16-Mavzu: Marketing dasturi.
Reja:
1. Marketing dasturi haqida tushuncha.
2. Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi va asosiy boʻlimlari.
3. Vaziyatni tahlil etish va marketing sintezi.
1. Marketing dasturi xaqida tushuncha.
Tor maʻnoda marketing dasturi (biznes reja) hujjat boʻlib, korxonaning bozorda aniq faoliyat
koʻrsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq maʻnoda esa korxona imkoniyatlarini
bozor talablariga moslashirishga yoʻnaltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb
qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli (bir yilgacha), oʻrta muddatli (5 yilgacha) va oʻzok
muddatli (10 yilgacha va undan koʻproq) boʻladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus
faoliyatlariga moʻljallangan boʻlishi mumkin.
Marketing dasturi bu korxonani umumxoʻjalik faoliyatini direktiv rejasini tuzish uchun
strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish boʻgʻini uchun qaror qabul qilishni asosidir. Marketing
dasturini asosiy mazmuni - bu korxonani oʻtgan davrdagi faoliyat natijalari boʻlib, unda maqsadli
bozorni rivojlanishini qisqa tahlili va bashorati, firmani rivojlanishini asosiy maqsadi, bozordagi
xulq-atvorini strategik yoʻli, tovar, narx, sotish va ragʻbatlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini,
marketing tadqiqotlarini mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari samaradorligini
oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish boʻyicha nazorat chora-tadbirlari va
harakatlari beriladi.
Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmani oʻz imkoniyatlarini baholash
asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega boʻlsada, kompaniyani strategik rejalashtirishda
zarur bosqich sifatida koʻriladi. Firmalar faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi
kompaniyani yuqori boshqaruv boʻgʻini ( joriy rejalashtirish , direktiv rejalar, strategik dasturlar,
strategiyani tanlash) darajasida asoslanib boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir.
Marketing dasturini strategik yoʻnalishi bozordagi mavqyosidan va korxonani oʻz holatini
bogʻligiga qarab oʻz ichiga turli variantlarni oladi.
Strategiyalar diversifikasiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentasiyalash, hujum va himoya
strategiyalari boʻlishi mumkin.
Marketing dasturini ishlab chiqarishda koʻp variantlilik tamoyillari ishlatiladi. Xizmatni
tuzilishiga binoan marketing dasturini va rejasini bir necha varinatlari: ikki yoki uch, yaʻni minimal,
optimal va maksimal turlari boʻladi. Dasturni minimal varianti, dasturni ogʻir (yomon) sharoitlarda
rivojlantirishni, maksimal variantida esa yaxshi sharoitlarni rivojlantirishni koʻzda tutadi. Masalan,
Yaponiya firmalari marketing dasturi va rejasini minimal variantini nazarda tutib, uni amalga
oshirishda xaqiqiy muvaffaqiyatga iqtisodiy va ijtimoiy hamda psixologik samarani olishni maqsad
qilib erishadi. Shuningdek dasturni oʻrtacha yoki optimal variantlari keng tarqalgan.
Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, yoʻnalishiga qarab markekting dasturi yuqori
va pastki bugʻin uchun boʻlishi mumkin. Agar dastur yuqori bugʻin uchun boʻlsa, u qisqa va lunda
tuzilgan boʻlishi lozim. Chunki unda muhim tomonlari ajratib koʻrsatiladi. Pastki boʻgʻin uchun
tuzilgan dasturlarda esa har bir savollar yoritilib beriladi.
Muddatiga qarab marketing dasturlari qisqa, oʻrta va uzoq muddatli turlarga boʻlinadi. Ayrim
firmalar esa ikki yoqlama dastur tuzadilar, yaʻni uzoq muddatli va qisqa muddatli dasturlar.
Qamrab olayotgan vazifasiga qarab oddiy yoki maqsadli dasturlarga boʻlinadi.
Oddiy marketing dasturlari firmani ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan barcha funksiyalarni
savollarini yechishga yoʻnaltiriladi. Maqsadli dasturda esa yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki
segmentni oʻzlashtirish, firma siyosatini ragʻbatlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim
vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi.
Obyektiga bogʻligiga qarab marketing dasturlari mahsulotlar boʻyicha va ishlab chiqarish
boʻlimi boʻyicha boʻlishi mumkin.
1. Ishlab chiqarish boʻlimi boʻyicha marketing dasturi quyidagi maqsadga ega:
• tovarlar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan mahsulotni zaruriy nomenklaturasini
aniqlash;
• innovasiya boʻyicha qarorni asoslash;
• chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish boʻyicha qaror qabul qilish;
• tovar ishlab chiqarish tuzilishida har bir mahsulot ulushini oʻrnatish;
• ishlab chiqarishni ustivor yoʻnalishlari boʻyicha xarajatlarni umumiy hajmi va ularni
tuzilishini hisoblash;
• moliyalashtirish manbalarini topish;
• ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan taʻminlash;
• ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini hisoblash;
• ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani bashorat qilish.
Ishlab chiqarish boʻlimi boʻyicha marketing dasturi firmaning toʻliq ichki rejalashtirish va
ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olishi lozim.
Shunday qilib, ishlab chiqarish boʻyicha marketing dasturi ishlab chiqarish boʻlimining xoʻjalik
faoliyatini jami koʻrsatkichlari toʻplamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi.
2. Mahsulot boʻyicha marketing quyidagi maqsadlarga ega:
• mahsulotni optimal texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini ishlab chiqish;
• mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligini koʻp variantli hisob-kitobini oʻtkazish;
• yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligini va zarurligini asoslash;
• chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida belgilash;
• isteʻmolchilarni maqsadli bozorda koʻzlagan maqsadlarini hisobga olgan holda har bir tovar
boʻyicha sifat koʻrsatkichlarini oʻrnatish;
• har bir mahsulotni integral baholash (xarajatlari, narx va foydani solishtirish);
• maqsadli bozorda raqiblarning mavjud oʻxshash tovarlarini hisobga olgan holda har bir tovar
boʻyicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash.
Do'stlaringiz bilan baham: |