5
Zichlashmagan biriktiruvchi to‘qima. Bu to‘qimaning hujayralararo moddasi kollagen
elastik tolalardan va shu tolalarni qamrab oluvchi amorf moddadan iborat. Asosiy moddada
asosan fibroblastlar joylashadi. Fibroblastlardan tashqari, ko‘pincha chistiotsitlar xam bo‘ladi.
Zichlashmagan biriktiruvchi to‘qima organ to‘qimalari bilan qon o‘rtasidagi zveno bo‘lib,
organlarning oziqlanishiga ta’sir etadi. Bu to‘qimada kollagen elastik tolalar bo‘lganligi uchun
ular tayanch funksiyasini o‘taydi.
Retikulyar to‘qima taloq, limfa tugunlari ko‘mikning asosini tashkil etadi. Boshqa
hujayralari ham bo‘ladi. Bu to‘qima xujayralari yulduzsimon shaklda bo‘ladi. Qon tomirlari
devorida xam retikulyar, to‘qima bo‘ladi.
Yog‘ to‘qimasi hujayralari yumaloq bo‘lib, ichida yog‘ tomchisi bor. Yog‘ to‘qimasi
organlar orasidagi bo‘shliqlarni to‘ldirib, ularni silkinishdan saqlaydi. Bu to‘qima elastik bo‘lib,
issiqlikni yomon o‘tkazadi. Yog‘ to‘qimasi organizm uchun zapas oziq xisoblanadi.
Pigmentli to‘qima protonlazsida pigment donchalari bo‘ladi.
Bu to‘qima yorgok terisida, sut bezi so‘rg‘ichida, ko‘zning rangdor va tomirli pardalarida
uchraydi.
Zich biriktiruvchi to‘qima hujayra elementlariga karaganda ko‘proq tolali tuzilganligi va
zich taqalib joylashishi bilan boshqa to‘qimalardan farq qiladi. Bu to‘qima ikkiga:
.shakllanmagan zich biriktiruvchi to‘qima va shakllangan zich biriktiruvchi to‘qimaga bo‘linadi.
Shakllanmagan zich biriktiruvchi to‘qima terida tayanch funksiyasini o‘taydi. Shakllangan zich
biriktiruvchi to‘qimada kollagen tolalar ma’lum bir tartib bilan joylashadi, bu to‘qimaga paylar
misol bo‘ladi.
Tog‘ay to‘qimasi tog‘ay hujayralari bilan asosiy moddadan tuzilgan.Asosiy moddaning
tuzilishiga karab, gialin tog‘ay va elastik tog‘aylar tafovut qilinadi. Gialin tog‘ay organizmda
boshqa tog‘aylarga qaraganda ko‘proq uchraydi. Nafas yullarining tog‘aylari, ko‘pchilik bo‘g‘in
tog‘aylari, burun uchi, qovurg‘alarning oldingi tomoni gialin tog‘aydan tuzilgan. Umurtqalararo
tog‘aylar, bo‘g‘im ichidagi minsklar tolali tog‘aydan tuzilgan. Quloq suprasi tog‘aydan, hiqildoq
tog‘aylarining bir qismi elastik tog‘aydan tuzilgan.
Suyak to‘qimasi. Suyak to‘qimasining asosiy moddasida ohak tuzlari shimilganligi uchun
ular ancha qattiq bo‘ladi. Bu to‘qimada organik moddalar ko‘pligi uchun am juda kattiq bo‘ladi.
Suyak to‘qimasi plastinkalardan va ingichka kollagen tolachalardan tuzilgan.
Suyak to‘qimasida osteon kanallari bo‘lib, bu kanallar konsentrik shaklda joylashgan
suyak plastinkalaridan xosil bo‘ladi.
Suyak hujayralari osteotsitlar deb nomlanib, ularning yulduzsimon shakldagi juda ko‘p
o‘siqlari bo‘ladi. Suyakdagi osteon kanallardan qon tomirlari va nervlar o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: