Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


  Raqobat va tovarlar raqobatbardoshligi haqida tushuncha



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

1.  Raqobat va tovarlar raqobatbardoshligi haqida tushuncha. 


 
Tovarning raqobatbardoshligi deganda tovarning  nisbiy va umumlashgan  tavsifi tushuniladi. 
Ular ehtiyojlarni qondirish va ushbu qondirishga ketgan harajatlar darajasiga qarab uning raqobatchi 
tovardan  ustunlik  farqlarini  ifodalaydi.  Bu  umumiy  tushuncha  quyidagi  guruhlarga  birlashtirilgan 
ko‘rsatkichlar tizimi orqali ochib berilishi mumkin: 
( texnik; 
( iqtisodiy; 
( ijtimoiy-tashkiliy. 
Texnik ko‘rsatkichlar (asosan tovarning sifatini tavsiflaydi) eng qat’iydir, chunki ularga qarab 
tovarning mo‘ljallanganligi, mahsulotning muayyan turi (sinfi)ga tegishli ekanligi haqida fikr yuritish 
mumkin.  Bu  ko‘rsatkichlar,  shuningdek,  texnik-konstruktorlik  qarorlarida  aks  ettiriladi.  Bu  yerga 
texnik  ko‘rsatkichlarning  o‘zgarish  chegaralarini  belgilaydigan  andozalar,  meyorlar,  qoidalar, 
qonuniy  aktlar  kiritiladi.  Shuningdek,  tovarning  inson  organizmi  va  uning  psixikasiga  qanchalik 
to‘g‘ri kelishi, aks ettiruvchi ergonomik ko‘rsatkichlar ham kiradi (ishlashning qulayligi, charchash 
tezligi, insonning mashina bilan mosligi darajasi). 
Iqtisodiy  ko‘rsatkichlar  tovarlarni  ishlab  chiqarish  xarajatlari  miqdori,  uning  narxi, 
transportirovka  xarajatlari,  o‘rnatish,  tuzatish,  ishlatish,  texnik  xizmat  ko‘rsatish,  xodimlarni 
o‘rgatish  xarajatlari  bilan  ifodalanadi.  Shu  bilan birga  bu  xarajatlar  iste’mol  bahosini  hosil  qiladi. 
Iste’mol bahosi, odatda, sotish narxidan yuqori, chunki xaridor faqat tovarni sotib olishga emas, balki 
uning iste’moliga ham mablag‘ sarflaydi. 
Ijtimoiy-tashkiliy  ko‘rsatkichlar  —  bu  iste’molchilarning  ijtimoiy  strukturasi,  ishlab 
chiqarishning tashkil etilishidagi milliy xususiyalar, sotish, reklamaning hisobga olinishidir. 
Tovarning  iste’mol  xususiyatlari,  uning  iste’mol  uchun  foydaliligi  qator  ko‘rsatkichlar  bilan 
aniqlanadi. Masalan, funksional xususiyatlar iste’mol predmetining uning maqsadiga mos kelishini 
belgilab beradi, ijtimoiy xossalari esa tovar xususiyatlarining aholi har xil guruhlarining ehtiyojlarini 
qondira olishini tavsiflaydi, estetik xususiyatlar tovarning his-tuyg‘u orqali qabul qilinadigan shakl 
belgilari  orqali  o‘zining  ijtimoiy  qimmatini  ifodalash  qobiliyatini  belgilaydi  (ijtimoiy-madaniy 
mohiyati,  foydalilik  va  boshqalar),  va  nihoyat,  ekologik  xususiyatlar  —  berilgan  tovarni  iste’mol 
qilish jarayoni atrof-muhit uchun qanchalik zararligini aniqlaydi. 
Tovar raqobatbardoshligining o‘sishi quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin: 
( qo‘llanadigan materiallar, texnologiyalar, ishlab chiqarishni va boshqarishni tashkil etishni 
takomillashtirish;* 
( odamlar ehtiyojlarini qondirish borasida prinsipial jihatdan yangi bo‘lgan vositalarni yaratish; 
( asosiy tovarlar bilan birgalikda ishlatiladigan tovarlarni mukammallashtirish yoki yangilarini 
yaratish; 
( sotib olish sharoitlarini va iste’molchi tomonidan tovarning keyingi ishlatilishini yaxshilash. 
Raqobatbardoshlikni  baholash  «sifat-narx»  ko‘rsatkichlarini  raqobatchi  tovarlar  bilan 
taqqoslash asosida amalga oshiriladi (meyorlar, namunalar va hokazolar). 
Buning uchun ishlab chiqaruvchi raqobatbardoshlikning ikkita asosiy omillari — narx (narx 
ko‘rsatkichlari) va sifat (narxsiz ko‘rsatkichlar)ning ichki tarkibini aniqlashi zarur. Bu omillarning 
o‘lchamlarini hisoblab va muayyan strategiyani tanlab, raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarini nisbatan 
oshirish orqali ularga ta’sir etish mumkin. 
Narx  omillari  iste’molchining  mahsulotni  sotib  olish  va  ishlatish  muddati  davomida 
foydalanish  xarajatlarining  to‘liq  strukturasi  bilan  tavsiflanadi  va  mahsulotning  xususiyatlari,  uni 
sotib olish va ishlatish sharoitlari bilan belgilanadi. Iste’molchining jami xarajatlari umumiy holda 
bir vaqtli va joriy xarajatlarni o‘z ichiga oladi. 
Bir  vaqtli  xarajatlar  —  bu  mahsulotni  sotib  olish  (mahsulot  narxi);  soliq  yig‘imlari; 
transportlash,  yig‘ish,  o‘rnatish,  sinab  ishga  tushirish  xarajatlari  (agar  ular  mahsulot  narxiga 
kiritilmagan bo‘lsa). 
Joriy xarajatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mehnatiga haq 
to‘lash; yoqilg‘i va energiya xarajatlari; asosiy va yordamchi materiallar; texnik va boshqa hujjatlarni 
olish va xodimlarni o‘qitish xarajatlari. 


Narxsiz omillar ancha murakkab va mexnatni ko‘proq talab qiladi. Ularni baholashdagi  eng 
keng tarqalgan yondoshuv — foydali iste’mol samarasini aniqlash usuli. Har bir tovarning foydali 
samarasi  sifat  omilining  kengaytirilgan  tushunchasi  bo‘lgan  ko‘pgina  sifat  ko‘rsatkichlarining 
to‘plami  bilan  tasvirlanadi.  Foydali  samaraga  ta’sir  etuvchi  hamma  ko‘rsatkichlarning  umumiy 
strukturasini  7.3  -rasmdagiday  qilib  tasvirlash  mumkin.  Foydali  samara,  raqobatbardoshlikning 
asosiy xususiyatlari sifatida ikki turga bo‘linadi: moddiy va nomoddiy omillar. 
Moddiy  omillar  tovarning  eng  muhim  funksiyalarini  va  ular  bilan  bog‘liq  asosiy  tavsiflarni 
tasvirlaydi. Shuning uchun ham ularni almashtirish faqatgina mahsulotning konstruktiv tamoyillari 
bilan  belgilangan  muayyan  chegaralar  doirasida  amalga  oshirilishi  mumkin.  Bu  omillar  guruhiga 
quyidagilar  kiradi:  ergonomik  ko‘rsatkichlari;  ekologik  ko‘rsatkichlari;  maqsadli  ko‘rsatkichlari; 
ishonchlilik ko‘rsatkichlari. 
Tovarning  nomoddiy  xususiyatlari  quyidagilarni  o‘z  ichiga  oladi:  estetik,  malakaviy,  obro‘-
e’tiborli, innovatsion, axborotni himoyalash ko‘rsatkichlari. 
Bozor xilma-xil tovarlar, jumladan, moddiy omillari jihatidan o‘xshash bo‘lgan tovarlar bilan 
to‘lgan  bo‘lsa,  tovarlarga  o‘ziga  xos  jozibani  beruvchi  nomoddiy  omillarning  ahamiyati  oshadi. 
Tovarning  nomoddiy  omillari  to‘plamini  aniqlash  —  uning  raqobatbardoshligi  tahlilining 
boshlang‘ich  nuqtasidir.  So‘ngra  bu  omillarni  tasniflash  va  miqdoran  o‘lchash  kerak.  Har  biri 
muayyan ahamiyatga ega bo‘lgan moddiy omillar uchun buni amalga oshirish ancha oson. Ushbu 
ahamiyat u yoki bu birliklarda ifodalangan bo‘ladi (quvvati, o‘lchami, aniqligi va hokazo). Nomoddiy 
omillar bilan ishlash ancha murakkabroq. Ularni, odatda, tabiiy fizik o‘lchovga ega bo‘lmaganligi 
sababli,  bevosita  miqdoriy  baholash  qiyin  va  shuning  uchun  ham  ular  yagona  uslubiy  asos 
tanlanishini talab qiladi. 
Tovarning  raqobatbardoshligi  ko‘p  jihatdan  korxonaning  raqobatbardoshligini  belgilaydi. 
Biroq  ushbu  ko‘rsatkichlar  orasida  ma’lum  tafovutlar  ham  bor.  Masalan,  korxonaning 
raqobatbardoshligi raqib firmalardan farqlarini aks ettirib, ancha uzoq muddat davomida qo‘llanilishi 
mumkin. Tovarning raqobatbardoshligi ixtiyoriy, iqtisodiyot nuqtai nazaridan kichik vaqt oralig‘ida 
aniqlanadi. 
Firmaning raqobatbardoshligi — bu nisbiy tasnif, u berilgan firma rivojlanishining raqib firma 
rivojlanishidan  insonlar  ehtiyojini  o‘z  tovarlari  bilan  qondirish  darajasi  va  ishlab  chiqarish 
faoliyatining samaradorligi jihatidan farqlarini ifodalaydi. Firmaning raqobatbardoshligi uning bozor 
raqobatlari  sharoitlariga  moslashish  imkoniyatlarini  va  dinamikasini  tavsiflaydi.  Shu  bilan  birga 
bozor  sig‘imi,  bozorga  chiqishning  osonligi,  ishlab  chiqariladigan  tovarning  turi,  bozorning  bir 
xilligi,  mazkur  bozorda  ishlayotgan  korxonalarning  raqobatli  vaziyatlari,  tarmoqda  texnik 
yangiliklarni kiritish imkoniyati kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘ladi. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish