Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


  Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

2.  Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi  
va asosiy boʻlimlari 
 
Marketing dasturini namunaviy tuzilishi oʻzida quyidagilarni mujassamlashtiradi: 
•  maqsadli bozor tavsifnomasi va rivojlanish bashorati, shuningdek, marketingni makro va 
mikromuhit omillarini; 
•  maqsadli  bozorda  firmaning  bozor  pozisiyasi  xulq-atvorini  asoslangan  strategiya  va 
taktikasini tanlash; 
•  tovar,  kommunikasiya,  sotish,  narx  va  kadrlar  siyosati  boʻyicha  asoslangan  marketing 
kompleksini ishlab chiqish ; 
•  dasturni moliyalashtirish manbalari va uni amalga oshirishni nazorat qilish. 
Ammo  strukturaning  toʻliq  standartlashishi  va  unifikasiyalashishi  hamda  marketing  dasturi 
mazmuni doim ham maqsadga muvofiq boʻlavermaydi. Dasturni ishlab chiqish uchun ishlatiladigan 
namunaviy  koʻrsatkichlar  tizimi  haqida  gapirish  mumkin.  Shunday  qilib,  mahsulot  boʻyicha 
marketing dasturini muhim koʻrsatkichlari quyidagilar boʻlishi mumkin: 
•  koʻzda tutilayotgan bozor ulushi; 
•  mahsulot  differensiasiyasi,  bozor  ulushi  va  maqsadli  bozor  tavsifnomasi  va  bashoratini 
hisobga olgan holda uni chiqarish hajmi; 
•  bashorat qilinayotgan foyda va uning oʻsish surʻati; 
•  moliyaviy  xarajatlarning  tuzilishi  (ishlab  chiqarishni  rivojlantirish,  moddiy-texnika 
taʻminoti, sotish va uni  ragʻbatlantirish, reklama, servis xizmatlari va boshqalar); 
•  bitta mahsulot uchun ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash; 
•  foydani aniqlash (yalpi, sof, har bir mahsulot sotuvidan tushgan foyda va xokazolar); 
•  sotish samaradorligini baholash; 
•  ishlab chiqarish rentabelligi va boshqa koʻrsatkichlarni baholash. 
Marketing kompleksi mahsulot yoki ishlab chiqarish boʻlimi boʻyicha  marketing dasturining 
tarkibiy  qismi  sifatida  koʻrilishi  mumkin,  shuningdek  kompaniyaning  bozor  siyosatini  asosiy 
yoʻnalishi boʻyicha asosolangan qaror ishlab chiqish maqsadi boʻlib hisoblangan marketing dasturini 
alohida  turi  sifatida  koʻrilishi  mumkin.  Xuddi  shunday  dasturni  namunaviy  tuzilishi  quyidagi 
boʻlimlarni oʻz ichiga oladi: 
•  maqsadli bozor (segment)ni rivojlanishini bashorat qilish; 
•  maqsadli bozorga nisbatan firmaning umumiy strategiyasi; 
•  tovar siyosati; 
•  kommunikasiya siyosati; 
•  sotish siyosati; 
•  narx siyosati; 
•  marketing  kompleksini  amalga  oshirish  uchun  xarajatlarni  moliyalashtirish  manbalari  va 
byudjet; 
•  dasturning amalga oshirilishini nazoart qilish. 
Marketing  dasturini  ishlab  chiqishda  keltirilayotgan  quyidagi  tavsiyalarni  hisobga  olish 
maqsadga muvofiqdir. 
1. Dasturni “Bozor rivojlanishini bashorat qilish” boʻlimida shunday tavsiyanomalar beriladi, 
yaʻni: 
•  oʻxshash tovarni mahalliy ishlab chiqarish hajmi; 


•  bozor ulushining hisobi; 
•  imkoniy sotish hajmi; 
•  sotishning infrastruktura tuzilishi; 
•  toʻlovga qodir talab darajasi va dinamikasi; 
•  koʻzda tutilayotgan narx darajasi; 
•  tovar sifati va texnik darajasiga talablar; 
•  xaridning motivi va xulk-atvor xususiyatlari; 
•  servisni talab etilish darajasi; 
•  bitta xaridning oʻrtacha hajmi va boshqalar. 
2.  “Korxonaning  bozor  strategiyasi”  boʻlimida  korxonaning  asosiy  raqobatli  afzalliklarini 
aniqlash bilan tanlangan bozorda sotishni amalga oshirish imkoniyatlari baholanadi. Buning uchun 
quyidagi xarakteristikalar hisoblanadi: 
•  tanlangan maqsadli  bozorda faoliyatning koʻtilayotgan rentabelligi; 
•  firmaning rejalashtirilayotgan tovar sotuvi xajmi; 
•  firmaning bozor ulushi dinamikasi; 
•  talab dinamikasi va potensial talab oʻlchami. 
Kompaniyaning  raqobatchilik  afzalliklarini  tovar  boʻyicha,  narx  darajasi,  koʻrsatilayotgan 
xizmat assortimenti, sotish kanalining samaradorligi, kommunikasiya siyosatining hozirgi sharoitga 
mos  kelishi  va  uning  markasini  potensial  xaridorlar  oʻrtasida  mashhurligi  boʻyicha  tavsiflash 
mumkin. 
Dasturning bu bulimida shuningdek ushbu kompaniya faoliyatini tanlangan bozorda resurslar 
(moliyaviy, ishlab chikarish, marketing, inson) bilan taʻminlanganligiga baho berish zarurdir. Tovar 
siyosatini ishlab chiqishda quyidagi maʻlumotlar hisobga olinadi: 
•  tovarning yangilik darajasi; 
•  chiqarilayotgan mahsulotning assortimenti; 
•  ushbu bozor segmentidagi oʻxshash tovarlar yoki oʻrinbosar tovarlar soni; 
•  ushbu bozor segmentini aniq xaridorlari ehtiyojiga uning mos kelish darajasi; 
•  tovar sifati; 
•  texnologik murakkabligi; 
•  sotishgacha va sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatish boʻyicha talablar darajasi; 
•  standartlashtirish yoki tovar moslashuvchanligining maqsadga muvofiqligi; 
•  yangi tovar uchun; patentni himoya qilish va patent sofligi; 
•  kompaniyaning mavjud tashkiliy tuzilishi yangi ishlab chiqarishga mos kelishi; 
•  yangi tovarni yaratish xarajatlari hajmi; 
•  maqsadli bozorda tovar sertifikasiyasining majburiyligi; 
•  maqsadli bozorda yangi tovarni ishlab chiqarish va sotish rentabelligi; 
•  investisiyani qoplash muddati; 
•  yangi assortimentni oʻzlashtirish muddati va uni optimallashtirish; 
•  bitta mahsulot uchun xarajatlar va boshqalar. 
Sotish siyosatini ishlab chiqishda quyidagilar hisobga olinadi: 
•  ushbu bozor segmentini sotuv tarmogʻiga talabnomasi; 
•  firma sotuvini tashkiliy tuzilishi va malakali savdo xodimlari soni; 
•  ushbu bozor segmentida sizning korxonangiz ish tajribasini baholash; 
•  vositachilar xizmatlaridan foydalanishni maqsadga muvofiqligini baholash; 
•  vositachilar yordamida sotish hajmining oʻsish imkoniyatlari; 
•  vositachilarni firmaga nisbatan siyosati; 
•  sotish tizimini yaratish uchun moliyaviy mablagʻlar mavjudligi; 
•  shaxsiy sotuv tizimi va muqobil takliflar rentabelligini solishtirma baholash; 
•  bozorga mavjud tovarni yetkazib berishni amalga oshirish; 
•  potensial buyurtmachilar soni; 


•  buyurtmani taqsimlash xarakteri; 
•  sotishning geografik konsentrasiyasi; 
•  pirovard isteʻmolchilarning odatlari va afzal koʻrishlari; 
•  tovarning bulinuvchanligi; 
•  tovarning oʻzgaruvchanligi va barqaror emasligi; 
•  firma rahbariyatining kurash xarakatlari; 
•  sotish kanalini nazorat qilish va hokazolar. 
Narx siyosatini ishlab chiqib, shunday parametrlarni hisobga olish foydalidir: 
•  raqobatchilar amaliyotini  hisobga olgan holda firma imkoniyatlari va maqsadlariga mos 
keluchvi narxni tashkil etish usulini tanlash; 
•  bitta mahsulot uchun narx darajasi; 
•  tovarni yashash davri bosqichiga mos narx dinamikasi; 
•  tovarni  yangilik  darajasi,  sifat  farqlari    va  texnik  darajasi  boʻyicha  assortimentda 
(nomenklatura)gi narx nisbati; 
•  maqsadli bozordagi raqobatlashayotgan analog bilan narx darajasi munosabati; 
•  talabning elastiklik darajasi; 
•  funksional va sof raqobat darajasi; 
•  maqsadli bozorga yangi tovar chiqarish uchun narx strategyasini tanalsh; 
•  servis siyosati, savdo markasining mashhurlik darajasi, sotish kanalining uzunligi va savdo 
vositachilari turi, yetkazib berish shart-sharoiti, chegirtma tizimini va boshqalarni narxga mos kelishi. 
3.  “Kommunikasiya  siyosati”  boʻlimida  tovarni  bozorga  siljitish  siyosatini  alohida  tashkil 
etuvchilari  bilan  byudjetni  taqsimlash  va  ularni  tanlashni  asoslash,  kommunikasiya  vositalari 
haqidagi savolni yechish tavsiya etiladi. 
Reklama kompaniyasi haqida qaror qabul qilish uchun quyidagilarni tahlil qilish zarur: 
•  reklama siyosati xususiyatlari; 
•  reklama argumentlari; 
•  reklama kompaniyasi rejasi; 
•  ushbu bozor segmentida kuzda tutilgan va samarali reklama vositalari; 
•  reklama xarajatlari hajmi; 
•  reklama samaradorligini baholash usullari; 
•  tovar xarakteriga reklamaning mos kelishi; 
•  reklama chora-tadbirlarini tovarning yashash davri bilan aloqasi; 
•  yarmarka  va  koʻrgazmalarning  asosiy  turlari  va  ularda  qatnashishining  imkoniy 
samaradorligini baholash; 
•  pirovard isteʻmolchilar va sotish boʻyicha vositachilarni ragʻbatlantirish vositalarini tanlash; 
•  sotishni  ragʻbatlantirishga  moliyaviy  mablagʻlar  ajratish  uslublari,  qayd  qilingan  foizlar 
uslubi, foyda summasidan foiz belgilash uslubi, kelgusida kuzda tutilayotgan yoki oʻtgan davr sotish 
hajmidan va hokazolar. 
Marketing dasturini amalga oshira borib byudjetni aniqlash orqali quyidagilarni koʻrib oʻtish 
zarur: 
•  ushbu  dasturda  kurilayotgan  barcha  marketing  chora-tadbirlarini  amalga  oshirish  uchun 
umumiy xarajatlar hajmini; 
•  marketing tadqiqotlari xarajatlari; 
•  bozorni rivojlantirish bashoratini tuzish xarajatlari; 
•  firmaning shaxsiy ishlab chiqarish-sotish imkoniyatlarini oʻrganish uchun xarajatlar; 
•  marketing dasturini tuzish uchun xarajatlar; 
•  kompaniyaning marketing boʻlimi xodimlari ish xaqi uchun xarajatlar; 
•  maxsus marketing va reklama tashkilotlari xizmatlari uchun xaq toʻlash xarajatlari; 
•  savdo vositachilari xizmatlariga xaq toʻlash xarajatlari; 
•  ushbu marketing dasturini avvaldan va yakuniy samaradorligini baholash uchun xarajatlar; 


•  marketing dasturini olib borishda nazoratni amalga oshirish uchun xarajatlar va monitoring; 
•  marketing dasturini amalga oshirish davrida joriy oʻzgartirishlarni kiritish uchun xarajatlar 
va xokazolar. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish