Mehtari mehtaron
- sultonning xos xizmatchilari bo’lgan muhtarlarning
boshlig’i edi. Sultonning bulardan boshqa xodimlari ham bo’lgan169.
Xorazmshohlar, davrida saroy amirlari hukmdorlar ishongan g’ulomlar
orasidan, ya’ni ota-bobosi turkiy bo’lgan qullar orasidan tayinlangan. Bu
amirlarning qo’l ostida yetarli miqdorda askariy quvvatlar mavjud bo’lib, bu
qo’shinlar bevosita hukmdorning gvardiyasini tashkil etgan.
Sulton Alouddin, shuningdek, Jaloliddin davrida saroy amirlariga amir va
170
malik rutbalaridan ham yuksakroq bo’lgan “xon” unvoni ham berilgan .
Do'stlaringiz bilan baham: |