, lozim topganida esa ularning ishini qoziga oshirardi.
Yuqorida  aytilganidek,  ustidan  ish  qo’zg’atilgan  davlat  arkonining  ishi 
sultonning  amri  bilan  va  faqat  u  lozim  topgandagina  Buyuk  devonga  oshirilar, 
o’sha  yerda  ko’rilardi.  Ajam  noibi  Sharafutdin  Alining  ishi  Buyuk  devonda 
ko’rilgani  buning  yorqin  dalilidir.  Isfahon  shahrining  nufuzli  kishilari  noibning 
idora usulidan vazir Sharafulmulkka shikoyat qildilar.  Vazir bu masaladan sultonni 
ogoh  etdi.  Sulton  esa  masalani  Buyuk  devonga  havola  qildi.  Faqat  Buyuk  devon 
sultonning ta’siri ostida noibni oqladi.
Jaloliddin  o’zi  yaxshi  ko’rgan  Isfahon  shihnasi  Ibn  Harmilni  o’ldirgan 
ukasi  G’iyosiddin  Pirshohning  ishini  qoziga  oshirdi  va  “Istasang  qonga  qon 
asosida hukm qil,  istasang afv et” dedi194.  Biroq G’iyosiddin qochib ketgani uchun 
uning ishi ko’rilmay qolgan.
194  Ойдин Тонарий.  Курсатилган асар.  -  Б.  97.  Яна каранг:  ан-Насавий.  Курсатилган асар.  -   Б  172­
173.
110


Goho  vazir  ham  isyonchilarga  qanday  jazo  berish  kerakligi  to’g’risida 
qoziga  murojaat  qilib  turgan.  Ozarbayjonning  sobiq  otabegiga  O’zbekning 
tarafdorlari  isyon  ko’taradi.  Isyon  bostirilib,  qo’lga  tushgan  isyonchilar  Tabrizga 
keltiriladi.  Shunda  Sharafulmulk  qozidan:  “Musulmonlar  mo’g’ullarga  qarshi jon 
olib  -   jon  berib  turgan  bir  paytda  sultonimizdek  bir  insonga  qarshi  isyon 
ko’targanlarning  jazosi  nima?”,-  deb  so’raydi.  Qozi  unga  javoban  Qur’onning 
o’ttiz yettinchi  surasini o’qiydi.  SHundan keyin isyonchilarning ikkitasi chormixga 
yo’li bilan qatl qilindi. Boshqalari ham turli jazolarga mahkum etildi.
Jaloliddin  Ozarbayjonning  sobiq  otabegi  O’zbekning  xotiniga  ham 
qozining  qaroriga  muvofiq  uylangan.  Tabriz  qozisi  Iziddin  Qazviniy  ayoldan 
O’zbekning ajrashlariga oid qaror chiqarganidan keyingina nikoh o’qitilgan195.
Xorazmshohlar  davlatida  davlat  tashkiloti,  davlatchiligi  negizini  Saroy, 
Hukumat,  O’rdu (Qo’shin) va Dor ul-qazo  (sud mahkamasi) tashkil etgan. 
Xorazmshohlar  davlatida  davlat  mansablari  ma’muriy,  diniy  va  harbiy 
lavozimlarga  bo’lingan.  Bu  vazifalarni  bajaruvchilarga  davlat  tomonidan  tegishli 
maosh  va  mukofotlar  berilgan.  Markaziy  moliya  soliq  mahkamasining  tuzilishi 
juda muntazam bo’lib, unga vazir,  sohibi devon, munshiy,  sohibi devoni istifo yoki 
mustavfiy  (ya’ni  daftardor),  sohibi  devoni  ishraf yoki  mushrif,  hojibi  xos,  sohibi 
devoni  arz yoki ariz va nozirlar, boshliq bo’lishgan.  Bu mahkama turli-tuman soliq 
to’lovchi  tabaqalarning  hisobini  olishda,  davlatning  tashqi  va  ichki  ishlari 
yuzasidan  vasiqalar  hozirlash,  davlatning  moliyaviy  ishlarini  yuritish,  boshqarib 
turish,  davlat  darajalari,  idoralarini  taftish  qilib  turish,  qo’shin  boshqaruvi,  harbiy 
qo’shinni to’plash, harbiy boshliqlarni tayinlash, xorijiy elchilarni qabul qilish kabi 
masalalar  bilan  shug’ullangan.  Davlatda  ta’sis  etilgan  vazir,  sohibi  devon,  hojib 
yoki  ulug’  hojib,  mastavfiy,  nozir  va  ariz  lavozimlari  saroydagi  eng  yuqori 
lavozimlardan hisoblanib, bosh vazirlik vazifasiga to’g’ri kelardi.
Mamlakatning  butun  hududi  ma’muriy  jihatdan  viloyat  tashkiloti,  ya’ni 
viloyat  va  viloyat  vazirliklariga  bo’lingan.  Vazir  viloyatning  eng  vakolatli 
boshlig’i  bo’lib,  poytaxtdagi  singari,  viloyatlarda  ham  vazirga  qarashli  bir  oz
195 Ан-Насавий.  Курсатилган асар. -  Б.145-146.
111


kichikroq  devonlar bo’lgan.  Devoni  istifo,  devoni  ishraf,  devoni  nazar  va  devoni 
arz  kabi  idoralar  mavjud  edi.  Viloyatda  vazirdan  keyin  eng  nufuzli  mansab  egasi 
omil  bo’lib,  omil  “voliy” ma’nosida ishlatilgan.  Omil boshqaruvchi yoki noib kabi 
vakolatga  ega  bo’lgan  va  ason  soliq  to’plash  bilan  shug’ullangan.  Uning  bundan 
tashqari,  ba’zi  boshqaruv  vakolatlari  ham  bo’lganligi  ma’lum.  SHuningdek, 
shixna,  rais,  muhtasiblar  ham  viloyatning jamoat  tartibi,  soliq  yig’ish  masalalari, 
shaharni boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bajarganlar.
Xorazmshohlar  davlatining  harbiy  tashkiloti  saroy  va  hukumat  tashkiloti 
singari  bo’lgan.  Qo’shinga  oid  boshqaruv  ishlarini  Buyuk  devonning  bo’limi  - 
devoni  arz  shug’ullangan.  Hukmdorning  gvardiyasi  ham  mavjud  bo’lgan.  U 
armiyaning bosh qo’mondoni edi.
Xorazmshohlar  davlatida  viloyat  markazlarida  yetarli  miqdorda  harbiy 
qismlar  turgan.  Shuningdek,  mamlakatning  chegara  qismlari,  yo’llar  va  mudofaa 
ahamiyatiga molik qal’alarda mudofaa qismlari bo’lgan.
Voliylar  va  qal’a  qo’mondonlari  keyingi  davrlarda  yirik  urug’  beklari 
orasidan  tayinlangan.  Ularning  qo’l  ostida  ba’zan  (aksariyat  hollarda)  qullardan 
tarkib  topgan  xususiy  harbiy  qismlar  ham  bo’lgan.  Urug’  beklari  xizmatga  o’z 
urug’i  qismini  olib  kelgan.  Iqto  egalaridan  (sohiblaridan)  tashkil  topgan  mahalliy 
qismlar ham ularning qo’l ostida bo’lgan.
Jaloliddin davrida viloyat armiyasida o’zgarishlar qilindi.  Sulton Alouddin 
davrida  armiya  qipchoqlar,  so’ng  qalach,  qarluq,  uran,  ug’raq  kabi  urug’lardan 
tashkil  topgandi.  Alouddin  davrida  urug’  beklari  qo’l  ostida  bo’lgan  qipchoq- 
qanglilar  gvardiyaning  asosini  tashkil  etgan.  Jaloliddin  davrida  ular  armiyaga 
olinmagan.  Chunki Jaloliddin valiahdlikka tayinlangandan  so’ng unga qarshi  bosh 
ko’tarishgan.
Jaloliddin  davrida  viloyat  qo’shinlarining  ayrim  qismlari  turkmanlardan 
tashkil topgan.
Xorazmshohlar  davlatida  markazlashgan  adliya  tashkiloti  mavjud  topgan 
bo’lib,  bu tashkilot  shariat  sudi  va urf-odatga ko’ra hukm  chiqarishga  asoslangan. 
Qozilar sulton tomonidan tayinlangan.  Quyi sudlar yuqori sudlarga tobe edi.
112


Shariat  sudlaridan  tashqari,  urf  va  qonunga  asoslangan  ayrim  sud 
muassasalari mavjud bo’lgan.
Xoh  fuqaro,  xoh  harbiy  bo’lsin,  yuqori  martabali  kishilarga  nisbatan 
qilingan  shikoyat  da’volari  hukmdor  tomonidan  boshqarilgan  mazolim  devonida 
ko’rilgan.
XIII  asrning boshlariga kelib,  Xorazm  davlati  tarixida muhim  o’zgarishlar 
bo’ldi.  Sulton  Alouddin  Muhammad  va  Jaloliddin  davrlarida  davlat  hokimiyati 
ma’muriy  boshqaruvning  ancha  takomillashgan  tizimi  qaror  topdi.  Davlatning 
iqtisodiy  va  harbiy  qudrati  mustahkamlandi.  Lekin  bu  jarayon  uzoqqa  bormadi. 
1220  yilning  kuzida  Chingizxon  boshliq  mo’g’ul  qo’shinlari  tomonidan  bosib 
olindi.
Xorazmning  gullab-yashnashi  yuqori  bosqichga  chiqqanda  qudratli 
Xorazmshohlar  davlati  atrofida  eng  kuchli  turk  qabilalari  -   qang’li,  qipchoq, 
turkman  va  qoraqalpoq  aholisi  birlashib,  jipslashayotgan  bir  paytda  Chingizxon 
qo’shinlari  vaxshiylarcha  bostirib  kirdi.  Oqibatda  buyuk  Xorazm  imperiyasi 
mo’g’ul istilosi tufayli yemiriladi,  shahar va qishloqlarning deyarli hammasi talon- 
taroj  qilinib,  aholisi  qiriladi,  qisman haydab  olib ketiladi,  minglab  gektar unumdor 
yerlar  esa  xarobaga  aylanadi,  doimiy  ravishda  tozalab  va  qarab  turishni  talab 
qiladigan sug’orish tarmoqlari inqirozga uchradi.
113



Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish